Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610169 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 ... 116 B


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 06:48:25

320-bob. Tunning uchdan biri qolganda duo qilish haqida

774.  Abu Hurayra (r.a.)ddn rivoyat qilindi: Rasu-lulloh (s.a.v.) aytdilar: "Parvardigorimiz Alloh taborak va taolo har kecha dunyo osmoniga kechaning oxirgi uchdan bir qismi qolganda tushib aytadi: "Men-ga duo qiladigan kimsa bormi, ijobat qilayin. Men-dan biror narsa so'raydigan bormi, berayin. Mendan gunohini so'raydigan bormi, mag'firat qilayin".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 06:57:24

321-bob. G'iybat maqsadi bo'lmay, uzun falonchi, deyish haqida

775.  Abu Ruhm (r.a.)dan rivoyat qilindi: U kishi Rasululloh (s.a.v.)ga daraxt ostida (bay'atu-r-rizvonda) bay'at qilgan sahobiylardan biri edilar. Shu kishi aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) bilan Tabuk g'azottsda birga jang qildim. Bir kecha Axdar tog'ida turib, Rasululloh (s.a.v.)ga yaqin turib qo'riqchilik qildam, Ko'zimni uyqu bosdi. Uxlab qolmaslikka harakat qilardim. Mening tuyam ul zotaing tuyalariga yaqinlashdi. Tuyam Rasululloh (s.a.v.)ning oyoqlariga zahmat yetkazmas-mikan, degan andshpa meni qiynardi. Shuning uchuk tuyamni orqaga tortib qo'yar edim. Kechaning bir qismida (yana) ko'zimga uyqu golib keldi. Ul zotning oyoqlari yukning dastasiga tegib turardi. Mening tuyam ul zotaing tuyalarini turtab yubordi, shunda men ul zotning oyoqlariga tegib ketdim Bexos zarb natijasida ul zot "Uhh", deb yubordilar, men: "Ey, Rasulalloh, Sizga ozor berganim uchun Allohdan menga mag'firat so'rang", dedim. Ul zot: "Anavi ko'sa, uzun bo'yli va qizil yuzli odamlar nima qildilar?" - deb so'radilar". Abu Ruhm davom etib shunday dedi: "Bani G'ifor qabilasi nima uchun urushga qo'shilmaganliklarini Rasululloh (s.a.v.)ga aytdim. Shundaul zot: "(Madina atroflaridagi) Shabkati Shadax degan joyda qo'ylari bo'lgan sochlari kalta, bo'ylari qisqa odamlar nima qildilar?" - deb so'radilar. Ular G'ifor o'g'illarimikin, deb o'ylab qoldim, biroq to'la anglab yeta olmadim. Keyin Aslam qabilasidan bir jamoat ekanliklari esimga kejach: "Ey, Rasulalloh, ular Asmo' o'g'illaridan edilar", dedim. Shutsda ul zot: "Urushga qatnashmagan Asmo' o'g'illaridan bir kishini Alloh yo'lida jo'natishlariga nima to'sqinlik qildi? Aslam, G'ifor, Ansor va Kuraysh muhojirlaridan biror uzrli sabab bilan urushga qatnasha olmaganlar ham mening qadrli sahobiylarimdir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 06:58:01

776. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirish uchun izn so'radi. Ul zot: "Bu qabilasining juda ham yomon odami!" - dedilar. U odam Payg'ambar (s.a.v.) huzurlariga kirganida, ul zot haligi kishiga yaxshi muomala qildilarjuda ko'p gapirdi. Men bu haqtsa gapirgandim, ul zot: "Alloh taolo buzuq-badxulklarni yomon ko'radi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 06:58:10

777.  Oyisha onamiz dedilar: "Savda (r.a.) Muzdali-fada namozlar jam qilib o'qilgan kecha, kun ko'taril-masdan Minoga ketish uchun Rasululloh (s.a.v.)dan izn so'radi. U og'ir-vazmin va sekin harakatlanadigan ayol edi. Ul zot unga izn berdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 06:58:47

322. bob. Avval bo'lib o'tgan voqeani eslatish haqida

778.  Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) Ji'irronada Hunayn g'azotidan tushgan o'ljalarni taqsimlayotgaylarida atroflariga (sahobiylar to'plandilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Alloh bir qulini o'z qavmiga (payg'ambar qilib) yubordi. Qavmi uni yolg'on-chiga chiqardi va urib peshonasini yordi. U peshonasidan oqayotgani qonini artib: "Allohim, qavmimni kechir, ular nima qilayotganlarini tushunmayaptilar", degandi". Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Shunda men Rasululloh (s.a.v.)ga qarab turib peshonasidan oqayotgan qonini artib turgan kishini ko'rgandek bo'ldim".

Ji'irrona - Hunaysh mavzeidagi bir joy nomi, Hunayn mavzesi Hizoj viloyatida bo'lib, Makkai mukarrama yaqinida joylashgan

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:00:07

323-bob. Musulmon musulmonning aybini berkitishi haqida

779. Abul-Haysam aytdilar: "Uqba bin Omirning oddiga bir qavm kelib: "Bizning sharob ichadigan va buzuq ishlarni qiladigan qo'ishilarimiz bor. Ularni imomga aytaylikmi?" - deyishganida, u: "Yo'q, men Rasulullohning: "Bir musulmon aybini berkitgan kishi xuddi tiriklayin ko'mib yuborilgan o'likni qabrdan tiriltirgan kabqtsir", deganlarini eshitganman",
dedi".

"Imom" so'zining lug'aviy ma'nosi boshliq, rahbar. Shuning uchun o'sha davrda faqat diniy rahbarlarnigina imom deyilmay, ma'muriy rahbarlarni ham imom, deb ataganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:01:19

324-bob. "Odamlar halok bo'ldi, buzilib ketdi" deyish haqida   

780. Abu Hurayra aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Kimning "odamlar buzilib ketdi deyotganini eshidangiz, bilingki, o'shaning o'zi birinchi bo'lib buzilgandir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:01:38

325-bob. Munofiqni "sayyid" demaslik haqida

781.  Abdulloh ibn Burayda otalaridan rivoyat qildilar. Otalari aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Munofiq odamni, garchi u hurmatlirog'ingiz, ish boshingiz bo'lsa ham "sayyid" demang, shunday desangiz Parvardigoringizning g'azabini duchor bo'lasiz", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:01:49

326-bob. Maqtov eshitgandaa nima demoq kerakligi haqida

782.  Addiy ibn Arto aytdilar: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) sahobiylaridan kimda-kim maqtov eshida: "Allohim, (o'zimda yo'q sifatlarni) aytganlari uchun meni koyimagin va ular bilmaydigan (gunohlarim)ni o'zing kechirgin", der edilar.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:01:59

783.  Abu Mas'ud Abu Abdulloh (r.a.)dan: "Rasululloh (s.a.v.)dan gumon haqida eshitganmisiz?" - deb so'radilar. Abu Abdulloh: "(Ha), ul zot: "Gumon qiluvchi juda yomon odamning ulovidir!" - deganlar.

Qayd etilgan