258-bob. Islom dinida ittifoq tuzish hakida
582. Amr ibn Shuayb bobolaridan rivoyat qildilar: "Makkai mukarrama fath qilingan yili Rasululloh va'z qilmoq uchun Xonai Ka'baning zinapoyalarida o'tirib, Alloh taologa hamdu sanolar aytdilarda, keyin: "Johiliyat zamonida kimning shartnomasi bo'lgan bo'lsa, Islom uni o'zgartirmay, balki mustahkamlaydi. Makkai mukarrama fath qilindi, endi Makkadan boshqa yerga hijrat qilishning hojati yo'q", dedilar".
Ya'ni bu shartioma Islom qonuniga (silai rahm qilish, mazlum-larga yordam berish kabilarga) muvofiq kelsa, Islom dini uni o'z holicha qoldiradi, o'zgartirmaydi. Ammo unga muvofiq bo'lmasa, uni bekor qiladi.Makka fath qilinganidan avval unda mushriklar ko'p bo'lib, Islom diniga kirgan kishilar uchun uch xil hukm bor edi: 1. Makka-dan chiqib ketishga qodir kishi u yerda turaversa-yu, dishpsh oshkora qilishga va Alloh taoloning farmonlarini bemalol ijro qilishga imkoniyati bo'lmasa, Makkadan chiqib ketmog'i vojib edi.
2. O'zi hijrat qilishga qodir va shu bilan birga din amallarini bemalol ijro qilishga ham imkoniyati bor. Bunday odamlarga hijrat qilmoq mustahab; ya'ni hijrat qilsa, savobi bor, agar qilmagan taqtsirda ham gunoh bo'lmaydi. 3. Bir kishi asirlik yoki betoblik kabi uzrlari sababli hijrat qilishga imkoniyati bo'lmasa, imkoniyat toshuncha tu-raveradi. Endi Makka musulmonlar qo'liga kirib, shirkdan toza-landi, demak, bu yerdan hijrat qilishga hojat qolmaydi, musulmon-lar bu yerda ham endi Islom arkonlarini bajaraveradilar.