203. Xurosonlik bir kishi Omir Sha'biy (r.a.)ga: "Bizlar o’z oramizda bir kishi o’zining ummu valadini ozod qilib, keyin uni o’ziga xotin qilib olsa, harami sharifga hadya qilib yuborgan tevasini o’zi mingan kishidek bo’ladi, deb gapirib yuramiz", dedi. Shunga javob tariqasida Omir: "Menga Abu Burda (r.a.) o’z otalaridan rivoyat qildilar, inchunun Rasululloh (s.a.v.) sahobiylarga: "Uch toifa kishilar bor, ularga ikki barobardan ajr beriladi: birinchisi, axli kitoblardan bo’lgan kishiki, o’z payg’ambari va Muhammadga ham imon keltirgan bo’lsa, ikkinchisi, birovning ixtiyorida bo’lgan qul, u Alloh taoloning haqini ham, o’z xo’jalarining haqini ham ado qilgan bo’lsa, uchinchisi, o’zi jinsiy aloqa qilib yurgan
cho’risiga odob va ilm o’rgatib yaxshi odoblik, yaxshi ilmlik qilgandan keyin uni ozod qilib, o’ziga xotin qilib olgan kishi", degan edilar, deb xabar qiladi. Shu hadisni rivoyat qilgandan keyin Omir Sha'biy u kishiga qarab: "Mana bu hadisi sharifni biz senga hech narsasiz quruqdan-quruqqa aytib berdik. Bundan kichikroq hadisni bilib olish uchun kishilar Madinagacha biror narsaga minib borardilar", dedilar.
Ummu valad - o’z xujasidan bola orttirgan cho’ri.
Harami sharifga borish uchun niyat qilib ehrom bog’lagandan keyin bir uzr bilan bora olmay qolsa, bir jonliq molni hadya qilib u yerga yuborishi kerak. Lekin uni minib emas, balki haydab, yetaklab olib boriladi.