Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayol mukarramdir  ( 41236 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


maknuna  13 Avgust 2006, 08:07:36

Ilm — nubuvvatning merosidir. Payg’ambarlar ilmni meros qoldiradilar. Erkaklar nubuvvat merosida qanchalik haq sohibi bo’lsalar, ayollar ham shunchalik haq sohibidirlar.

Ilmning fazilati to’g’risida Alloh degan: "œAlloh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yorlaqab, martabasini ulug’ qilgaydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir". Yana boshqa oyati karimada esa: "œYo Robbiy, ilmimni ziyoda qilgaysan, deb ayt!" — deyilgan.

Asri saodatda sahobiyalar o’rtasida ilmlari, zehnlari bilan ajralib turgan ayollardan Hazrat Oisha, Hafsa, Ummu Salama, Karima bintul Mikdol, Ummu Kulsum binti Uqba, Oisha binti Sa’d (r.a.)larning nomlari tarixda qolgan.

Shubhasiz, shariatning uch amal tayanchi bor. Bular: ilm, amal, ixlos. Shu uch ju’zdan har biri haqiqiylashsa, shariat haqiqiylashadi. Bir kishida bu uch ju’z bilan shariat vujudga kelsa, Alloh roziligi qozonilgan bo’ladi.

Maymuna (r.a.) (shu ma’noda) amr qildilar: "œArabchani o’rganing va o’rgating!"

To’rt xalifa zamonlari o’tib ketgach, Islom davlatlarida soxta din peshvolari tarafidan ayollarning ilm olishini ta’qiqlaydigan uydirma hadislar ham yuzaga keldi. Holbuki, Rasululloh (s.a.v.) va Horun ar-Rashid davrlarida ayollar ilm tahsilining cho’qqisida bo’lganlar.

Qayd etilgan


maknuna  13 Avgust 2006, 08:07:44

Kimki "œMuslima ayollarning ilm olishini din ta’qiqlagan yoki ta’qiqlaydi" iddaosini ilgari sursa, bilingizki, u kimsa Islomga xiyonat etgan.

Islom keltirgan ilm inqilobi ayollar uchun bir najot eshigidir. Madinada yangi tuzilgan Islom jamiyati va davlatida o’qib-yozadigan ayollar ham oz emasdi. Mashhur sahobiya Ash-Shifo binti Abdulloh al-Adaviyya islomdan avval o’qish-yozishni bilardi. So’ng bir qancha sahobiyalarga o’rgatdi (masalan, Hafsa binti Umar al-Foruq). O‘zi shu tariqa islomda ilk muallima bo’ldi. Ash-Shifodan tashqari o’qish-yozishni biladigan Hazrat Oisha, Hafsa, Ummu Salama, Karima bintul Miqdol, Ummu Gulsum binti Uqba va Oisha binti Sa’d kabi sahobiyalar zikr etilgan. Ular Muhammad (s.a.v.) so’zlarini tushunib olib, odamlarga yetkazar edilar.

Olima sahobalar yonida shoiralar ham bor edi. Hazrati Payg’ambar (s.a.v.) qizi Fotima az-Zahroning sut qarindoshi Ash-Shayma bintul Horis as-Sa’diyya, Al-Hafsa binti Amr ibnish-Sharid, Atiqa binti Zayd va Najiya binti Jundub al-Aslomiy shoira sahoba ayollardir. Tarixda Islom olamida mashhur ayollar Misr, Ispaniya va Afrikadagi mamlakatlarning bir qanchasiga daxldorlar. Molik bin Anasdan rivoyat etgan Obida al-Madaniyya, Imom Buxoriyning "œAl-jome as-sahih"ini Makkada rivoyat etgan Karima al-Marvaziyya mashhurdirlar.

Tasavvuf sohasida ham ko’zga ko’ringan ayollar bo’lgan, bulardan mashhurlari Robia al-Adaviyya, andalusiyalik Fotimalar ma’lum.

