Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610418 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 ... 116 B


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:20:20

430-bob. O'tirgan odamning oldida tik turish haqida

975.  Jobir (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) betob bo'lib qoldilar, ul zotning orqalarida namoz o'qidik, ul zot o'tirib o'qidilar, Abu Bakr (r.a.) takbirlarini odamlarga eshittirib turdilar. Ul zot bizga qarab tik turganimizni ko'rib, o'tirishga ishora qildilar, biz namozni o'tirib o'qidik, salom berilgach: "Siz forslar va rumlarning ishini qilayozdingiz: ularda podshohda-ri o'tiradi, o'zlari esa tik turadilar. Bunday qilmang. Imomlaringizga iqgido qiling: agar turib o'qisa, siz ham turib o'qing, agar o'tirib o'qisa, siz ham o'tirib o'qing", deya marhamat qildilar".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:23:58

431-bob. Esnaganda ogazni qo'l bilan tusish haqida

976.  Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Agar birortangiz esnasangiz, qo'lingazni og'zingazga ko'ying, chunki shaygon kiradi".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:24:18

977.  Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Esnaganda qo'lni og'izga qo'yish kerak, zero esnoq shaytondandir".

Abu Said Xudriy (r.a.)ning o'g'lidan rivoyat qilingan 978-hadis 976-hadisning takroridir. 979-hadis ham Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilingan bo'lib. 976 va 978-hadislarning takrori bo'lib kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:24:56

432-bob. Birovning boshini boqib qo'yishi mumkinmi

980. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Ummu Hirom binti Milhonning uyiga kirdilar. U ul zotga ovqat berdi. Bu ayol Uboda ibn Somit (r.a.)ning nikohida edi, u (Uboda)ga ham ovqat olib kelib berdi va ul zotning boshlarini qarab qo'ydi1.-Keyin ul zot uxladilar. So'ng uyg'onib kuldilar.

Bundan Rasululloh (s.a.v)ning boshlarvda bit bo'lgan ekan, degan ma'no chiqmaydi, balki bu ayol ul zotning rohatlari uchun bu ishni qilgan. Shuningdek, bu ayolning Rasululloh (s.a.v)ga mahram ekanini ulamolar ittifoq qilganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:27:02

981. Qays ibn Osim Sa'diy (r.a) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.)ning odtsilariga keldim. Ul zot (meni): "Bu odam chodirda yashovchi (ya'ni badaviy)larning sayyididir", dedilar. "Ey, Rasulalloh, mening zimmamda soilning ham, mehmonning ham haqi bo'lmagan mol qay-si?" - deb so'radim. Ul zot: "Eng yaxshi mol qirqga bo'la-di, ko'pi oltmishta, yuzta mol egasining holiga voy, faqatgana (molining) yaxshisini bergan, ortiqchasini ehson qilgan , semizini so'ygan, o'zi ham uni yeb, soilu muhtojlarga ham berganlargina butsdan mustasno", dedilar. "Ey, Rasulalloh, bu qanday ham oliyjanob xulq ekan-a, biror bir vodiy yo'qki, unda mening mollarim ko'p bo'lmasa", dedim. Ul zot: "Ulardan (sadaqa, ehson) berishda qanday yo'l tutasan?" - deb   so'radilar. "Bir erkak tuya va ,bitga ikki yoshli tuya beraman", dedim. Ul zot: "Hadya berishda qanday qilasan?" - deb so'radilar. "Yiliga yuzta (tuya) beraman", dedim. Ul zot: "Voyaga yetgan urg'ochi tuyalarni qanday qilasan?" - dedilar. "Biror kishi tuya(lar)dan (birini) jilovlasa, (birov) unga mone'lik qilmaydi, u ko'ringan tuyani upshaydi", de-dim". Rasululloh (s.a.v.): "Senga moling afzalmi yoki mavoliy (voris)laringning mollarimi?" - deb   so'ra-dilar. "Molim", dedim. Ul zot: "Molingdan yeganing - yo'q qilganing, (yo'qotganing) yoki berganing - sarf qilganing qoladi, qolgani esa vorislaringaikidir",dedilar. "Darhaqiqat, qaytib (uyimga) borsam, albatga mollarim sonini kamaytiraman, dedim". (Ya'ni mollaridan sadaqa qilib yuborishga ahd qildi).
Qays o'limi yaqinlashganini sezgach, farzandlarini to'pladi. Ularga: "Ey, farzandlarim, nasihatimni olin glar. Zero, mendan yaxshi nasihatchini topol-maysiz. O'lganimda aytib yig'lamang, Rasululloh (s.a.v.)ga ham aytib yig'lanmagan. Payg'ambar (s.a.v.)ning aytib yig'lashdan qaytarganlarini eshittanman. Meni namoz o'qiydigan kiyimimga kafanlanglar. Katgangazni boshliq qilib saylang, zero kattangazni boshliq qilsangaz, otangiz o'rnida ishini davom etgaradi. Bordi-yu, kichkinangazni boshliq qilib qo'ysangiz, katgalaringiz odamlarga befarq bo'lib qoladi va sizdan yuz o'giradi. Turmushingizni yaxshilang, zero bu ishda odamlarga muhtojlikdan behojatlik bor. Tilanchiliqdan saqlaning, zero u yigit kishi uchun eng oxirgi choradir. Meni dafn qilganingizda, qabrimni tekislab qo'ying. Chunki Bakr ibn Voil mahallasi bilan oramizda adovat bor. Men (uning) ahmoqpigidan omonda emasman. Bir ahmoqning bir ish qilib, diningazda nuqson paydo qilishidan xavotarda-man", dedi.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:27:22

