Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608637 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 ... 116 B


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:40:26

351. Solih ibn Umar aytdi: Abdulkarim Uba Umayya yungdan bo'lgan kiyimlarini kiyib Abul Oliya huzurlariga keldi. Shunda Abul Oliya unga: "Bu nasoro rohiblarining kiyimi, musulmonlar bir-birlarini ziyorat qilishga borganlarida yasanib, yaxshi kiyimlar kiyib borar edilar", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:40:39

352. Hz. Asmo' (r.a.)ning ozod bo'lgan quli Abdulloh aytdi: "Hz. Asmo' menga uylaridan uringan bir jubba olib chiqib berdilar. Jubbaning yoqasi qabariq bir gazlamadan edi, etaklarida ham shunday qabariq gazlama tikilgan edi. Asmo': "Bu Rasululloh (s.a.v.) ning jubbalaridir, uni odatda juma kuni yoki elchilar kelganda kiyar edilar", dedilar".

353-hadis 13-bobdagi 26-hadisning aynan takrori.

Qayd etilgan


Laylo  30 Sentyabr 2006, 13:19:40

161-bob. Ziyoratning fazilati haqida

354.  Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir voqeani gapirib berlar. U quyidagicha: "Bir kishi boshqa bir qishloqtsa turadigan do'stini ziyorat qilish uchun yo'lga chiqdi. Alloh taolo unga bir farishtani yubordi. Farishta undan: "Yo'l bo'lsin, qaerga borayapsan?" - deb so'radi. U: "Shu qishloqtsa yashaydigan bir do'stimni ko'rgani
ketayapman", dedi. Farishta: "Do'sting senga biror yaxshilik qilgan yoki undan biror manfaat ko'rgan bo'lsang kerakki, o'shaning xotirasi uchun borayapsanda", dedi. U kishi: "Yo'q, men uni faqat Alloh uchun yaxshi qo'raman, shuning uchungina ziyoratiga bormoqchiman", dedi. Shunda farishta: "Men Atlohning elchisiman. Alloh taolo meni atay senga yubordi. Sen uni xolisanilloh sevganing uchui Alloh taolo ham seni sevadi", dedi".

Qayd etilgan


Laylo  30 Sentyabr 2006, 13:20:06

162-bob. Kishi sevgan odami bilan birga bo'lishi haqida

355. Abu Zarr G'iforiy (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ga: "Yo Rasululloh! Bir kishi bir qavmning amalini qilishga qodir bo'lmaydi-yu, lekin uni yaxshi ko'radi", degan savolni berdim. Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Abu Zarr, sen sevgan kishing bilan bo'lasan", dedilar. Men yana: "Men Alloh taoloni va uning Rasulini yaxshi ko'raman", dedim. "Ey, Abu Zarr! Sen yaxshi ko'rgan kishing bilan birga bo'lasan", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  30 Sentyabr 2006, 13:20:26

356.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)dan: "Ey, Allohnieg payg'ambari! Qiyomat kuni qachon bo'ladi?" - deb so'raganda, Rasululloh(s.a.v.): "Sen qiyomat kuni uchun qanday amallarni tayyorlab qo'yding?" - deb so'radilar. U: "Men qiyomat kuni uchun deyarli katta bir amal tayyorlaganim yo'q, faqat Allohtaoloni va uning Rasulini sevaman", dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Har bir kishi o'zi sevgan kishisi bilan birga bo'ladi", dedilar". Anas ibn Molik (r.a.): "Bu so'zni eshitgan musulmonlar shu qadar xursand bo'ldilarki, buning tasviriga qalam ojiz", dedilar.

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:11:45

357.  Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh. (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki yoshi kichiklarimizga rahmdil bo'lmasa va kattalarimizning qadr-qimmati va haqini bilmasa, u odam bizning qavmdan emas", dedilar".

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:12:23

358. Abdulloh ibn Amr (r.a.): "Kichiklarimizga rahmdil bo'lmagan, yoshi ulug'larimizni hurmat qilmagan kishi bizdan emas", dedilar.

