Bir nechta forumdoshlarimiz kaminadan forumning navbatdagi uchrashuviga borishni so'radilar.
Aziz forumdoshlar, men bu mavzuni boshidayoq ko'rganman, javob bermayotganimning sababi menda vaqt masalasi juda chalkash. Ba'zida bir necha kunlab uhlamay ishlab chiqamiz, ba'zida haftalab bekorchi bo'lamiz, ba'zida davolanishda bo'lamiz...(mana hozir ham bir oylik ochlikni boshlab qo'ygandim, iyun ohirlarida nihoyasiga yetib yana bir haftada biroz quvvatga kirib olaman).
Avvalgi uchrashuvlardan birida boraman deb va'da berib qo'yib keyin borolmay forumdoshlardan ancha izza bo'lib qolgandim.
Navbatdagi uchrashuvning sanasi aniqlansa bir-ikki hafta oldin xabar berib qo'yinglar, zora bu safar bahtim kulib uchrashuvga borib dam olib kelish nasib qilsa.
Tog' yonbag'irlarida dam olmaganimga ham bir necha yil bo'libdi.