Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610054 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 ... 116 B


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:54:15

296-bob. Duoning fazilati haqida

733.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Alloh taologa duodan ko'ra qimmatliroq narsa yo'q".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:55:04

734.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Payg'ambar (s.alz.) dedilar: "Ibodatlarning eng sharaflisi duodir".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:55:41

735-hadis. No''mon ibn Bashir (s.a.v.)dan rivoyat qilindi: Payg'ambar (s.a.v.) "Duo ibodatdir", dedilar. So'ngra: "Menga duo qilinglar, Men sizlar uchun (duolaringazni) mustajob qilay!" (40:60), degan oyatni o'qidilar.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:56:21

736. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Paygambar (s.a.v.) dan "Qaysi ibodat afzal?" deb so'rashganda: "Kishining o'z haqqiga qilgan duosidir", deb javob berdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:56:35

737-hadis. Ma'qil ibn Yasor (r.a.) aytdilar: "Men Abu Bakr Siddiq (r.a.) bilan Rasululloh (s.a.v.) ning huzurlariga bordim. Ul zot: "Ey, Abu Bakr, shirk oran-gizda o'rmalovchi chumolidan ham yengilroqtsir", dedilar. "Shirk faqat Allohdan o'zgaga ibodat qilishmi?" deb so'radilar Abu Bakr (r.a.). Rasululloh (s.a.v.): "Jonim qo'lida bo'lgan Zotga qasamki, shirk o'rmalovchi chumolidan ham yengilroqdir. Men sizga uni aytib yurshdingaz bilan shirkning katgasi-yu kichigidan xalos  bo'ladigan bir narsa o'rgataymi?" dedilar va: "Ey, Allohim, o'zim bila turib Senga biror narsani shirk keltirib qo'yishimdan asragin va bilmagan holatimda shirk keltirib qo'ysam, kechirgin", deb ayting, deb ta'kidladilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:56:49

297-bob. Shamol esganda duo qilish haqida

738.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) qattiq shamol turgan paytda: "Ey, Allohim, Sen yuborgan narsaning xayrlisini so'rayman va Sen yuborgan narsaning yomonligidan panoh tilayman", der edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:57:42

739.   Salama (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) shiddatli shamol esib qolsa: "Ey, Allohim, bu shamol haqiqiy bo'lmasin va quritguvchi ham bo'lmasin", der edilar".

Haqiqiy shamoldan murod - azob shamoli, qurutguvchidan murod ~ halok etuvchi.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:59:29

298-bob. Shamolni so'kmaslik haqida

740-hadis. Ubay ibn Ka'b (r.a.) aytdilar: "Shamolni so'kmanglar, agar uvda bir yoqtirmaydigan narsani sezsangiz: "Allohim, Sendan ushbu shamolni xayrlisi va undagi narsaning xayrlisini hamda u keltirgan narsaning xayrlisini so'rayman hamda bu shamolning yomonligidan, undagi narsaning zararidan va u keltirgan narsaning yomonligidan panoh so'rayman", denglar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:00:14

741.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Shamol Allohning ruhidandir, u azob yoki rahmat olib keladi, shuning uchun uni so'kmangiz. Lekin Allohdan uning xayriyatini so'rang va zararidan panoh tilang", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:00:28

299-bob. Chaqmoq chaqqanda va yashin yarqiraganda o'qiladigan duo

742.   Salim ibn Abdullohning otasi aytdi: "Rasululloh (s.a.v.) chaqmoq chaqishini ko'rib, momaqaldiroq ovozini eshitsalar: "Ey, Allohim, momaqaldirog'ing bilan bizni o'ldirmagin, azobing bilan bizni halok qilmagin, bulardan avval bizga ofiyat bergin", der edilar".

Qayd etilgan