Asalchoy umuman asal iste'mol qilishning o'z qoidasi bor. Asalni nonushtada non bilan yemagan ma'qul. Qur'oni Karimda "Unda odamlar uchun shifo bordir" deyilgan, Rasululloh s.a.v. esa "barcha dardga da'vodir" degan asalni och qoringa ichilsagina ta'siri seziladi, bo'lmasa oddiy shirinlikday o'tib ketaveradi. Mana nima uchun bizga tabobat kitoblarida maqtalganchalik ta'sir etmasligining sababi!
Asalchoy ovqatdan bir soat oldin yo bir yarim-ikki soat keyin ichiladi, shundagina foydasini ko'rish mumkin.
Asalni yong'oq, bodom va boshqa narsalar bilan iste'mol qilsa bo'ladi, bular ham och qoringa.
Umuman dardga qarab iste'mol qilinadi, agar qorin og'risa (ich ketar) yo mijoz sovuqligidan falajlik yuz bersa asalni faqat o'zini ichish (yalash) foydaliroq bo'ladi.
Tumovda murch bilan qo'shib yalash foydaliroq, va hokazo.