862. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Ansorlarimizdan birining xonadonida o'g'il tug'ilib, ismini Muhammad qo'ymoqchi bo'ldi". Shu'ba Mansurning hadisida shunday deb rivoyat qildi: "Ansorlardan biri o'g'lini ko'tarib Rasulullohning huzurlariga keldi", dedi. Sulaymon aytgan hadisda esa, bunday: "Uning bir o'g'li bo'lib, ismini Muhammad, deb atashni istagan edi". Ra-sululloh (s.a.v.): "Ismimni ism qilib qo'yinglar, ammo kunyamni olmanglar, chunki, men adolatli taqsim qiluvchi bo'lib keldim va shuvday qilyapman", deb marhamat qildilar. Roviy Husayn ham shunday deb naql etgan.