
Pomidor haqida ma'lumotlarni davom ettiramiz.Pomidor italyancha so'z bo'lib,"pomo d'oro"-oltin olma degan ma'noni bildirar ekan.Pomidorning haqiqiy nomi atsteklarda bo'lgan ekan - "matl".Keyinchalik fransuzlar uni o'zlariga moslashtirib olishgan - tomate (tomat).
Pomidorning vatani - Janubiy Amerika u yerda haligacha yovvoyi pomidor turlarini uchratish mumkin.XVI-asr o'rtalarida pomidor Ispaniyaga kelib qolgan,keyin Portugaliyaga,Italiya,Fransiya bo'ylab butun Yevropaga kelib qolgan.Pomidor bilan tayyorlangan taomning birinchi retsepti 1692-yil Neapoldagi kitoblarning birida paydo bo'lgan.XVIII-asrlarda pomidor Rossiyaga ham kirib keladi,bizlarga ham o'sha yoqlardan kirib kelgan bo'lsa kerak.Ammo uzoq vaqt odamlar pomidorni yeb bo'lmaydigan,sog'liq uchun zararli deb o'ylashgan.Lekin hozirga kelib pomidor oshpaz va xo'randalar uchun sevimli sabzavotlardan biri bo'lib kelmoqda.O'zi pomidorni nima deb atashga odam hayron,sabzavotmi,mevami ?.O'zbekistonda pomidor sabzavotlarga kirsa ba'zi joylarda uni mevalar turkumiga qo'shishar ekan(masalan Janubiy Koreyada shunday)
Pomidorga hatto haykal ham qo'yishgan ekan

Kamenka -Dnepr Zaparojes oblasti (Ukraina)