188-bob. Araz haqida
402. Hz. Oyisha (r.a.)ningjiyaBlari (akalariningo'g'illari) Avf ibn Horis rivoyat qildi: Hz. Oyisha bir narsa sotganlari yoki xayr-ehson qilganlari uchun Abdulloh ibn Zubayr (r.a.): "Oyisha bunday qilishdan tiyilsin, bo'lmasa men unga hajr qilaman", deb qasam ichdilar. Bu gap hz. Oyishaga yetkazildi. Shunda hz. Oyisha: "Abdulloh ibn Zubayr shunday degan bo'lsa, men u bilan aslo gaplashmaslikni o'zimga nazr qildim", deb so'zlashmay yurdilar. Hz. Oyishaning so'zlashmay yurishlari uzoqqa cho'zilgandan keyin, Abdulloh yarashtirib qo'yish uchun muhojirlarni vosita qilsa ham Oyisha: "Bu to'g'rida hech kimning vositachiligini aslo qabul qilmayman va o'z-o'zimga olgan nazrimni ham sira buzmayman", deb qasam ichdilar. Bu holat yana davom etavergach, Abdulloh Bani Zahra qabilasidan bo'lgan Musavvar ibn Mahrama (r.a.) bilan Abdurrahmon ibn Asvad ibn Yag'us (r.a.)larga murojaat kdlib, hz. Oyisha huzuriga kirishlarini iltimos qildilar va mendan aloqani uzaman, deb nazr qilmoq Oyishaga durust emas, dedilar. Shunda Musavvar bilan Abdurrahmon ikkovlari Abdulloh ibn Zubayrni o'z ridolariga o'raltirib hz. Oyisha huzurlariga kelib salom berib: "Kirsak mumkinmi?" - deb ruxsat so'rashdi. Hz. Oyishaularga: "Kiringlar", degan edilar, ular: "Hammamiz kiraveraylikmi?" - deyiishdi. Hz. Oyisha oralarida Abdulloh ibn Zubayr ham borligini bilmay qolib: "Hammangiz kiraveringlar", dedilar. Ich-kariga kirish bilan Abdulloh ibn Zubayr Oyishaga ro'baro' bo'lgach, u kishini quchoqlab yig'layverdi. Shu paytda Musavvar bilan Abdurrahmonlar: "Endi siz Ab-dulloh ibn Zubayr bilan yarashmasangaz bo'lmaydi. Uning uzrini qabul qiling, Rasulullohning: "Kishi uch kundan ortiq o'z birodari bilan arazlashib yurmog'i durust emas", degan so'zlarini o'zingiz yaxshi bilasiz", deyishdi. Bular ko'p yalinaverganlaridan keyin hz. Oyisha: "Men u bilan so'zlash-mayman, deb nazr qilgan edim, nazr masalasi og'ir", deb yig'ladilar va oxiri u bilan so'zlashdilar, qilgan nazrlaridan qutilish uchun qirqta qulni ozod qildilar. Keyingi vaqtda hz. Oyisha bu voqeani eslab yig'lar, hatto ko'z yoshlari bilan ro'mollarini ho'l qilib yuborgan edilar.
Birovning qobiliyatsizligi, aqliga xalal yetganligi yoki yoshi kichikligi tufayli savdo-sotiq ishlariga bevosita aralashishdan man qilib qo'yish istilohda hajr deyiladi.Nazr qilmoq - niyat, va'da, avd qilmoq.Bani Zahra qabilasi Rasululloh (s.a.v.)ga ona tomonidan qarindosh bo'lgani uchun hazrat Oyisha ularni juda sevardilar.