Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608719 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 ... 116 B


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:32:58

351-bob. Otasi Islomga kirmagan kishiga "Ey, o'g'lim!" deyish haqida

829.  Sa'd ibn Hakim otasidan, u esa bobosvdan rivoyat qildi: "Bobosi aytdi: Umar ibn Xattobning oldilariga borganimda u kishi menga "Ey, birodarimning o'g'li!" - deb murojaat qildilar. So'ngra nasabimni surishtirib, otam Islomga kirmaganini eshitgach: "Ey, o'g'lim!" - deb  murojaat qila boshladilar.

Hz. Umar (r.a.) uning otasi Islomga kirmaganini eshitib, birodarimning o'g'li, deb murojaat qilganliklaridan o'kindilar va musulmon kishini o'g'lim, deb atay boshladilar, Islomga kirmagan odam musulmonga birodar bo'la olmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:33:09

830. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ga xizmat qilib yurgan chog'larimda ruxsatsiz uylariga kirib-chiqib yuraverardim. Bir kuni uylariga kirganimda: "Ey, o'g'lim! Bundan buyon zinhor ruxsat so'rab kirgin. Allohdan shunday amr keldi", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:33:22

831.  Rivoyat qilishlaricha, Abu Saqd Xudriy (r.a.) Abu Sa'asaning otasini "O'g'lim", degan ekan.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:33:51

352-bob. "Xabisat nafsiy" demaslik haqida

832.  Hz. Oyisha (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini rivoyat qildilar: "Sizlardan hech biringiz nafsim ifloslanadi demasin, aksincha, "Mi-jozim buzildi", desin".

Xabisat nafsiy - nafsim ifloslandi, degan ma'noda, laqisat nafsiy - nafsimning mizoji ma'nosida

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:34:31

833-hadis 832-hadisning takrori, faqatuAbu Umomadan rivoyat qilin-gan va bu hadisni ilk rivoyat qilgan Ukayl eslatib o'tiladi.

353-bob. Abul Hakam kunyasi haqida

834. Shurayx bin Honiy aytdi: Honiy ibn Yazid qav-mdoshlari bilan hay'at tuzib Payg'ambarimiz huzurlariga bordi. Rasululloh (s.a.v.) qavmdoshlari uni Abul Hakam, deb chaqirayotganlarini eshitib, uni yonlariga chorladilar va: "Hakam - Alloh taolodir, barcha xukm Unga oiddir. Nega sening kunyang Abul Hakam?" - deb so'radilar. U: "Qavmdoshlarim o'zaro ixtilof qilib qolsalar, mening oldimga kelishadi, men o'rtalarida Hakamlik qilaman, urishganlari yarashib ketishadi", Deb javob berdi. Ul zot: "Bu qanday yaxshi ish!" - dedilar. So'ng: "Farzandlaring bormi?" - deb so'radilar. U: "Mening Shurayh, Abdulloh va Muslim degan o'g'illarim bor", dedi. Ul zot: "Ularning katgasi qaysi?" deb so'radilar. "Shurayh", deb javob berdi u. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Bo'lmasa, sen Abul Shurayh bo'la-qol", dedilar va uni o'zining va farzandlarining haqiga duo qildilar. Rasululloh (s.a.v.) bir kishini odamlar "Abdulxajar, deb chaqirayotganlarini eshi-tib, "Isming nima?" - deb so'radilar. "Abdulxajar", dedi. Ul zot: "Yo'q, sen Abdullohsan", dedilar.
Shurayh aytadi: (Otam) Honiy yurtiga keytib kettach, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga yana qaytib keldi va: "Menga jannatni yujib qiladigan narsa haqida xabar bering", dedi. Ul zot: "Senga xush kalom, xush muomalali bo'lish va (muhgojlarga) taom berishni kanda kushma", dedilar.

