Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609711 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 116 B


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:46:47

35-bob. Zolim qarindoshiga silai rahm qilgan kishining fazilati

69. Barro ibn Ozib (r.a.) aytdilar: Bir a'robiy kelib: "Yo Rasulalloh! Meni jannatga
kiritadigan amalni o’rgating", dedi. Rasululloh (s.a.v.); "Sen xutbani qisqa qilgan bo’lsang ham
masalani keng qilding. Jonliqni ozod yil va kishini qulliqdan qutqazgan", dedilar. A'robiy: "Bu
ikkalasi bir gap emasmi?" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Yo’q, jonliqni ozod qilish - uni qullikdan
qutqazishing, mulikdan qutqazish esa, uni qarzdorlikdan va jarima to’lashdan qutilishiga yordam
berishingdir. O’zingga margub bo’lgan sogin sigir (yoki quy)ni sutidan ichib, foydalanish uchun
muhtojlarga vaqannchaga berib turishing va qavmu qarindoshlarga yaxshshshk qilishingdir. Agar bularni qilish ko’lingdan kelmasa, kishilarni yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytarasan. Buni ham qila  olmasang, faqat shirin so’zni tilingdan qo’ymaysan", dedilar .

Ya'ni bergan savolingning shakli qisqa bo’lsa ham, ma'nosi goyat chuqur, ahamiyati zo’r masalani o’rtaga tashlading, deyilmoqchi .

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:47:08

36-bob. Johiliyat davrida yaxshilik qilgan kishi haqida

70. Hakim ibn Hazom (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) dan: "Men johiliyat zamonida silai rahm qilish, qul ozod qilish va sadaqa berish kabi ishlar bilan mashgul bo’lgan edim. Endi o’sha ishlarim uchun menga  ajr-savob bo’ladimi?" - deb so’radi. Rasululloh (s.a.v.): "Sen johiliyat zamonida o’tkazgan hamma yaxshi ishlaring bilan islom diniga kirgan bo’lasan", dedilar.

Ya'ni johiliyat zamonida qilgan yaxshiliklaring behuda ketmaydi, Alloh hamma narsani bilguvchidir;johiliyat davrida qilgan solih amallaring uchun Uning fazli karami bilan ajr-savob beriladi.

19-bobdagi 26-hadis mazmuni 37-bobning 71-hadisida aynan takrorlangan.

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:48:39

38-bob. O’z urug-aymoqini bilish kerakligi haqida

72.  Jubayr ibn Mutim (r.a.) Hz. Umar ibn Xattob (r.a.)ning minbar ustida turib gapirgan quyidagi gaplarini eshitdilar: "Urug-aymoqlaringizni bilib olib, keyin ularga silai rahm qiling! Men Alloh taolo nomi bilan qasamyod qilib aytamanki, bir kishi o’z birodari bilan oralarida bir narsa (yomon  so’z) o’tadi. Agar ular oralaridagi qarindoshlik aloqasi borligani bilganlarida edi, albatta  bir-birlariga yomon so’z aytishdan va sha'niga tegishdan o’zlarini saqlagan bo’lardilar".

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:48:55

73.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Nasablaringizni yodda saqlang! Shundagina siz qarindoshlaringizga yaqindan yondashgan bo’lasiz, chunki nasab uzoqbo’lsa ham uni yaqinlashtirilsa, uzoqligi bilinmaydi. Ammo u yaqin bo’lsa-yu, uzoqlashtirilsa, yaqinligi qolmaydi. Har bir qarindoshlik qiyomat kuni o’z egasining yoniga kelib yaqinlashilgan bo’lsa, yaqinligiga, uzoqlashtirilgan bo’lsa, uzoqligiga guvohlik beradi", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:49:16

