82-bob. Mamluklarga yaxshi munosabat haqida
156. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning dardlari og’irlashgan vaqtida menga: "Ey, Ali! Menga hayvon kuragidan olib kel, men ummatlarim zalolatga tushmaydigan narsalarni yozdiraman", dedilar. Men esa, kurakni olib kelgunimcha Rasulullohning olamdan o’tib qolishlaridan qo’rqib: "Yo Rasulalloh! Aytadigan gaplaringizni men yodimda saqlab qolaman", dedim. Shu vaqtda Rasulullohning muborak boshlari mening bilagim bilan yelkam ustida edi. Rasululloh (s.a.v.)shunda: "Namozni o’z vaqtida o’qinglar, zakotni beringlar hamda qo’l ostingizdagi kishilarga yaxshi qaranglar", deb vasiyat qildilar va jonlari chiqqunga qadar shunday so’zlarni aytib, oxirida "Lo iloha illalloh,Muhammadu-r-Rasululloh" kalimasiga guvohlik berishga buyurdilarda: "Kim shu kalimaga ko’ngil bilan guvohlik bersa, Alloh taolo uning jasadini do’zax o’tiga harom qiladi", dedilar".