93. Bashir ibn Sa'd (r.a.) o’z o’g’lilari Nu'mon ibn Bashirni ko’tarib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldilarda: "Yo Rasulalloh! Men shu o’glim Nu'monga falon-falon narsalarni berdim, siz shunga guvoh bo’ling", dedilar. Rasululloh (s.a.v,): "hamma bolalaringga ham shunday narsalarni berdingmi?" — deb so’radilar. Bashir: "Yo’q, faqat Nu'monning o’zigagina berdim", degan edilar, Rasulullo? (s.a.v.): "Shunday qilgan bo’lsang men bunga guvoh bo’la olmayman, boshqa odamlarni guvoh qil!" - dedilar. Keyin:
"Farzandlaringning hammasi senga bir xilda yaxshilik qilishlarini xohlaysanmi?" - dedilar. U kishi: "Albatta, shunday bo’lishlarini xohlayman", degan edilar, Rasululloh (s.a.v.): "Unday bo’lsa, Nu'monning o’zigagina berib, boshqalarini mahrum qilishing durust emas", dedilar.
Imom Buxoriy Rasululloh (s.a,v.)nish1 "Men bunga guvoh bo’lmayman", degan so’zlaridan, boshqalar guvoh bo’lgan taqdirda, bolalaringdan bittasi - o’sha Nu'monga hamma narsangi berib, boshqalariga bermasang ham bo’laveradi. degan ma'no tushunilmasin, dedilar.
Bu o’rinda guvoh bo’lmayman, deyishdan murod adolatsiz taqsimotga guvoh bo’lish insofdan tashqari, insofdan tashqari ishlar paygambarlik xislatlariga yotdir, degan ma'nodir. "Boshqalarni guvoh qil", deyishdan murod - agar juda ham shu ishni qilmoqqa qasd qilgan bo’lsang, u holda adolatsizlikka tarafdor insofsiz odamlarni topa qol, deganidir.