Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608598 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 116 B


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:10:23

240. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "har bir mo’min o’z birodarining ko’zgusi, har bir mo’min ikkinchi mo’minning birodari - akasi yo ukasidir, uni zoe bo’lishdan saqlaydi va uni muhofaza qilib yuradi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:10:37

241. Mustavrid ibn Shaddod (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki bir musulmon kishi sababli taom yesa, Alloh ungu do’zaxdan shunday taom beradi. Va kimgaki bir musulmon sababli kiyim kiydirilsa, Alloh unga do’zaxdan shunday kiyim kiydiradi va kimki bir musulmon kishi yonida riyokorlik O’rnida tursa, Alloh qiyomat kuni uni riyokorlik maqomida turg’izadi", dedilar.

Musulmonning foydasiga ko’zgu bo’lish o’rniga, ziyoniga ko’zgu bo’lsa, ya'ni uniig aybi va
kamchiliklarini tuzatish o’rniga boshqa dushmanlariga fosh qilsa va shuning evaziga ulardan taom va kiyimlar bilan mukofotlansa, do’zax o’tiga mustahiqdir.Riyokorlik bilan kishilarni yolgondan maqtab, shuning badaliga ulardan mukofot olsa yoki yaxshi bir musulmonni boshqa odamlar yomonlashayotganida ularga yaxshi ko’rinish uchun u ham yomonlasa, degan ma'noda.

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:25:50

121-bob. Joyiz bo’lmagan hazillar haqida

242. Abdulloh ibn Soibning bobosidan rivoyat qilindi: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Hech qaysingiz oshnasining narsasini hazil qilib ham olmasin. Bittangiz birodarining asosini olsa, uni egasiga qaytarib bersin", degan gaplarni eshitdim", dedilar.

Birovning narsasiga hazillashib olish birinchidan, o’sha odamni tahqirlash hisoblansa, ikkinchilan, o’g’rilik bilan ayblansa, hazilning tagi zil bo’lib, shariat qonuni bo’yicha jazo olishi tayin.

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:26:01

122-bob. Yaxshilikka dalolat qilish haqida

243. Abu Mas'ud Ansoriy (r.a.) aytdilar. "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir kishi kelib: "Men yo’lda toliqib qoldim, bir ulov bering", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Menda ulov yuq. Lekin falonchiga borsang, u ehtimol senga ulov berar", dedilar. U kishi Rasululloh (s.a.v.) tayin qilgan odamga borgan edi, u bir ulov berdi. Keyin u Rasululloh (s.a.v.)ga kelib, u odam ulov berganini aytganda, Rasululloh (s.a.v.): "Kim bir yaxshilikka dalolat qilsa, o’sha yaxshilik qilgan kishiga berilgan savob barobarida savobga ega buladi", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:26:23

123-bob. Afv etish haqida

244-hadis. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir yahudiy xotin Rasululloh (s.a.v.)ga qo’yning zaxar solingan go’shtini olib keldi. Rasululloh (s.a.v.) go’shtdan yedilar. Keyin yahudiyani olib kelindi (bunga zahar soldingmi, deb so’ralganda, u e'tirof qildi). Shunda: "Yo Rasululloh! Bu juhud xotinni o’ldiraylikmi?" deganlarida, Rasululloh (s.a.v.): "Yo’q, o’ldirmanglar", dedilar. Anas: "Men bu zaharlik go’shtning asari doim Rasululloh (s.a.v.)ning qizil o’ngachlari (lakluklari)da qolganini his qilardim va sezib yurardim", deydilar.

Ya'ni uning ta'sirida Rasulullohga ba'zan betoblik oriq bo’lardi, uni men qizil o’ngachlarining
rangi o’zgarganidan yoki uning turtib chiqqanidan va yallig’lanishidan sezar edim, demoqchi.

