Chetdan qaraganda shundoq. Uylanganda Alloh ro'zg'orga baraka beradi, bu fakt. Uylangandan keyin yoshlarning ko'zi ochiladi, avvalgi hayoti ko'ziga juda bachkana bo'lib ko'rinadi.
Avvalo uylanish bilan shaytonga qattiq zarba beradi, shuning uchun hayot birdan o'zgarganday tuyuladi, behuda sarf, behuda o'yin-kulgu, isrofgarchiliklar o'z-o'zidan yo'qoladi, vaqt qadriga yetib uyga vaqtli keladi, bu vaqtda shayton ancha zaiflashib qolgan bo'ladi, shuning uchun ham behuda sarflar, uyga kech qaytishlar refleks ravishda yo'qoladi... Buni "xotin aka" bilan bog'lash o'rinsiz, erkak xotiniga qul bo'lmaydi, faqat shayton vasvasasi ta'sir qilmagani sabab behuda ishlardan tiyiladi.
Qachonki farzand ko'rsa o'z ota-onasi o'zini qanchalik qiynalib (kasal bo'lsa qo'rqib, kechalari bedor chiqishganlari, uyqusi kamayib bor tashvishiyu quvonchi, mehr-muhabbati bolasiga ketganini) katta qilganini aniq tushunib yetadi, ota-onasini yanada ko'proq qadrlaydi, ularga hurmati yanada ortadi.
Uyga shirinlik ko'tarib kelib yosh kelinchakni quvonchini ko'rib ertaroq uylansam bo'lardikan deb ham qoladi.
Shunday vaqtda qanchalik savobga ega bo'lib shaytonga zarba berayotganimizni ham bir o'ylashimiz kerak. Rasululloh s.a.v. sadaqani oiladan boshlashga buyurganlar.
Shunga bo'ydoq birodarlar, "xotin yo'q, o'ynab qolay" degan quruq hayolga bormanglar, bu shaytonning bir vasvasasi holos, chunki uylanish shaytonga juda kuchli zarba bo'ladi.
Keyin kelin xizmatkor emas, unga ham oilaning bir a'zosi sifatida qaraladi.