245-bob. Ko'zi og'riganda borib ko'rish haqida
542. Zayd ibn Arqam (r.a.) aytdilar: "Mening ko'zim og'rigan vaqtda Rasululloh (s.a.v.) ko'rgani keldilar-da: "Ey, Zayd! Agar ko'zing shu holaticha qolaversa nima qilarding?" - deb so'radilar. Men: "Shunda sabr qilgan va Alloh taolodan savob umid qilgan bo'lardim", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Ko'zing shu holatida qolib, sen unga sabr qilsang va Alloh taolodan savob umid qilsang, senga beriladigan savob jannat bo'ladi", dedilar".543. Qosim ibn Muhammaddan rivoyat qilindi: "Mu-hammad degan kishining suhbatdoshlaridan birining ko'zidyan nur ketdi. Kishilar uni ko'rgani borishganda, u: "Bu ikki ko'zim Nabiy muhtaram (s.a.v.)ga qarashim uchun menga kerak edi. Ammo Rasululloh (s.a.v.) bu dunyodan ketdilar. Endi menga shu ikki ko'zning nuri o'z joyiga kelishi uchun Tabbola kiyiklaridan bitta kiyik berishga rozi bo'lasanmi, deyilsa, men rozi bo'lmas edim", - dedi".
Tabbola - Yamandagi bir shahar nomi. Yoqut Hamaviy "Mu'jam al-butdon" ("Mamlakatlar to'plami") nomli asarida bu Tuhomadagi Tabbola bo'lmasa kerak, deydi. Ya'ni Tabbolaning arzimas bir dona kiyigi men uchun ikki ko'zimdan qiymatliroq bo'ladi yoki endi ko'zsiz hayot kechiraversam ham bo'ladi, demoqchi bo'lsa kerak