Qayd etilgan


maknuna  13 Avgust 2006, 08:07:51

Garchi yuqorida ilmli, iste’dodli sahobiyalarning nomlari keltirilgan bo’lsa-da, Arabistonda o’qish-yozishni biladigan erkak va ayollar sanoqli edi. Ayollar kelib, Payg’ambarimiz (s.a.v.)dan ilm o’rgatishlarini iltimos qilishgan.

Bir ayol hazrat Payg’ambarimiz (s.a.v.)ga dedilar: "œSo’zingizni tinglashimizga imkon bo’lmayapti (so’zlaringizni erkaklar yetkazmoqdalar), bevosita o’zingizdan eshitaylik, bir kunni tayin qiling, kelaylik, Alloh sizga o’rgatganini bizga o’rgating".

Hazrati Payg’ambar (s.a.v.) bu murojaatni yaxshi qarshiladilar va ayollarga alohida dars o’tishni qabul qilib, buyurdilar: "œFalon kun, falon yerda to’planinglar!" Ular to’plandilar. O‘sha kun kelgach, va’z-nasihat aytdilar, ba’zi diniy ishlarni buyurdilar: "œEy xotinlar, orangizda 3 ta bolasi o’lgan birorta ham xotin bo’lmasa kerak, mabodo bo’lsa, uni o’sha bolalari parda bo’lib, do’zax o’tidan asragaydir", - dedilar. Shunda bir xotin: «Ikkita bo’lsa—chi?" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "œIkkita bo’lsa ham (parda bo’lgaydir)", dedilar (bu gap otalarga ham taalluqli).

Abu Hurayra (r.a.): "œBalog’atga yetmagan uchta farzandni nazarda tutganlar", - deb rivoyat qiladilar. Payg’ambarimiz (s.a.v.) ayollarga Alloh o’rgatganidan o’rgatdilar va shu tariqa islomda ayollarga oid ilk madrasa barpo bo’ldi.

Qayd etilgan


maknuna  13 Avgust 2006, 08:08:11

5. Ayollarning haqlari. Hazrat Payg’ambar (s.a.v.) aytganlar: "œAyollarning erkaklar zimmasidagi haqqi yaxshi taom va kiyim berishlaridir".

Qur’oni karim deydi:
"œRobbingiz Uning O‘zigagina ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey, inson) agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga "œUf..." dema va ularni jerkma! Ularga (doimo) yoqimli so’z ayt!" (Al-Isro, 23). Qur’onda marhamat qilingani kabi hazrati Payg’ambar (s.a.v.): «Eng ko’p kimga yaxshilik ko’rsatish kerak?, deb so’ragan bir sahobiyga "œOnangga", deya uch bor takrorlaganlaridan so’ng, "œOtangga", dedilar.

Islomda ona yoki ayol haqqiga e’tibor shu qadarki, ona mushrik bo’lsa-da, bu haqqini yo’qotmagan bo’ladi. Faqat ota-ona farzandiga yo er xotiniga Islomdan tashqari, ya’ni Islomga zid amr va talqinda bo’lsalar, u holda ularga itoat qilinmaydi. Allohga isyon qiluvchilarga itoat etilmaydi. Bu hadisi sharifda ochiq aytilgandir: "œAllohga isyon etgan kimsaga itoat etish yo’qdir".

Boshqa bir hadisi sharifda shunday marhamat qilinadi:
"œUlar (ya’ni, boshingizdagilar)dan kim sizga Allohga isyon qilmoqni amr etsa, zinhor (bu xususda) u kimsaga itoat etmang".

Qayd etilgan


maknuna  13 Avgust 2006, 08:08:28

Islomning ayol haqlari xususida keltirgan yangiliklari va qo’ygan asoslarini shunday tartiblashimiz mumkin: yaratilish jihatidan, Allohning maxluqi bo’lish jihatidan ayol bilan erkak teng.

"œEy, odamlar! Sizlarni bir jondan (Odam)dan yaratgan va undan jufti (Havvo)ni yaratgan hamda u ikkisidan ko’p erkak va ayollarni tarqatgan Robbingizdan qo’rqingiz!"¦" (Niso, 1).

