Odatda qizlarga, kelinlarga bizda ko'p nasihat qilinadi. Lekin yigitlarga, kuyov bolalarga nasihatga hech dush kelmaganman.
Yaqinda internetda kuyov bolalar uchun judayam foydali gaplar o'qib qoldim.
Bu mavzuda shunday yaxshi nasihatlardan bo'lsa yozinglar:)
Sevgili kuyov bola! 1. Uyingdan chiqayotganingda xonimingga "Allohga omonatsizlar" deb chiq. Uning ko'nglini xushnud et!
2. Derazalardan yo'lingni uzoq poylab o'tirishga majbur etma, vaqtida uyingga kel!
3. Tashqarida yegan, ichganingdan uyingga ham olib kel!
4. Xonimingning kamchiliklaridan hech kimga bahs etma, fazilatlaridan gapir!
5. Uyingda ishlatishlari uchun doimo pul qoldir, ularni hech kimga muhtoj etma!
6. Ishingdagi janjallarni uydagilarga sezdirma. Uyingda doimo shodlik bo'lsin!
7. To'yga yoki oilaviy mehmondorchiliklarga borganingda albatta xonimingni ham olib bor.
8. Uyga kelganingda ichkariga salom va tabassum bilan kir ki, uydagilar sening kelganingni ko'rib sevinsin!