451-bob. Salomning fazilati haqida
1015. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir yig'inda o'tirganlarida bir kishi kelib: "Assalomu alaykum", dedi. Rasululloh: "O'nta hasanot", dedilar. Yana bir kishi keldi-da:i "Assalomu alaykum va rahmatulloh", dedi. Ul zot: "Yigirmata hasanot", deb qo'ydilar. So'ng yana bir kishi kelib: "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu", dedi. Ul zot: "O'ttizta hasanot", dedilar. Shunda bir kishi yig'in-dan turib ketayotib salom bermadi. Rasululloh (s.a.v.): "Do'stingiz salomni unutayozdi, agar birortangiz odam-lar to'plangan joyga kelsangiz salom bering, joy ko'rsatilsa o'tiring, turib ketishda (yana) salom be-ring. Birinchi (salom) ikkinchisidan (savob va fazi-latga) haqliroq emas", deya marhamat qildilar".