Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608541 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 ... 116 B


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:59:41

510-bob, Izn so'ralmaydigan joy haqida

1129-hadis. Ayyon Xavorazmiy (r.al.) aytdilar: "Biz Anas ibn Molik (r.a.)ning oldilariga kelganimizda u kishi dahlizlarida o'tirgan edilar, yonlarida hech kim yo'q edi. Do'stim u kishiga salom berib: "Kirsam maylimi?" - dedi. Anas (r.a.): "Kir, bu yer hech kim izn so'ramaydigan joydir", dedilar. Oldimizga ovqat qo'ydilar, biz yedik. So'ng bir qadah shirin nabiz olib keldilar, biz quyib berdik, ichdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 07:00:05

511-bob. Bozor do'konlarida izn so'ralmasligi haqida

1130.  Mujohid (r.a.) aytdilar: "Ibn Umar (r.a.) bozor uylari (do'konlari)da izn so'ramas edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 07:00:12

1131.  Ato (r.a.) dedilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) gazlamafurushlarning do'konlari soyasida dam olmoq uchun ulardan izn so'rardilar".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 07:00:22

512-bob. Zimmiylardan izn qanday so'raladi

1132.  Hz. Umar (r.a.)ning nabirasi Umarning qizi Ummu Miskinning ozod qilgan quli Abu Abdulmalik aytdi: "Xonim meni Abu Hurayra (r.a.)ni chaqirib kelishga yubordi. Abu Hurayra (r.a.) men bilan birga keldi. Ummu Miskinning eshigi oldida to'xtab: "Kirsam maylimi?" - deb so'radi. Ummu Miskin ham: "Kiring", dedi va so'zini shunday davom ettirdi: "Ey. Abu Hurayra! Mening huzurimga xufton paytida ziyopatchilar keladilar, men ular suhbatlashsam bo'ladimi?" Abu Hurayra (r.a.): "Vitr namozini ado qilishdan oldin suhbatlashsang bo'ladi, vitr namozidan keyin suhbat yo'q!" (Vitr namozidan keyin dunyo ishlaridan suhbatlashmoq emas, uxlamoq kerak).

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 07:00:35

513-bob. Zimmiy xatida salom yo'llagan bo'lsa, unga javob qaytarish haqida

1133. Abu Usmon Nahdiy aytdilar: "Abu Muso (r.a.) bir qabila yo'lboshchisiga xat yozib, unga salom yo'lladi. Unga: "Kofirga salom yo'llayapsizmi?" - deyishdi. "Uning o'zi menga xat yozib, salom yo'llabdi, men ham salomiga javob qaytardim", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 07:00:55

514-bob. Zimmiylarga birinchi bo'lib salom bermaslik haqida

1134. Abu Basra G'iforiy (r.a.)dan rivoyat qilindi: Payg'ambar (s.a.v.) dedilar: "Men ertaga yahudiylar oldiga boraman. Ularga birinchi bo'lib salom bermang, agar ular sizga salom bersalar "Vaalaykum", deng".

1135-hadisda 1134-hadis boshtsacha so'zlar bilan ifoda etilgan xolos, roviy "Rasululloh (s.a.v.)dan eshitdim", degan gapni qo'shgan.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 07:02:07

1136.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb marhamat qildilar: "Yahudiy va nasorolarga birinchi bo'lib salom bermangiz va yo'lda to'qnashib qolsangizlar, ularni chetdan yurishga majbur qilingiz".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 07:02:19

515-bob. Zimmiylarga ishora bilan salom bergan kishi haqida

1137.  Alqama (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Mas'ud yahudiy qabilasi boshliklariga ishora bilan salom berardilar".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 07:02:26

1138.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir yahudiy Rasululloh (s.a.v.) yonlaridan o'ta turib: "Assomu alaykum" (ya'ni "sizlarga o'lim tilayman"), dedi. Sahobiylar: "Vaalaykum assalom", deyishdi. Ul zot: "U "Assomu alaykum", dedi", dedilar. Keyin u yahudiy qo'lga olinib, so'roq qilingach, o'zi ham (shunday dega-nini) e'tirof qildi. Ul zot: "U nima degan bo'lsa siz ham   unga o'shanday javob qaytaring", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 07:02:44

516-bob. Ahli kitobning salomiga qanday alik olinadi

1139. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Yahudiylardan biri sizga salom berib: "Assomu alaykum", desa, "Vaalayka", deb javob qaytaring", dedilar".

Qayd etilgan