Asalning rangi olingan gulga qarab har xil bo'ladi, to'g'ri. Bizda oq asal deyiladigani - paxtaning asali.
Qoshiqda uzilmasdan oqib turishi, qo'yiqligi ham uning qachon olinganligiga bog'liq. Yana yangi asalning qo'yiqlik darajasi gul turiga qarab ham biroz farq qiladi. Masalan, semichkaniki sal suyuqroq bo'ladi.
Sohta asalchilar asalning hidini ham hech farq qilmaydigan darajada qilib tayyorlashayapti hozirda. Shuning uchun hid borasida ham bir narsa deyolmaymiz.
Sizga ayta oladigan ba'zi farqlar shuki, sohta asalning rangi hiraroq bo'ladi, kristallanganida ham bu hiralik, huddi qo'y yog'ining to'g'nashiga sal oxshab saqlanib qoladi. Toza asalning rangi tiniq, kristallarida ham tiniq bo'ladi.
Lekin toza asal ham ba'zan hiraroq chiqishi mumkin.
Ko'pchilik odamlar krisstallanish darajasiga qarab aniqlash mumkin deb hisoblashadi, bu noto'g'ri. Toza asalning o'zi saqlanayotgan sharoitiga, asalning turiga qarab har xil kristallanish darajasiga ega.
Sohta asalchilar hozida shunchalik mohir bo'lib ketishayaptiki, ba'zan birdan-bir chora uning ta'midan farqlash bo'lib qolayapti.