Abdulhajar - toshning quli.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:34:51

354-bob. Rasululloh (s.a.v.) chiroyli ismni yaxshi ko'rardilar

835. Abu Hadrad (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.): "Mana shu tuyamizni kim sug'orib keladi?" yoki: "Mana shu tuyamizni kim (Makkagacha) haydab boradi?" -dedilar. Bir kishi: "Men", dedi. Ul zot undan: "Isming nima?" - deb so'radilar. "Falonchi", deb ismini aytdi. Ul zot "O'tar", dedilar. So'ng boshqa odam turdi. Rasulul-loh (s.a.v.) undan ham: "Isming nima?" - deb so'radilar. U ham ismini aytdi, unga ham "O'tir", dedilar. So'ng boshqasi turdi. Ul zot: "Isming nima?" - deb so'radilar. "Nojiya" , dedi u. Rasululloh (s.a.v.): "Tuyani senga top-shiramiz, uni sen (Makkagacha) haydab bor", dedilar.

Nojiya - najot topgan, mo'min-qobil degani. Ismning ma'nosiga qarab insonning fe'l-atvorini belgilash haqidagi fan bizning zamonamizda endigana yuzaga keldi. Ehtimolki, bu fanta Rasululloh (s.a.v.) asos solgandirlar, vallohu a'lzm.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:35:06

355-bob. Tez yurish haqida

836.  Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) juda ham shoshib keldilar. Biz o'tirgandik, ul zot-ning naqadar shoshganlari bizni tashvishga soldi. Ol-dimizga kelib to'xtagach, salom berdilar, so'ng: "Siz-larga "Laylatu-l-qadr"ning xabarini yetkazayin, deb shoshilib keldim, lekin shu orada uning qaysi kun-daligini unutib qo'ydim, Uni Ramazon oyining oxirgi o'n kunligidan izlang", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:36:45

356-bob. Alloh taologa yoqimli ismlar haqida

837.  Uqayl bin Shabib Abu Vahbdan rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "(Go'daklarga) payg'ambarlarning ismlarini qo'yinglar. Allohga eng yoqimli ismlar Abdulloh va Abdurrahmondir, eng sodig'i Horis* va Hammom*dir, eng yoqimsizi esa Harb va Murra* ismlaridir".

* Horis - yer haydovchi; dehqon. *Hammom - g'ayratli, tinib-tinchimas, charchamas degan ma'noda. *Harb - bu o'rinda jangovor ma'nosida.  *Murra - rad etilgan, la'natlangan.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:37:14

838.  Jobir ibn Abdulloh aytdilar: "Oramizda bir kishi farzand ko'rdi va ismini Qosim, deb qo'ydi. Biz unga: "Biz seni Abulqosim* degan kunya bilan chaqir-maymiz va hurmat ham qilmaymiz", dedik. U odam bu haqda Rasululloh (s.a.v.)ni xabardor qilgach, ul zot unga: "Ug'lingga Abdurrahmon, deb   ism qo'ygan", dedilar".

* Abulqosim aslida Rasulullohning kunyalari, shunga ko'ra odamlar Qosim ismini rad qilganlar, bu haqdagi mazmun 859, 860 va 862-hadislarda keladi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:38:08

357-bob. Ismni o'zgartirish haqida

839. Sahl ibn Sa'd aytdilar: "Munzir ibn Abu Usayd go'dakligida Payg'ambar (s.a.v.) huzurlariga keltarildi va uni Rasululloh (s.a.v.)ning tizzalariga qo'ydilar, yoniga otasi Abu Usayd ham o'girdi. Rasululloh (s.a.v.) nimadir ish bilan mashg'ul bo'lib bolaga e'tibor bermadilar. Abu Usayd o'g'lini Payg'ambar (s.a.v.) tazzalaridan olib ketishni buyurdi. Bu orada Rasululloh (s.a.v.) ishlarini tugatab: "Go'dak qani?" - deb so'radilar. Abu Usayd: "Uni uyga olib ketashdi, yo Rasulalloh", dedi. "Ismi nima?" - so'radilar ul zot. U: "Falonchi", degandi, ul zot: "Yo'q, uning ismi Munzir bo'lsin", dedilar. Go'dak o'sha kutsdan e'taboran Munzir* deb nomlandi".

*Munzir - xabar beruvchi, ogoh qiluvchi.

Qayd etilgan