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:26:30

245.  Vahb ibn Kaysan dedi: "Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) minbarga chiqib: "Afvni (qabul qilib) oling,yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o’giring!" (7:199) - degan oyati karimani o’qib, "Alloh taolo afv qilishni ol, deb buyurdi. Uning nomi bilan qasamyod qilib aytamanki, Alloh taolo afv qilishni faqat kishilarning axloqidan olishga buyurdi. Men kishilar bilan suhbatlashar ekanman, afv qilishni albatta ularning axloqidan olaman", degan edilar.

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:26:37

246.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga islomni o’rgatinglar, ularga qiyin emas, yengil yo’lni ko’rsatinglar, qachon jahlingiz chiqsa, jim turishga o’rganing", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:26:52

124-bob. Kishilarga ochiqyuzlilik bilan harash haqida

247.  Ato ibn Yasor aytdilar: "Men Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) bilan uchrashib, u kishidan Tavrotda Rasululloh (s.a.v.)ning sifatlari haqida yozilgan gaplarni menga aytib bersangiz, deb so’radim. U kishi Rasululloh (s.a.v.)ning Qur'onda aytilgan sifatlari dan ba'zisi Tavrotda ham bor, dedilarda, "Ey, Pay-hambar! Darhaqiqat. Biz Sizni (qiyomatda barcha ummatlarga) guvoh bo’luvchi, (jannat haqida) xushxabar beruvchi va (do’zax azobidan) ogohlantiruvchi etib yubordik", deb "Ahzob" surasidagi 45-oyatni o’qidilar. (Yana Tavrotda shunday sifatlangan): "O’qish va yozishni bilmaydigan xalqlar (arablar)ni muhofaza qiluvchi qilib yubordim", deyilgan. Unda yana: "Ey, Muhammad! Sen mening bandam va elchimsan. Men senga o’zimgagana tavakkul qiluvchi, deb nom qo’ydim. Sen badxulq va qo’pol muomalalik, yomonlikka yomonlik qaytaruvchi emas, balki yomonlikni kechiruvchi, afv qiluvchisan. Sen Ibrohim xalilullohning o’zidan keyin buzilgan va o’zgartirilgan dinini barpo qilib, arablar "Lo iloha il-lolloh" kalimasini aytib, shu kalima bilan ko’r ko’zlarini, garang quloqlarini va yaralangan dillarini ochmaguncha dunyodan ketmaysan", deyilgan, dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:27:27

248-hadis 245 va 246-hadislarning takrori, hadis Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilingan.

249.  Muoviya ibn Abu Suf'yon (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan bir so’z eshitdim. Shu so’z tufayli Alloh taolo menga manfaat yetkazadi. Rasululloh (s.a.v.): "Sen kishilarning aybi va kamchiligini surishtirib yursang ularni buzib qo’yasan", degan edi-lar. Shuning uchun men ularni buzib qo’ymay deb kamchiliklarini tekshirib yurmayman".

Kishilar aybini qidirib, uni fosh qilinsa, oshkora qilinib yuradigan gunohlar maxfiylashadi. Unda
bir gunoh o’rniga ikki gunoh qilib, axloq tanazzulga yuz tutadi.

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:27:35

250.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) ikki qo’llari bilan imom ?asanning yoki imom Qusaynning ikki kaftidan ushlab ikki oyoqini o’z oyoklari ustiga qo’ydilar va unga "balandga chiq", dedilar. Shunda bola ikki oyoqini ko’tarib Rasululloh (s.a.v.)ning muborak ko’kraklariga qo’ydi. Keyin Rasululloh (s.a.v.) bolaga "Og’zingai och", dedilarda, uni bo’sa qildilar va keyin: "Ey, Rabbim! Bu bolaga o’z muhabbatingni yubor, chunki men uni sevaman", dedilar. Rasululloh (s.a.v.)ning shunda gapirgan gaplarini mana shu ikki qulog’im eshitdi va qilgan harakatlarini ikki ko’zim ko’rdi".

Qayd etilgan