Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610484 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 ... 116 B


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:38:33

913.  Muhammad ibn Hanafiya dedilar: "Kimgaki bir qarindoshi yomonlik qilaversa, Alloh taolo undan qutilish yo'lini ko'rsatmagunga qadar o'sha qarin-dosh bilan yaxshi muomala qilib gurmasa, u aqyali odam emasdir".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:39:18

397-5ob. Kishilarga yo'l ko'rsatish haqida

914.  Baro ibn Ozib (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.): "Kimki birovga hadya bersa yoki unga to'g'ri yo'lni ko'rsada, odamlarni badal to'lab (asir-liqdan) ozod qilganchalik savobga ega bo'ladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:40:24

915.  Abu Zarr (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Do'sting-ning chelagiga o'z chelagingdan suv quyib qo'yishing ham sadaqadir, do'stinpta tabassum bilan qarashing ham sa-daqadir, odamlar o'tadigan yo'ldan tosh, tikon va suyaklarni olib tashlashing ham sadaqadir, yo'ldan adashgan bir kimsaga to'g'ri yo'lni ko'rsatash ham sadaqadir".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:44:46

398-bob. Ko'zi ojizlarni adashtirish haqida

916.  Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim ko'zi ojiz kishilarni adashtirsa, unga Allohning la'nati bo'lsin!" - dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:46:33

399-bob. Zulm, buzg'unchilik haqida

917.  Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Makkadagi uylarining hovlisida o'tirganlarida oldilaridan Usmon ibn Maz'un (r.a.) o'tib, Payg'ambar (s.a.-v.)ga qarab kulimsiradi. Rasululloh (s.a.v.) shunda unga: "Kel, o'tir", dedilar. U "Xo'p", dedi. Ul zot uning ro'parasiga o'tirdilar. Unga gapirayotab ko'zlarini osmonga tikdilar va: "Hozirgana sen o'tirgan vaqgda Allohning elchisi (Jabroil (a.s.) mening yonimga keldi", dedilar. Usmon: "U nima dedi sizga?" - deb so'ragan edi, ul zot "Nahl" surasi 90-oyatni o'qib berdilar. Usmon: "Bu qalbimda imon o'rnashib, Muhammad (s.a.v.)ni yaxshi ko'rib qolganimda ro'y bergan edi", dedi".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:53:43

400-bob. Zulmning jazosi haqida

918.  Ubaydulloh ibn Anas otasidan, u esa bobosidan nakl qilgan. Rasululloh (s.a.v.) aytmishlar: "Har kim ikki qizni tarbiyalab voyaga yetkazsa, u men bilan jan-natda mana shunday bo'ladi". deb ikki barmoqiarini juftlab ko'rsatdilar. Roviy Muhammadning aytishicha, Rasululloh (s.a.v.) shahodat barmoqlari bilan o'rta barmoq-larini juftlab qo'rsatganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:54:07

919.  Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Qarin-doshlik rishtalarini uzish va zulm insonning bu dunyodayoq jazo olishini tezlashtiradigan ikki (gunoh) eshigidir".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:56:33

401-bob. Aslzodalik, oqsuyaklik haqida

920.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat etilishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb marhamat qildilar: "Aslzoda, ya'ni karim o'g'li karim, karim o'g'li karim, karim o'g'li karim, Ibrohim naslidan Ishoq o'g'li Ya'qub, Ya'qub o'g'li Yusufdir".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:57:55

921.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Qiyomat kunida do'stlarim taqvodorlardir, nasablar bir-biriga har qancha yaqin bo'lsa ham. Odamlar mening oldimga amallar bilan kelmaydilar. Sizlar dunyoni gardaningazga osib kelasiz va: "Ey, Muhammad!" - deya yordam so'raysiz. Men: "Shutsday-shuvday, yo'q", dey-man", dedilar va ikki tomonlarini ko'rsatdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:58:12

922.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Men hech kimni ushbu oyatga amal qilayotganini ko'rmayapman: "Ey, insonlar! Darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak (Odam (a.s) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo'ydik. Albatta, Alloh nazdida eng (azizu) mukarramrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir..." (49:13). Odamlar bir-birlariga "Men sendan hurmatliroqman!" - deydi.
Holbuki, birov birovdan faqat Alloh taologa qilgan taqvosi bilangina ustun va hurmatlidir".

Qayd etilgan