Rasululloh (s.a.v.) ham bir hadisi shariflarida ayol bilan erkak orasidagi tenglikni shunday bayon etganlar: "œAyol-erkak barcha insonlar taroq tishlari kabi bir-birlariga tengdirlar". Boshqa bir hadisi sharifda esa shunday: "œAyol-erkak — barcha musulmonlar qarindoshdirlar. Bir kishining boshqa bir kishiga nisbatan taqvodan boshqa hech bir ustunligi yo’qdir".

Islomga ko’ra, ayol va erkak bir butunning ikki parchasi kabidir. Bir-birlarini to’ldiradilar. Chunki hadisi sharifda: "œAyollar erkaklarning (to’ldiruvchi) parchasidir", deyilgan.

Oyati karimada esa shunday deyilmoqda: "œ"¦Ular sizlar uchun libos, sizlar ular uchun libosdirsizlar"¦" (Baqara, 187). Qur’oni karim shu tariqa ayolni noto’g’ri, nopok hukmlardan xalos etib, erkakka turmush o’rtog’i etdi. Qur’oni karim bu hukmi bilan ayol insonmi-yo’qmi deb tortishgan Ovro’padagi qarashlarni yakson qildi.

Qayd etilgan


maknuna  13 Avgust 2006, 08:08:35

Islom ayoldan la’natni ko’tarib tashladi, inson o’g’lining, Odamning jannatdan chiqishiga, la’natlanishiga ayol sabab bo’ldi, degan e’tiqodni ham rad etdi.

Islomga ko’ra, ayol ham erkak kabi dindosh bo’lishga, ibodat qilishga haqli va buyurilgandir. Qiladigan amaliga qarab mukofotlanadi yoki jazolanadi. Jinsiyat farqi savobining kam bo’lishiga sabab emas. Allohning quli bo’lish yoki Allohga bandalik jihatidan erkak bilan ayol orasida farq yo’qdir.

Din ulamolarining ta’kidlashicha, Alloh taolo iymon keltirganlar soyasida iymon keltirmaganlarni halok qilmayapti, zakot berganlar soyasida zakot bermaganlarni, ro’za tutganlar soyasida ro’za tutmaganlarni, zikr etganlar soyasida zikr etmaganlarni, namoz o’qiganlar soyasida namoz o’qimaganlarni halok qilmayapti.

Ilmga juda e’tiborli bo’laylik. Tish bergan rizqni ham berar, Yaratgan bizni och qo’ymas. Hadisi sharifda marhamat qilingani kabi: "œKim Alloh uchun ilm talabida bo’lsa, Alloh taolo uning rizqini kutmagan yeridan yetkazadi".

Islom ayollarning ilm egallashlari uchun qulayliklar ta’min etmoqda. Maqsad Islom jamiyatining foydali bir a’zosi, millati, vatani, davlatiga manfaat yetkazuvchi inson bo’lib yetishish va yetishtirishdir. Islom ayolni jaholatdan kutqarib, yuksaltirdi, sharafladi. Jamiyat ayollarga hurmat bilan qaraydigan bo’ldi, ayollarning iqtidorlari, qobiliyatlarini erkaklar tan oldilar. Urva bin Zubayr (r.a.) hazrati Oisha (r.a.) haqlarida; "œHazrati Oisha Qur’on hukmlari, she’r va adabiyotni, arab tarixi va uning pog’onalarini boshqa shaxslardan ko’ra ko’proq bilardi", deganlar.

Qayd etilgan


maknuna  13 Avgust 2006, 08:08:42

Hazrat Oisha (r.a.) din borasida bamisoli to’lib-toshgan dengiz, hikmat va shariat ilmiga xazinabon edilar. Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning o’sha paytda o’z ilmi, fazli, taqvosi va dunyoqarashi bilan yuqori darajada bo’lgan sahobai kiromlarga qarata: "œEy birodarlar, diningizning yarim ilmini Oishadan olinglar", degan hadisi shariflaridan ham bilsa bo’ladi. Oisha (r.a.) fazlining yuqoriligi, ilmining to’lib-toshganligiga Abu Muso (r.a.)dan keltirilgan ushbu rivoyat ham shohidlik beradi: "œBizlar — Rasulullohning do’stlariga bironta hadisning ma’nosini tushunish mushkul bo’lib qolgudek bo’lsa, darhol Oishaga murojaat etar va undan to’la tushuncha olar edik".