433-bob. Taajjublanganda boshni sarak-sarak qilish haqida

982. Abu Zarr aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ga tahorat suvi berdim. Ul zot bopsharini tebratab, lablarini tishladilar. Men "Ota-onam sizga fido bo'lsin, sizga ozor berdimmi?" - dedim. Ul zot: "Yo'q, lekin sen (shunday) amirlar va imomlarga yetishasanki, ular namozlarini vaqgidan kechiktiradilar", dedilar. Men: "Nimani tavsiya qilasiz?" - deb so'radim. "Namozni vaqgida o'qi, ular bilan birga namoz vaqgiga yedang, namozni birga o'qi, men o'qiganman, o'qimayman dema", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:27:41

434-bob. Taajjublanganda qo'lini tizzasiga urgan kishi haqida

983.  Hz. Husayn (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.) hz. Ali (k.v.) va qizlari Fotima (r.a.)ning uylariga kelib uyg'otib: "Namoz o'qimaysizlarmi?" - dedilar. Hz. Ali: "Ey, Rasululloh, barchamizning jonimiz Allohning huzurida (qo'lida)dir, U uyg'otishni, tiriltirishni xohlasa, uyg'onamiz", dedilar. Rasululloh biron narsa demay ketib qoldilar. Keyinroq eshitdimki, qaytib ketayotib qo'llarini sonlariga urib: "Darhaqiqat, inson ko'p janjal (bahs) qiluvchidir" (18:54), debdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:27:53

984. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Men hz. Alini peshonalariga qo'llari bilan urib shunday deyotganlarini ko'rdim: "Ey, irokliklar, sizlar meni Rasululloh (s.a.v.)ga tuhmat qilayapti, deb gumon qilayapsizlarmi? Sizlarga saodat, farahu menga gunoh bo'ladimi? Guvohlik beramanki, Rasululloh (s.a.v.)ning: "Birortangizning poyabzali ipi uzilib keda, uni tuzatmay turib ikkinchisi bilan yurmasin", deganlarini eshitganman".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:29:02

