
Yoshligimizda biznikida bir Rus oila asalari boqqanidi, bir necha yil.
Uyimiz adirni tagida, pahta dalalarini orasida bo'lgani uchun rosa
yaxshi asal olishardi. Har asal olganda bizga bitta katta paqirda berishardi.
Oh mazza edi o'sha paytlar...Suvdek ichardik asalni.
O'sha paytdagi asalari bilan bog'liq bitta hangoma esimga tushib ketdi.
Qo'shnimiz ....aya bel og'rig'iga asalarini chaqtirish shifo ekan, deb eshitib qolibdi.
Bizikiga 3-4 ta asalarilardan tutib beringlar, deb iltimos qilib chiqqandi. Qo'lida
esa ho'jayinining do'ppisi, shunga solib olib chiqib ketaman, dedi.
Akam 5-6 ta asalarini tutib soberdi do'ppisiga. Qachon chaqtirasiz hola, dedik
holaga va chaqib bo'lgandan keyin o'lib qoladigan asalariga rahmimiz kelib

)
Hali yotishdan avval, dedi.
Ertasi kuni chaqtirdizmi, deb soragandik, shunday javob oldik:
-Asalari qamalgan do'ppini so'rini bir chekkasiga qo'yib qo'ygandim, ovqatdan keyin
chaqtiraman, deb. Ho'jayin ovqatlanib bo'lib so'rida yonboshlab yotganidi. U kishiga
aytish esimdan chiqibdi. O'sha yerda turgan do'ppisini olib boshiga kiyib olibdi.
Ana endi u yog'ini o'zinglar tasavvur qilaveringlar

)))
Yugurgangamas buyurganga, deb shunga aytishsa kerak.