Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608915 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 ... 116 B


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:14:04

340-bob. Musiqa va ko'ngilxushlik haqida

805. Abdulloh ibn Dinor aytdilar: "Abdulloh ibn Umar bilan bozorga chikdik. Ashula aytayotgan kichkina joriya oldidan o'gayotganda Ibn Umar: "Shayton agar birovni tark qilsa, mana shuni tark qilgan bo'lardi". dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:14:40

806.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Mening hech qanday o'yin-ermakka, hech qaysi o'yinning menga aloqasi yo'q", dedilar. Ya'ni, botil narsalar bilan mening hech qanday aloqam yo'q. Demoqchi bo'ldilar".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:14:47

807.  Ibn Abbos Alloh taoloning "Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular bilimsizlik bilan (o'zgalarni) Alloh yo'lidan ozdirish uchun va u (yo'lni) masxara qilish uchun behuda so'z(lar)ni sotib olurlar" (31:6), degan oyatidagi "behuda so'z" bu ashula va shu kabilardir", deganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:14:53

808. Baro ibn Ozib aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Salomni yoyinglar va salomlashinglar, asharot yomondir", dedilar. Hadis roviylaridan Abu Muoviya: "Asharot bu o'yin-kulgu, ko'ngilxushliqdir", deb izohlaganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:15:00

809.  Fuzola ibn Ubayddan rivoyat qilindi: Ko'pchilik to'planadigan bir joyda odamlar nard o'ynayotganlarining xabari unga yetib keldi. U g'azab bilan turib, ularni bu ishdan qatiyan man' qildi. So'ngra: "Nard qimoridan yeyish uchun uni o'ynaydigan odam xuddi to'ng'iz go'shtini yegan va qon bilan yuvingan kabidir", dedi.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:15:43

341-bob. To'g'ri yo'lga yurish haqida

810.  Zayd ibn Vahb aytdilar: "Ibn Mas'ud: "Sizlar faqihlari ko'p, xatiblari kam, sadaqa kam so'raladigan, hadya, xayr-ehson ko'p beriladigan va lahv, bekorchi ishlardan foydali amallar ustun kelgan bir zamonda yashayapsiz. Sizlardan keyin bir davr keladi-ki, unda faqihlar kam, notiqlar serob bo'ladi, ko'p-ko'p sadaqa so'raladi, hadya, xayr-ehson kam beriladi va behuda ko'ngilxushliklar foydali amallardan us-tun kelib qoladi. Shuni yaxshi bilingki, oxir zamon-da to'g'ri yo'lda yurish ba'zi amallardan ko'ra yaxshi-roq bo'lib qoladi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:15:56

811. Jurayriy aytdilar: "Men Abu Tufayldan: "Siz Rasululloxni ko'rganmisiz?" - deb so'radim. U kishi: "Ha, yer yuzida mendan boshqa Nabiy (a.s.)ni ko'rgan ti-rik odam borligini bilmayman", dedilar va yana: "Ul zot oppoq, go'zal va yoqimli yuzli edilar", dedilar".

812-hadis 811-hadisning aynan takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:16:07

812-hadis 811-hadisning aynan takrori.

813. Ibn Abbosdan rivoyat qilindi: Nabiy muhtaram (s.a.v.): "To'g'ri yo'lda yurish, axloqli bo'lish va iqgisod payg'ambarlikning 25 juz'idan bir juz'i-dir", dedilar.

814-hadisda 813-hadisning mazmuni aynan takrorlangan.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:16:23

342-bob. Sen kutmagan xabarlarning kelishi

815. Ikrimadan rivoyat qilindi. U kishi dedilar: "Men Oyisha (r.a.)dan: "Rasululloh (s.a.v.)ning biror bir she'r aytganlarini eshitganmisiz?" - deb so'radim. Oyisha (r.a.): "Ba'zan uyga kirayotganlarida: "Sen kutmagan xabar keladi..." degan misrani o'qir edilar", deb   javob berdilar".

816-hadisning mazmuni 815-hadisda bor.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:16:41

343-bob. Orzu-tilakning makruh jihatlari haqida

817. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biringiz biror narsani orzu qilsa, nima tilayotganiga qarasin, zero u o'ziga nima berilishini bilmaydi", dedilar.Bu hadis odob va mantiqqa taalluqli: bavda Allohga duo qila-yotgaida xokisorlik va ovozini baland qilmasdavn maxfiy so'rashi kerak, aynan vimani so'rayotganyush bilipsh, anglapsh lozim.

Masalan, birovni qarg'ab, unga o'lim tilab, shu jumladan o'ziga ham o'lim tvlashi makruh hisoblanadi.

Qayd etilgan