435-bob. Kishi birodarining soniga urishi haqida

985. Abul Oliya Baro aytdilar: "Oldimdan Abdulloh ibn Somit o'tib qoldi, men unga kursi berdim, o'tirdi. Undan: "Ibn Zayd namozni kechiktirdi, nima buyura-siz?" - deb so'radim. Shunda u tizzamga bir urib, so'ng: "Men ham Abu Zarrdan siz so'ragan savolni so'ragan-dim, u kishi ham sonimga men siznikiga urganimdek urgandilar. Keyin: "Namozni o'z vaqgida o'qi, ular bilan (namoz vaqtiga) yetishsang birga o'qi, "Men o'qib bo'lganman, o'qimayman", demagin", degan edilar", dedi.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:30:12

986. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Umar ibn Xattob (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) bilan bir guruh ashoblar o'rtasida Ibn Sayyod tomonga qarab yo'l oldilar. Uni Mag'ola qal'asi yonida bolalar bilan o'ynayotganini ko'rdilar. O'sha payt Ibn Sayyod balog'at yoshiga yetay deb qolgandi. Rasululloh (s.a.v.) kelib qo'llari bilan orqasiga urmagunlaricha, u kelganlarni sezmadi. So'ng: "Men Allohning payg'ambari ekanligimga guvohlik berasanmi?" - deb so'radilar. Ibn Sayyod: "Guvohlik beramanki, siz ummiylarning payg'ambarisiz", dedi.Keyin Ibn Sayyod: "Siz ham mening Allohning rasuli ekanimga guvohlik berasizmi?" - dedi. Ul zot uning savolini javobsiz qoldirdilar, so'ngra: "Al-lohga va Uning Rasuliga imon keltirdim", dedilar. Keyin Ibn Sayyoddan "Nimani ko'rayapsan?" - deb so'radilar. Ibn Sayyod: "Menga rost va yolg'on (xabar-lar) aralashib kelayapti (ya'ni, ko'rgan tushlarim goho to'g'ri chiqmoqda, gohida yolg'on)", dedi. Ul zot: "Sening ishlaring chigallashib ketibdi", dedilar.Rasululloh: "Men sendan bir narsani yashirdim, u nima?" - dedilar. Ibn Sayyod: "Dux...", dedi. Ul zot: "Yo'qol, uni topishga qudrating yetmaydi!" - dedilar. Hz. Umar: "Ey, Rasulalloh, izn bering, uning kallasini olay!" - dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Agar bu o'sha (Dajjol) bo'lsa, qo'lingdan hech narsa kelmay-di, agar u bo'lmasa, unda uni o'ddirishdan senga hech bir xayr yo'qdir", dedilar". Ibn Umar (r.a.) dedilar: "Shundan keyin Payg'ambarimiz (s.a.v.) va hz. Umar va Ubay ibn Ka'b Ansoriylar bir kuni Ibn Sayyod o'tirgan xurmozorga borishdi. Hatto Rasululloh (s.a.v.) xur-mozorga kirib daraxtlar orqasiga yashirindilar, Ibn Sayyod ko'rmasidan oldin uvdan biron narsa eshitmoqchi edilar. Ibn Sayyod tukli (yoki patli) kiyimi bilan o'rnida chalqancha yotardi. Shu payt Ibn Sayyod-ning onasi Payg'ambar (s.a.v.)ning xurmo panasida yashirinib turganlarini ko'rib qoldi va Ibn Sayyod-ga: "Ey, Sof! (uning ismi shunday) Bu Muhammad-ku!" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Onasi indamaganda edi, uning kimligi aniq bo'lardi", dedilar.Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) odamlar orasida turib Alloh taologa hamdu sano aytdilar. So'ng Dajjol haqida gapirib: "Men sizlarni undan ogoh etaman, shubhasiz (mendan oddingi) har bir payg'ambar qavmini undan ogohlantirgan. Nuh (a.s.) ham beshak, qavmini ogoh etgan. Lekin men sizga u haqda birorta payg'ambar o'z qavmiga aytmagan gapni aytaman: bilasizki, u Dajjol bir ko'zlidir, Alloh esa bir ko'zli emas".

Qayd etilgan