Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608329 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 ... 116 B


Laylo  06 Oktyabr 2006, 10:27:16

1080-hadis yuqoridagi hadisning aynan takrori

481-bob.Xossatan salom berishni yomon kurgan kishi haqida

1081. Toriq ibn Shihob (r.al.) aytdilar: "Biz Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning huzurlarida o'tirgan edik, namozga qomat aytilgani eshitildi. Abdulloh (r.a.) turdilar, biz ham u bilan birga turdik, masjidga kirdik. U kishi masjid to'rida odamlarning ruku'da turganini ko'rdilar va takbir aytdilar. Biz (etib) keldik va (Abdulloh (r.a.)) nima qilsalar, o'shani qildik. Shu payt bir kishi chopib keldi-da: "Assalomu alaykum, ey, Abu Abdurrahmon", dedi. U kishi (Abdulloh (r.a.)): "Alloh to'g'ri so'zladi va Rasuli (s.a.v.) ham yetkazdi", dedilar. Namoz o'qib bo'lganimizdan keyin Abdulloh (r.a.) ahli oilalari oddiga qaytdilar. Biz joyimizga borib, u kishining chiqishlarini kutib o'tirdik. Bir-birimizga "(Abdulloh (r.a.)dan) kim so'raydi?" - dedik. Toriq: "Men so'rayman", deb so'ra-gandi, u kishi Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlarini aytdilar: "Qiyomatta yaqin salom xossatan (faqat tanishlarga) beriladi, tijorat keng tarqaladi, hatto ayollar erlariga savdo-sotiqtsa yordam qiladilar, qarindosh-urug'chilik rishtalari uziladi, ilm-fan keng yoyiladi, yolg'on guvohlik berish hollari yuzaga chiqadi va haqqoniy guvohlik yashirin tutiladi".

Qayd etilgan


Laylo  06 Oktyabr 2006, 10:28:21

1082-hadis 467-bobdagi 1045-hadisnshg aynan takrori.

482-bob. Hijob oyati qanday nozil bo'lgan

1083. Rasululloh (s.a.v.) Madinaga kelganlarida Anas (r.a.) 10 yoshlik o'smir edilar. (Anas (r.a.) aytdilar): "Onalarim (ya'ni Rasululloh (s.a.v.)ning ayollari hamda o'z onalari) meni Rasululloh (s.a.v.)ning xizmatlariga bergan edilar. Men 10 yil xizmatlarini qiddim, vafot etganlarida 20 yashar yigit edim. Men hijob xususida hammadan ko'ra yaxshiroq bilaman. Hijob oyati nozil bo'lishidan oldin Rasululloh (s.a.v.) Zaynab binti Jahsh (r.a.)ni nikohyaariga oldilar. Shu munosabat bilan ziyofat berdilar. Odamlar ziyofatdan so'ng tarqaldilar. Lekin bir necha kishi juda uzoq o'tirib qoldi. Rasululloh (s.a.v.) o'rinlaridan turib tashqariga chikdilar, men ham ortlaridan chiqdim, Rasululloh (s.a.v.) (aylanib) yurib, hz. Oyisha (r.a.)ning ostonasigacha keldilar. Men ham (ortlaridan) yurdim. So'ng odamlar endi tarqalishgandir, degan o'i bilan qaytib bordilar. Men ham qaytdim. Zaynabning hujralariga kirsak, odamlar hanuz shu yerda ekan. Rasuli akram (s.a.v.) yana qaytib tashqariga chiqdilar, men ham chiqdim, hz. Oyisha (r.a.)ning huj-ralari ostonasiga qadar yurib bordilar. So'ng endi ketishgandir, deb o'ylab qaytdilar, birga qaytdim. (Kelsak,) odamlar ketab bo'lishgan ekan. Keyin Rasululloh (s.a.v.) o'zlari bilan mening o'rtamda parda to'sdilar (ya'ni xona eshigi ortidagi pardani tushirdilar). Shundan keyin hijob oyati nozil bo'ldi".

'"Ahzob" surasining 55, 59, "Nur" surasining 31, 60-oyatlari hijobga taalluqlidir (m.m.).

