ehh, nazorat, nazorat... Shu joyida bitta narsa esimga tushib ketdi..
Yaqinda bo'lgan Qirg'izlar bilan futbol o'yiniga kaminayam adashib tushgandim, ajoyib voqeani guvohi bo'ldim...
Paxtakor atrofidagi panjara yaqinida odamlar uyoqdan-buyoqqa yugurgan... 5 minutdan keyin putbol boshlanadi, bileti yo'qlar tiqilib yotipti.
Shunda "Yoshlik" sport majmui oldidagi panjaraning stadion tomonida bir talay melisaga ko'zim tushdi. Panjaraning ko'cha tomonida esa 25-30 kishi to'planib turibdi. Yo'limiz o'sha yoqdan edi, o'tib borayotsam melisalar ichida bitta yoshrog'i bitta kattarog'iga qarab baqiryapti:
- Shuni kirg'izvoring, mani tanishim
Kattarog'i:
- Yo'q, kirmaydi hech kim
- Kirg'izvoring deyamman hech qayeriz kamayib qolmaydi-ku
- Yo'q kirmaydi o't sen joyingga
- Ey, inson, bu mani ammamni o'g'li, shunichun aytyamman, kirg'izvoring endi
- Yo'q dedim-ku, borsang-chi, hozir buni kirg'izsam qolganlarniyam kirg'azishga to'g'ri keladi
- Man sizga aytyammanu, man bundan pul olib qo'ymaganman, ammamni o'g'li deb....
- YO"Q.....
shunda yoshrog'i haligi "ammasini o'g'li"ga qarab, qani yur buyoq tomondan deb nariroqqa olib ketdi....
ikkalasi ham o'zicha haq...
shunaqa elementar narsalardan boshlanarkan deb o'ylab qoldim...