40 kun? Qoyil opa, menda 18 kunlikdan tomoqlarim qurib suv ham namlay olmaydigan darajaga yetgandi. 21 bir kunda tildagi oqish ketgandan so'ng ochlikni to'xtatgandim. Siz qirq kunlikda tildagi oq parda ketganmidi?

Ha hammasi ketgan, "otdey" bo'lib ketganman.
Ochlik qilish uchun avvalo nima sababdan shu ishni qilayotganimizni
bilib olsak havasga qilamiz ekan. Men ochlik paytida ichimda "remont"
ketayotganini tasavvur qilib maza qivorardim.
Uylarimiz ta'mirlansa qanaqa xursand bo'lamiz, organizmimiz ham
shunaqa yap-yangi bo'lib qolarkan ochlikdan keyin.
Har yili har mavsum almashganida, qishda ayniqsa angina rosa
qiynardi meni. Isitmasini gardusnik ham o'lcholmay uzr opa, derdi

Eng birinchi shu dardlardan qutuldim.
Keyin tishlarim yildan-yilga yemirilib, chirib ketayotgandi u ham to'xtadi,
alhamdulillah. Bo'qoq bor edi, xozir yo'q. Oshqozonim Hudoni bergan har
kuni ertalabda bir yomon og'rivolardi, uyam yo'q. Xullas sanasam ko'p.
Islom.uz dagi Shoshiy birodar va Akbarjonni bizga ilingan Pol Breggni
"Ochlik mo'jizasi" kitobi sabab men bularni anglab yetdim. Ikkalasidan ham Alloh rozi bo'lsin.