Ato ibn Raboh aytadiki: "œOisha odamlar orasida eng dono va fikri terani edi". Hishom ibn Urva o’z otasidan rivoyat qilib aytadiki: "œFiqh ilmida, tib sohasida va she’r borasida Oishadan bilimliroq kishini ko’rmadim".

Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning yana bir ayollari hazrati Zaynab (r.a.) ham o’sha zamonaning buyuk faqihi (huquqshunosi) edi. Madinada esa Binti Abi Salama (r.a.) fiqh sohasining bilimdoni edi.

Islomda ayolning ilm tahsil etishiga qarshi chiqqan erlarga o’rin yo’q. Aksincha, Islomni to’g’ri tushunib unga amal qilgan mo’min erkaklar, avvalo o’zlari ilmli bo’lganlari yoki ilm olayotganlari holda, ayollarga ham ilmni egallashlariga yordamchi bo’ladilar. Bu borada musulmonlar tarixi sharafli sahifalar bilan to’liqdir.

Ayollarni ilm tahsil etmakdan man qilmoq bu jaholat va g’aflatga berilgan erlarning ishidir. Chunki, ayolni ilm olishdan man etmoq din o’rganmoqdan man etmoqdir.

Qayd etilgan


maknuna  13 Avgust 2006, 08:08:53

Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: "œEy Payg’ambar, qachonki, sizning oldingizga mo’minlar kelishib, sizga o’zlarining Allohga biron narsani sherik qilmasliklariga, o’g’rilik qilmasliklariga, zino qilmasliklariga, o’z bolalarini o’ldirmasliklariga va qo’l-oyoqlari o’rtasida to’qib oladigan bo’htonni qilmasliklariga* hamda biror yaxshi ishda sizga itoatsizlik qilmasliklariga qasamyod qilsalar, siz ularning qasamyodlarini qabul qiling va ular uchun Allohdan mag’firat so’rang! Albatta Alloh kechirimli va rahmlidir" (Mumtahana, 12).

Bu oyati karimadan ma’lum bo’ladiki, ayol Islomning muayyan aqidalariga ergashmoqqa yo’naltirilgan. Ayol ruhan va fe’lan bu aqidalarga amal qilishi, kuzata va anglay olishi uchun o’z-o’zini tarbiyalab, ta’lim olishi Islomning asosiy jihatidir.

Qur’oni karimda Payg’ambarimizga (s.a.v.) xitoban kelgan oyat bor: "œUlar bilan kengashib ish qiling", ya’ni sahobalar bilan kengashib ish qilishlikni Alloh buyurmoqda. Sahobalar orasida esa ayollar ham bo’lishgan va bu amr ularga ham tegishli bo’lgan. Bundan tashqari, Muhammad (s.a.v.) ahli ayollariga hurmat bilan qarab, ular bilan masalahatlashib ish ko’rganlar.

Tabiiyki, musulmonlar shu amrga tobedirlar. Bu oyati karimada faqat erkaklar bilan maslahatlashib, ayollar bilan maslahatlashmaslik  kerak, bunga ehtiyoj yo’q, deydigan biror ishora mavjud emas. Bu oyati karimani faqat erkakka maxsus deyish ayolga muxoliflikdan boshqa narsa emas. Islom olimi Ibni Xozim shunday dedilar: "œHazrat Payg’ambar (s.a.v.) ham erkaklarga, ham ayollarga teng yuborilgandirlar. Allohning xitobi, payg’ambarning xitoblari ayollarga   ham, erkaklarga ham qaratilgandir. Bu xitoblarni ochiq bir nass yoki ijmo bo’lmaguncha erkaklarga maxsus etib, ayollarni tashqarida qoldirmoq joiz emas".