Qayd etilgan


Laylo  06 Oktyabr 2006, 10:31:49

483-bob. Uch mahram vaqt haqida

1084. Abu Molik Quraziy Abdulloh bin Suvayddan avrat (ochiq) bo'lishi mumkin bo'lgan uch (vaqt) haqida so'radi. Abdulloh: "Men peshinda (issiqdan) kyyimlarimni yechganimda, oldimga so'roqsiz balo-g'atga yetgan oila a'zolarimdan birortasi kirmaydi, agar chaqirsam bu unga izn berganim bo'ladi. Tong otib, odamlar namoz o'qiyotgani bilinmagunicha (ham oldimga hech kim kirmaydi). Xufton namozini o'qib bo'lib,uxlashga yotib, kiyimlarshLni yechganimda ham hech kim kirmaydi", dedi.

Qayd etilgan


Laylo  06 Oktyabr 2006, 10:32:07

484-bob. Kishi o'z ayoli bilan ovqatlanishi haqida

1085.  Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) bilan xays yeb o'tirgandik. Shunda Umar (r.a.) o'tib qoldilar. Rasululloh (s.a.v.) uni ovqatga chaqirdilar. Umar o'tirib, biz bilan ovqatlandilar, ovqat paytvda uning qo'li barmog'imga tegab ketgandi, "Eyh! Agar menga quloq osganlarida edi, sizlarni hech bir ko'z ko'rmas edi!" - dedilar, Shundan so'ng hijob oyati nozil bo'ldi.

Hays - arablarning bir xil taomi; qurigan xurmoga yog' va pishloq qo'shib tayyorlanadi.

Qayd etilgan


Laylo  06 Oktyabr 2006, 10:32:19

1086.  Ummu Habiba binti Qays aytdilar: "Ovqatlanib o'tirganda Rasululloh (s.a.v.)ning qo'llariga mening qo'lim tegab ketdi".
 
Islom dini barqaror bo'lgunga qadar arablar ayol kishini qul cho'ridan ham past ko'rganlar, hatto ular bilan birga o'tirib taom yemak arab zodagonlari uchun or hisoblanar edi. Islom hayotda barqaror bo'lshpi barobarida ayollarning qadr-qimmati ko'tarildi, erkak va ayolning tengligi e'lon qilindi. Rasululloh (s.a.v.) ayollarni benihoya hurmat qilar, Oyisha onamizning aytishlaricha, hatto ro'zgor ishlarida ham ayollarga qarashar ekanlar. Ayollar bilan birga bir lagatstsan taom yeyish esa, odatga aylangan. Yuqoridagi ikki hadis shu ma'noni anglatadi.

Qayd etilgan


Laylo  06 Oktyabr 2006, 10:33:08

485-bob. Bo'sh uyga kirgan kishining salom berishi haqida

1087.  Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Hech kimsa bo'lmagan yerga kirmoqchi bo'lgan kipsh: "Bizga va solih bandalarga Allohning salomi bo'lsin", deb   kirsin".

Qayd etilgan


Laylo  06 Oktyabr 2006, 10:34:35

1088.  Ibn Abbos (r.a.) (ovoz chiqarib ushbu oyatlarni o'qidilar): "Ey, imon keltirganlar! O'z uylaringizdan o'zga uylarga to izn so'ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz!" Istisno ravishda yana ushbu oyatni ham o'qidilar: "(Xususiy) maskan bo'lmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi) sizlar foydalanadigan uylarga (izn so'ramasdan) kirishingizda sizga gunoh yo'qdir. Alloh oshkor qilayotgan narsangizni ham, yashirayotgan narsangizni ham bilur" (24:29, 27).

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:48:07

486-bob. Xizmatchilaringiz huzuringizga kirish uchun sizdan izn so'rasinlar

1089.  Abdulloh ibn Umar (r.a.): ("Nur" surasining 58-59-oyatlari) ayollargagina emas, balkk erkaklarga ham tegishlidir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:48:26

487-bob. Go'daklar balog'atga yetsa...

1090.  Nofi'dan rivoyat qilindi: Ibn Umar (r.a.) bolalaridan birortasi balog'atga yetsa, uni o'zlaridan uzoqlashtirardilar. Bolalari ularning huzuriga faqat izn so'rab kirishar edi.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:48:59

488-bob. Onasining oldiga izn so'rab kirish haqida

1091. Alqama (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir kishi Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan: "Onamning oldilariga kirish uchun ham izn so'rashim kerakmi?" - deb so'radi. "Unihar doim (har qanday holatda) ko'rging kelmasa kerak", deb javob berdilar Abdulloh (r.a.).

1092-hadis yuqoridagi hadisning takrori, faqat savol beruvchi Huzayfa (r.a.)ga murojaat qilgan.

Qayd etilgan