39-bob. Ozod bo’lgan qullar haqida

74.  Abdurrahmon ibn Abi Habib (r.a.) aytdilar: Abdulloh ibn Umar (r.a.) mendan: "Sen qaysi qabiladan bo’lasan?" - deb so’radilar. Men u kishiga: "Men  Tiym tamim qabilasidanman", deb javob qilganim-da, u janob: "Shu qabilaning o’zidanmi yoki ularning ozod qilgan qullaridanmi?" - dedilar. Men: "Ularning ozod qilgan qullaridanman", degan edim, shunda  u zot: "Unday bo’lsa, ozod qilgan qullaridanman, deb aytishing kerak", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:49:36

40-bob. Payg’ambar do’stlari

75. Rifa'at ibn Rofi' (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) Umar ibn Xattob
(r.a.)ga: "Mening oldimga qavmlaringni yigib kel", deb buyurdilar. Hz. Umar (r.a.) ularni to’plab
Rasululloh(s.a.v.)ning eshiklari oldiga qo’yib, o’zlari Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirib: "Yo
Rasululloh! qavmlarimni olib keldim", dedilar. Bu voqeadan xabardor bo’lgan ansorlar eshitib:
"Qurayshlar haqida biror vahy (oyat) kelgan bo’lsa kerak", deb uni eshitish va ko’rish uchun ulardan bir qancha kishi ul janob huzurlariga keldi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) uylaridan chiqib, ularning o’rtasida tik turdilar-da: "Oralaringizda begona kishilar bormi?" - deb so’radilar. Hz. Umarning qavmlari: "Ha, oramizda muohada qilishgan kishilarimiz, singlimizning o’gli va ham ozod qilgan qullarimiz bor", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Muohada qilishgan kishilar, singlimizning o’gli hamda ozod qilgan qullarimiz hammasi o’zimizniki va sizlar quloq solasizlar: Qaysilaringaz Alloh taolodan qo’rquvchiroq bo’lsa, shular mening yaqinlarimdir. Agar sizlar shunday bo’lsalaringiz yaxshi, aks holda oqibat nima bo’lishini o’zlaringaz o’ylab ko’ring! qiyomat kuni odamlar (yaxshi) amallar bilan  kelganda sizlar og’ir yuklarni (gunohlarni) ko’tarib kelmang, u vaqtda Alloh taolo sizlardan yuz o’giradi", dedilar. Shundan. keyin Rasululloh muborak ikki qo’llarini ko’tarib, qurayshlar boshiga qo’ydilar: "Ey, odamlar! quraysh qabilasi ishonchli kishilardir, kim ularga zulm va yomonlikni ravo ko’rsa, Alloh taolo uni ikki burni bilan yerga to’ntaradi", deb shu so’zni uch bor qaytardilar.

Ikki burun bilan to’ntarish - demak, Alloh taolo benihoya xor qiladi demak .

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:50:05

41-bob. Biz tarbiya qilgan kishi haqida

76.  Uqba ibn Omir (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Kimda uchta qiz bo’lib, ularning tarbiyasidagi qiyinchilikka sabr etsa va topgan molidan ularning kiyim-kechaklarini but qilsa, ular bu kishiga do’zaxdan parda bo’ladi", degan gaplarini eshitdim".

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:50:57

77.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar. "Rasululloh (sa.v.): "Har bir  musulmon kishining ikkita qizi bo’lib, ularni yaxshi axloq, yaxshi muomala bilan tarbiyat qilsa, qizlari albatta uning jannatga kirishiga sababchi bo’ladi", - dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:51:42

78.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimning uchta qizi bo’lib, ularni o’z
qo’lida tarbiya qilib katta qilsa va ularga marhamat nazari bilan qarasa, jannatga kirishi albatta
muqarrardir", dedilar. Shunda bir kishi: "Yo Rasululloh! Uning qizi ikkita bo’lsachi?" - deb so’radi. Rasululloh: "Ikkita bo’lsa ham", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:52:30

42-bob. Qizini va hamshirasini boqqan kishining fazilati

79.  Abu Said Xudriy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deb marhamat qilganlarini xabar qildi: "Uch qizini yoki uch hamshirasini tarbiya qilgan kishi shubhasiz jannatga kiradi".

Qayd etilgan