Qayd etilgan


maknuna  13 Avgust 2006, 08:09:01

Payg’ambarimiz (s.a.v.) ahli ayollari bilan maslahatlashib ish ko’rganliklari ma’lum. So’zimiz quruq bo’lmasligi uchun ushbu hadisni keltiramiz. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: "œRasululloh (s.a.v.) bunday deb aytdilar: "œKimki Alloh taologa va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo’lsa, qo’shnisiga ozor bermasin! Shuningdek, ayollar bilan doimo yaxshilikcha maslahatlashingizlar".

Shu sababdan ayolni kengashdan mahrum etmoq, bevosita Allohga qarshi qullik chegaralaridan o’tmoqdir, haddi ubudiyatiga tajovuz qilmoqdir. Alloh ayollarga bergan bir haqni ularning qo’llaridan olmoqdir.

Rasululloh (s.a.v.) iymon keltirgan mo’min erkak va mo’mina ayollarning bunday ma’siyatga tushishining oldini olish uchun ayol bilan erkak maslahat qilishi kerakligini tashviq etganlar. Haqiqatdan sahih bir hadisda shunday  marhamat qilinadi: "œQizlar bilan bog’liq masalalarda onalari bilan maslahatlashing". Ya’ni, qizlarning otalari qizlarini turmushga chiqarish xususida onalari bilan maslahatlashadilar.

Rasulullohning (s.a.v.) siyratlari ayollar bilan maslahat qilish xususida bir ibrat xazinasidir.

Payg’ambarimiz (s.a.v.) 6 hijriy yilda 1400 sahoba bilan Madinadan Baytullohning ziyorati uchun borganlarida mushriklar Hudaybiya nomli vodiyda yo’lni to’sdilar. O‘sha yerda sulh tuzilib, musulmonlar Ka’bani ziyorat qilmay, qaytib ketadigan bo’ldilar. Payg’ambarimiz (s.a.v.) Hudaybiyada oyoqqa qalqib; "œEy insonlar, turing, qurbonliklaringizni so’ying. Sochlaringizni oldiring va ehromdan chiqing!" deya ashobiga amr etdilar. Ulardan hech biri joyidan qimirlamadi. Payg’ambarimiz (s.a.v.) amrlarini yana bir takrorladilar. Yana qimirlagan bo’lmadi. Payg’ambarimiz (s.a.v.) buyruqlarini uchinchi bor takrorladilar. Yana qimirlagan bo’lmadi. Payg’ambarimiz (s.a.v.) zavjalari Ummu Salamaning yonlariga bordilar. Shunda Ummu Salama: "œYo Rasululloh! Ne bo’ldi?" - deb so’radilar. Payg’ambarimiz (s.a.v.): "œEy Ummu Salama! Xalqning (musulmonlarning) bu qilig’i nedir? Esankiraydigan hol. Ularga: «Qurbonliklaringizni so’ying, sochingizni oldiring va ehromdan chiqing», deb takror-takror aytdim. Ular so’zlarimni eshitar, yuzimga boqisharu amrimni bajarmoqqa turishmadi", deb nolidilar.

Qayd etilgan


maknuna  13 Avgust 2006, 08:09:09

Hazrat Ummu Salama: "œYo Rasululloh! Ko’rganingizdek xalq shu holga tushmoqda. Ey Allohning Payg’ambari! Siz shu ishni bajarmoq istaysizmi? Istasangiz, tez boring, qurbonliklarni so’yguncha, sartaroshni chaqirib, soch oldirguncha ashobdan hech kimga so’z aytmang. Siz qurbonliklarni so’yib, soch oldirsangiz, xalq ham shunday qiladi».

Rasululloh qo’llariga bir nayza olib, baland tovushda "œBismillahi, Allohu akbar!" deya qurbonlik tuyalarini so’ya boshladilar.

Ashob Payg’ambarimiz (s.a.v.) qurbonlik so’yishlarini ko’rishlari bilan darhol turib qurbonlik tuyalarini so’yishga tushdilar.

Hazrat Ummu Salama shunday dedilar: "œQurbonliklarga qarab shunday chopdilarki, to’planganlarini ko’rib, bir-birlarini ezib qo’yishlaridan qo’rqdim".

Qayd etilgan