Касалликдан тўлиқ қутуламиз  ( 68772 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Aqoid  04 Yanvar 2013, 20:56:46

Men ham ochlik o'tkazganman jaa "to'qmasmiz". Uydagilarga tushuntirish qiyin bo'lyapti xolos.
Yangi uyga ko'chvosak, inshaalloh, yotvolib "ochlik" qilamiz.

Qayd etilgan


kamoliddinov  04 Yanvar 2013, 21:35:34

 :as:
Odam semirib ketsa oriqlashni eng sodda yuli qaysi? Och yuray desam masalan ertalab ovqatlanmay chiqsam obedda ovqat yemasam oshqozon qiynaydi, sanchib ogrishni boshlaydi. Qanaqadur retseptlar bormi odamni ozdiradigan.
Uzur yana bitta savol:
Qanaqa rejimda ovqatlanib yurishni ochlik deb aytayabsizlar? Kuniga bir mahalmi? yoki 2 mahal qilib ikkinchi marta poldni qilishmi?

Rahmat!

Qayd etilgan


kamoliddinov  04 Yanvar 2013, 22:09:37

Bizni qovun tarvuzlar, ehhe. Bir voqea esimga tushib ketdi" O'zbekistondan chetda yurganimda bita ayol tarvuz sotib o'tirgan ekan, tarviz kichkina handalakchalik keladi(agar bizdagi handalaklar katta bo'lmasa), uni ustiga so'lib qolgan, kars kars emas. huddi suvsiz quyoshda qolgandek. oldiga borib shu xam tavuzmi dedim. Bizda tavuzlar bor bir kishi kutarishi qiyin. Shunaqa katta qip qizilki dedim. Qayerdanligimni surab angrayib qoldi. Mevalari yahshiga o'hshaydi, yesangiz tam degan narsa yo'q!  :-[

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  05 Yanvar 2013, 01:48:00

Оч Ò›олиш бидъатмасми ишÒ›илиб? :)

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  05 Yanvar 2013, 08:26:46

kamoliddinov.
Ochlik bilan kuniga 1-2 kg ves tashlaydi, bir haftada 10 kg'ga ozasiz. Eng samarali, xavfsiz, va foydali usuli shu.
Ochlik davrida hech nima yeyilmaydi, sharbatlar ichilmaydi, faqatgina toza (qaynatilgan) iliq suv ichiladi.
Endi oshqozon sanchishiga kelsak, bu oshqozon og'rig'i emas, shunchaki oshqozon ovqat vaqti bo'ldi deb sizga signal beryapti. Bir kun sabr qilsangiz bu yol'g'onchi oshqozon sizni bezovta qilmaydi.
5chi kunlarda oshqozon yana bosh ko'taradi, bosh aylanib ko'ngil aynishi kuzatiladi. bunga sabab organizmdagi zaharlar oshqozonga to'planganidan. Bu zaharlarni yuvish uchun yarim choy qoshiq limon suvini 50ml suvga aralashtirib ichish bilan ketkazish mumkin. Iloji bo'lsa klizma qilinadi, oshqozon og'rig'i va bosh aylanishi taqqa to'xtaydi, klizma oshqozonni yuvib beradi.
Ochlikda uch kun ishtaha karnay bo'ladi, eng qiyini ham shu uch kun. Shu davrdan o'tib olsangiz to'rtinchi kundan qiynalmay ochlikni o'tkazaverasiz.
Boshida bir kun, bir hafta dam olib uch kunlik ochlik qilib o'rganing, birdan ko'p kunlik ochlikka o'tib ketish yaramaydi.

Foydalari ko'p, eng muhimi ochlarni eslaysiz, ochlarni tushunasiz. Qon tozalanadi, qon tomir yo'llaridagi tiqilmalar ochiladi. Hotira juda kuchayadi, eshitish va ko'rish yaxshilanadi.
Ochlikdan keyin quyuq yog'li, tuzli, achchiq, shakarli, kraxmalli taomlardan ochlik o'tkazgan kun miqdoricha iste'mol qilmay turasiz.

Qayd etilgan


Donishmand  05 Yanvar 2013, 12:51:14

Ochlik bilan kuniga 1-2 kg ves tashlaydi, bir haftada 10 kg'ga ozasiz...

