Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610188 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 ... 116 B


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:17:05

344-bob. Uzumni "karm" demaslik haqida

818. Alqama bin Voil (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan hech kim "karm" demasin. Balki "hubla", ya'ni "uzum" deng", dedilar.

Arab tilida "karm" so'zi "tok navdasi" degan ma'noni bildira-di. "Hubla" so'zi ham uzumning bir navini anglatadi. ("An-Na'im" arabcha-o'zbekcha lug'at, Abdulla Qodiriy nomvdagi xalq merosi ilmiy na-shriyoti, Toshkevt-2003 y., 155, 712-betlar).

Rasululloh (s.a.v) bu hadislari orqali odamlarni to'g'ry gapi-rishga uvdamoqdalar, valloha a'lam

345-bobdagi Abu Hurayradan rivoyat qilingan 819-hadis 793-hadis-ning takrori, faqat bunda hayvon emas, aniq teva deyilgan, "Holingga voy bo'lsin" o'rniga "Ey, sen", deyilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:17:16

346-bob. Insonga xitob

820.  Rasululloh (s.a.v.)ning qayinsingillari Hanna binti Jahsh (r.a.)bir gapni ul zotga arz qilganlarida, Rasululloh (s.a.v.): "Nima bu, ey, xotin?" - dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:17:25

821.   Hubay ibn Shahdon aytdilar:  "Amrni ko'rdim. Farz namozini o'qir edi. Namozdan forig' bo'lgach, yonidagi kishiga: "Ey, odam! - dedi va o'rnidan turdi.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:17:36

822.  Amr ibn Sharid (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) meni ulovlariga mingashtirib olgandilar. Mendan: "Umayya ibn Abussaltning she'rlaridan bi-lasanmi?" - deb so'radilar. Men: "Ha", dedim va bir bayt o'qidim. Shunda ul zot: "Ha-ha!",   dedilar.

Men bundan ilhomlanib yana 100 bayt o'qidim". "Ha-ha" - yana o'qi, degan ma'nodadir.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:18:49

347-bob. Erinchoqlik haqida

823.  Abdulloh ibn Muso aytdilar: "Oyisha (r.a.): "Tungi namozni hech ham tashlab qo'ymang, chunki Payg'ambar (s.a.v.) uni hech vaqt qo'ldan chiqarmasdilar. Agar bemor yoki kamquvvat bo'lsalar o'tirib o'qir edilar", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:19:46

348-bob. Dangasalikdan panoh so'ramoq haqida

824.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) ushbu duoni ko'p takror qilardilar: "Parvardigoro! Sendan g'am-tashvishdan, ojizlikdan, baxtsizlikdan, dangasalikdan, qo'rqoq-likdan, qarzning og'irligidan va kishilarning g'olib bo'lib ketishi-dan panoh berishingni so'rayman".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:19:57

349-bob. "Jonim senga fido bo'lsin" deyish haqida

825.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Abu Talha (r.a.) g'azot paytida Rasululloh (s.a.v.)ning oldilarida tizzalab o'tirdida, o'q-yoyini sochib: "Yuzim-yuzinga qalqon, jonim o'zingga qurbon", deb   she'r o'qirdi.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:20:24

826.  Abu Zarr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Baqiy qabristonining yonidan to'g'riga ketayotgan edilar, men ham orqalaridan borardim. "Ey, Abu Zarr!" - dedilar menga yuzlarini o'girib. "Labbay, ey Rasulalloh, amringizga muntazirman", dedim. "Mollarini faqat boylik uchun ko'paytirganlar qiyomat kuni ajr ololmaydilar, mollarini ko'paytirib, haq yo'lda sarf qilganlar bundan mustasnodir", dedi-lar. Men: "Alloh va uning rasuli buni yaxshi biladi", dedim.
Rasululloh (s.a.v.) bu so'zlarini uch karra takror qildilar. So'ngra oldimizda Uhud tog'i ko'rindi. "Ey, Abu Zarr!" - dedilar Rasululloh (s.a.v.). "Jonim sizga fido bo'lsin. ey, Rasulalloh, buyuring!" - dedim. "Uhud tog'ining Muhammad oilasi uchun oltinga aylanishi yoki dinor - pul bo'lib qolishi meni baxtiyor qilmaydi", dedilar. So'ngra bir vodiyga chiqqach, panaroq joyga burildilar. Men bir hojatlari bo'lsa kerak, deb bir chetga borib o'tirdim. Rasululloh (s.a.v.) bir muddat o'tgach, og'ir-og'ir qadamlar bosib men tarafga kela boshladilar. Ul zotning bunday qadam tashlashlaridan ajablandim. Ajabki, bir odam bilan gaplashganday bir narsalar deb gapirib kelardilar. Nihoyat boshlarini tik qilib to'g'ri oldimga keldilar. Men: "Ey, Rasulalloh, kim bilandir pichirlashib gaplashdingiz shekilli?" - deb so'radim. "Buni sezdingmi?" - deb so'radilar Rasululloh (s.a.v.). "Ha", dedim. "Ul zot Jabroil (a.s.) edilar, - deb javob berdilar Rasululloh (s.a.v.). - Ummatlarimdan Allohga shirk keltirmagan mo'min jannatga tushadi, degan xabarni yetkazib kelibdilar". "Zino qilsa ham, o'g'irlik qilsa hammi?" - deb so'radim. "Ha", dedilar Rasululloh (s.a.v.).

Bu hadisdan zino va o'g'rilik kabi katta gunohlarni sodtsr ish mum-kin ekan, degan ma'no chiqmaydi. Balki ul zot (s.a.v) bu hadisi shariflari orqali Allohga shirk keltiryup eig og'ir gunoh ekani, undan o'zga har qanday gunohni qilgan banda qayta qilmaslik sharti bilan tavba qilsa, Alloh kechirishi mumkinligini bildirmoqdalar. Umu-man, G'azzoliy kabi ulamolarning fikrlaricha, xoh kichik, xoh katta gunohlar uchun istig'vor aytish va qayta shu gunohni qilmaslikka qasd qilinsapsha uning kechirilshptsdan umid kdlish mumkin.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:21:08

350 bob. "Ota-onam senga fido bo'lsin" deyish haqida

827. Hz. Ali (k.v.)aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Sa'd ibn Abu Vaqqosdan boshqa kishiga "Ota-onam senga fido bo'lsin", deganlarini eshitmaganman. Ul zot Sa'dga: "Ot, Sa'd, ot, ota-onam senga fido bo'lsin!" - degandilar".

Bu voqea Uhud jangi kuni bo'lgan edi.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:21:37

828.  Abdulloh ibn Burayda otasidan rivoyat qildi: Rasululloh (s.a.v.) masjidga chiqqanlarida Abu Muso Qur'on o'qib o'tirgan edi. "Kim u?" - deb   so'radilar Rasululloh (s.a.v.). "Bu men, fidoyingiz bo'lay, yo Rasululloh, Buraydaman" - dedim. Shunda ul zot: "Bu odamga oli Dovud (a.s.)ga berilgan xush ovoz ato qili-nibdi" - degan ekanlar.

Qayd etilgan