Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610356 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 116 B


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:39:45

59-bob. Qo’shnichilikning hududi haqida

109.  Hasan Basriy (r.al.)dan qo’shni haqida so’ralganda, u. shunday javob berdi: "Hovlining old
tomonidan qirq hovli, ort tomondan qirq, o’ng tomonidan qirq, so’l tomondan qirq hovlining hammasi qo’shni hisoblanadi".

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:39:56

110.  Abu Hurayra (r.a.): "Yaqindagi qo’shni qolib, uzoqdagiga yuugurilmaydi. qo’shnichilik uzoqdagisi bilan emas, yaqindagisi bilan boshlanadi.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:40:31

60-bob. Qo’shnisini uyiga kiritmagan kishi haqida

111.  Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Bizning yoshligimizda ko’rganimiz shunday ediki, u vaqtda hech bir kishi o’z oltin-kumushini boshqa musulmon birodaridan azizroq hisoblamas edi. Endi hozir esa, har birimiz uchun oltin-kumush har qanday musulmon birodarimizdan yaxshiroq bo’lib qoldi. Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Bir qancha qo’shnilar qiyomat kuni o’z qo’shnilarining etagidan ushlab: "Yo Rabbi! Mana bu qo’shnim boshimga ish tushgan vaqtda yordam qilish o’rniga eshigini qulflab olgan edi, deb da'vo qiladi", degan hadislarini eshitgan edim".

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:40:40

61-bob. O’zi to’q bo’lib, qo’shnisi och o’tirmasin

112. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) Abdulloh ibn Zubayr (r.a.)ga: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Kim o’zining  qorni to’q bo’lib, qo’shnisi och holida o’tirgan bo’lsa, u kishi (chin) mo’min emasdir", degan so’zlarini eshitdim", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:40:59

62-bob. Sho’rboning suvini ko’paytirib, qo’shnilarga ham ulashish haqida

113.  Abu Zarr G’iforiy (r.a.) aytdilar: "Rabibim va do’stim Rasululloh (s.a.v.) menga uch narsani buyurdilar: birinchi - Hatto agar burni va qo’l-oyoqlari kesilgan qul senga boshliq bo’lsa ham unga itoat qil;ikkinchi - sho’rbo qilsang, suvini ko’proq qilib, qo’shnilaring ahvoliga qarab, shundan minnat qilmay ularga ham  ber; uchinchi - namozlarni o’z vaqtida ado qil! Agar imom namozni o’qib qo’ygan bo’lsa, sen shu namozni (uyda o’qiganing uchun) ado qilgan bo’lasan, o’qimagan bo’lsang, unga iqtido qilasanda, u sen uchun nafl namozi bo’ladi".

114-hadisda 113-hadisdagi sho’rboga suv solib qo’shnilarga ham ulashish haqidagi hadis takrorlangan.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:42:12

63-bob. Qo’shnining yaxshisi haqida

115.  Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Suhbatdoshlarning eng yaxshisi xushfe'l va ko’ngilga ma'quli va qo’shnilarning ham eng yaxshisi qo’shnisiga munosabatda mumtozidir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:42:34

64-bob. Solih qo’shni haqida

116. Nofi' ibn Abdul Horis (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) "Keng turar joy, solih qo’shni va beozor ulov bo’lishi musulmon kishining saodatidir", dedilar".

Solih kishi deb so’zida, ishida va umuman barcha hatti-harakatlarida to’g’rilikni, rostguylikni,
poklikni o’ziga dastur qilib olgan insonni aytilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:43:01

65-bob. Yomon qo’shni haqida

117.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.)ning qilib yuradigan duolaridan biri shunday edi: "Ey, Alloh! Men yashaydigan yerdagi yomon qo’shnining yomonligidan panoh berishingni so’rayman, chunki foniy dunyodagi yomon qo’shnidan ko’chibgina qutilishing mumkin".

Yashaydigan yerdan murod qabriston, deyilmoqchi. Ya'ni ey, Alloh, yomon qo’shnini bizdan, bizni undan  xalos qilmoqqa Sen o’zing qodirsan .

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:43:28

118.   Abu Muso Ash'ariy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishi o’z qo’shnisini,
aka-ukalarini va hatto otasini o’ldiradigan vaqt kelmaguncha qiyomat-qoyim bo’lmaydi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:43:38

66-bob. Qo’shniga ozor bermaslik haqida

119. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) dan: "Yo Rasulalloh! Falonchi xotin kechalari turib ibodat qiladi, kunduzlari ro’za tutadi va odamlarga xayr-ehson va boshqa yaxshi ishlarni ham qiladi. Lekin tili bilan qo’shnilariga ozor beradi. Buning oqibati qanday bo’ladi?" - deb so’ralganda, Rasululloh (s.a.v.): "Bu xotinda yaxshilik yo’q, u do’zax ahlidandir", dedilar. Yana: "Faloniy xotin farz namozini o’qiydi va eski kiyim-bosh kabi arzimaydigan narsalarini sadaqa qiladi. Shu bilan birga, u hech kimga ozor bermaydi", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Bu xotin jannat axlidan", dedilar".

Qayd etilgan