Bundan chiqdi man ikki hafta ochlik qilsam, qo'shimcha daromad ham olishim mumkin ekan:
Maktabga yarim stavkaga ishga kiraman - biologiya darsida ko'rgazmali qurol sifatida skeletning o'rniga burchakda tursam oyiga 300-400 ming borda! )))

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  05 Yanvar 2013, 13:54:31

Ana ko'rdingizmi har tomonlama foydali bu, siz bo'lsa bir yildan beri etibor bermay kelasiz. 30-40 kunli ochlik qilsangiz yog', go'sht, shakar, oliy nav un, qahva, panta kola, tuzlamalardan naq ikki oy istemol qilmaysiz, suv tekin, bemalol behavotir yuraverasiz.
Ochlik 30 kunga yetganda et suyakka yopishib, ko'zlar kosasidan chiqquday bo'lib qolganda biror daxshat filmda rol o'ynasangiz kamida 6ming ko'kni qurtday sanab olsangiz bo'ladi.
Darsda ham ko'krakda nechta suyak bor deb belalol ko'rgazma o'tkazaverasiz, qarabsizki oiladagi iqtisod, va darsdagi qo'shimcha daromad bilan ikki oyda sutrang lositti sotib olasiz. )))

Qayd etilgan


Mufazzala  05 Yanvar 2013, 17:12:58

 :asl3:

Mo'min Mirzoni gaplariga qo'shimcha (rihlom)

Baqirolmay, chaqirolmay qolasiz.
Choyxona, samovar, gap, o'tirish ham yo'q. Qarabsizki, uyda sevimli
va fidokor ota-onaga aylanasiz qolasiz.
Sanasam ko'p juda, foydalari. Hullas har tomonlama foyda.
Kep qoling, och qoling.

Qayd etilgan


Donishmand  05 Yanvar 2013, 17:30:16

:asl3:
Baqirolmay, chaqirolmay qolasiz...
Shu joyi sal to'g'ri kelmayapti-da... Unda kim ishlaydi?...
Iqtibos
Choyxona, samovar, gap, o'tirish ham yo'q...
Hmmm... Choyxonachining ham bola-chaqasi bor...

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  05 Yanvar 2013, 19:13:40

:asl3:
Baqirolmay, chaqirolmay qolasiz...
Shu joyi sal to'g'ri kelmayapti-da... Unda kim ishlaydi?...
Iee hali ishxonada baqirib kun o'tkazaman deng, oqsoqol deb bejiz aytmagan ekanman : )

Mufazzala opaning gaplarida jon bor. O'tgan yili shunday holatga tushgandim.
Uyda bir-ikki ortiqcha meva bor edi, shuni bir forumdoshimizdan pul kerak deb sotib berishini so'radim, u forumdoshimiz o'sha narsa bilan savdo qilardi...
Oldimga keldi, ozib ketganimni ko'rib hol-ahvol so'radi.
- Nima bo'ldi?
- O'zi, ovqat yemayapman.
- A, nima bo'ldi? Umuman yemayapsizmi? (Boyaqish aka, pul kerak deganimga umuman puli qolmaganidan ovqatsiz kun o'tkazyaptikan deb o'ylabdi)
- Ha.
- Puliz yo'qmi?
- Oldimdami, yo'q uzr. (uy kiyimida chiqqanim uchun pul olmabman)
Aka qo'rqib ketti, "tez o'tiring mashinaga" deb rulga o'tirdi. Gapiray desam ovoz yo'q, gapirsam ham tushunmaydi, tomoq yarim soniyada qup-quruq bo'lib qolib tilimga bir tomchi ham so'lak kelmasa...
- Qayoqqa ketyapmiz?
- Bozorga, yegulik olamiz. Ishqilib o'g'ilchez yaxshimi?
- Iee aka... - og'iz qurib ketib gapirolmay qoldim, cho'ntakdan telefonni olib "ochlik o'tkazyapman, Pol Breg" deb yozib ko'rsatdim.
- Ee shunaqa demaysizmi, qo'rqib kettimey, Xudoga shukr. Xayriyat. O'g'liz yaxshimi o'zi?

Qayd etilgan