359.  360, 361-hadislar yuqoridagi hadisning aynan takrori.

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:12:43

164-bob. Yoshi ulug'larni hurmat qilish haqida

362. Abu Kinona Abu Muso Apgariy (r.a.)dan rivoyat qildilar: U kishi: "Soch-soqollariga oq tushgan musulmon kishini, Qur'oni karimga amal qilishdan yuz o'girmaydigan hofizu-l-Qur'onni va adolat bilan ish olib boradigan amaldorni hurmat qilmoq Alloh taoloni hurmat qilmoqning belgisidandir", dedilar.

363-hadis 358, 359, 360, 361-hadislarning aynan takrori.

1 Hofizu-l-Qur'on - Qur'on suralarini to'liq yod oluvchi qori anglashiladi

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:13:37

165-bob. Gapni ham. ishni ham yoshi ulug' kishi boshlaydi

364.  Rofi' ibn Xudayj   va Sahl ibn Abi Xasma (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Sahl bilan Muhayyasa ibn Mas'ud (r.a.)lar Xaybarga kelib u yerdagi xurmozor ichiga kirib ketishdi. Shu yerda Abdulloh ibn Sahl o'ldirildi. Shunda Abdurrahmon ibn Sahp bilan ibn Mas'udning ikki o'g'li - Husaya va Muhayyasalar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib Abdulloh ibn Sahlning o'ldirilganligi haqida xabar berishdi. Gapni ularning eng kichigi bo'lgan Abdurrahmon boshlagan edi, Rasululloh (s.a.v.): "Kattarog'ingiz gapirsin", dedilar. Ular bo'lgan voqeani bayon qilib bo'lgach, Rasululloh (s.a.v.): "Birodaringazni o'ldirgan kishi noma'lum bo'lgani uchun sizlardan ellik kishi Abdulloh ibn Sahlni yahudiylar o'ldirgan, deb qasam ichsin", dedilar. Ular: "Yo Rasu-lalloh! Biz uni yahudiylar o'ldirganini ko'rgan emasmiz", deyishdi. Rasululloh: "Unday bo'lsa, yahudiylardan ellik kishi uni biz o'ldirgan emasmiz, deb qasam ichadi", deganlarida, ular: "Biz yahudiylar qasamiga ishonmaymiz, chunki ular kofir, yolg'ondan qasam ichmoqtsan qo'rqmaydilar", deganlaridan keyin Rasululloh baytul-moldan uning xunini to'ladilar". Sahl Abi Xasma: "Men o'sha tevalardan biggasini uchratdim. U meni tepdi", dedilar.

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:14:48

166-bob. Kattalardan avval fikr aytmaslik haqida

365.  Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir kuni Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga zarar yetkazmaslikda musulmon kishiga o'xshagan bir daraxt bor. Alloh  taolo amri bilan u daraxt hamma vaqt mevasini beraveradi va yerga to'kilmaydi, shu qaysi daraxt, bilasizmi?" - deb so'radilar. Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Bu xurmo daraxtidir", degan fikr mening xayolimga keldiyu, lekin Abu Bakr Siddiq (r.a.) va otam Umar (r.a.)lar javob qaytarmaganlari uchun men buni aytmoqni o'zimga ma'qul ko'rmadim. Keyin Rasululloh (s.a.v.) o'zlari: "Bu xurmo daraxtidir", dedilar. Shundan keyin men otam bilan chiqib ketayotganimda otamga: "Rasululloh (s.a.v.) aytayotgan bu daraxtlari xurmo ekanligi xayolimga kelgan edi", dedim. Shunda otam: "Nega aytmading, agar aytganingda, men uchun falon-falon narsalardan ham yaxshiroq bo'lar edi", dedilar. Men: "Siz ham, Abu Bakr Siddiq (r.a.) ham so'zlamaganlaringizdan keyin men gapiripshi o'zimga munosib ko'rmadim", dedim".

Qayd etilgan