Алифбе байрами :) :) :)  ( 31270 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Музаффар  09 Iyun 2011, 17:18:02

 :)   :asl3:
Азиз форумдошлар, беғубор болаликни сслашга нима дейсизлар? Болалик снг беташвиш, шодон пайти бслади одамни. Катта бслган сари ташвишлар хам катталашиб бораверади. Лекин баъзида болаликни сслаб, сша вақтдаги кулгили қизиқарли холатларни, болаликдаги дсстларимизни хотирлаб сал бслсада кундалик турмушнинг икир чикирларидан узоқлашган бсламиз. Келинглар шу мавзуда хат-савод чиқарган пайтимиздаги илк байрамимиз - АЛИФБЕ байрамини сслаймиз. (бошқа болалик хотиралари хам бславеради :) ). КЎпчилигимиз алифбе байрамида бирор харф учун шеър ёд олиб айтганмиз. Агар ким ссалай олса сша шеърини келтирсин...


Qayd etilgan


Музаффар  09 Iyun 2011, 17:19:57

масалан ман алифбе байрамида "А¦" бслганман:
А¦иркулни бериб туринг,
А¦ирк расмизини чизайин.
А¦ирк сртаси айлана,
А¦иркчи чаққон биздайин! 

:)  : )  :)

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  09 Iyun 2011, 18:06:20

Alifbe bayramini eslasaaam..... Voy bo`o`:))
o`shandayam hozirgidek - hammadan boshqacharoq bo`lishni, ajralib turishni istardim:) Oyim va opam tikuvchi, hamma sinfdosh qizlarning alifbeda kiyadigan liboslarini bir xilda qizil rangda tikib berishgan. Man bo`lsa bir kun qolganda to`polon qilganman: "Nega man hamma bilan bir xil bo`lishim keraak! Ahir boshqachamankuuu!!" ;D deb:)) Shunda kechasi bilan uxlamay manga oppoq, yaltiroq chiroyli ko`ylak tikib berishgandi. Hammadan ajralib turgandim o`shanda. Hamma bolalar bolalarga hos she'rlar aytishganda man "O`zbegim"ni to`liq, ifodali qilib aytgandim... Rosa qarsak chalishgandi... Oyim tikib bergan xuddi katta raqqosa qizlarnikidek kiyimlarda raqsga ham tushgandim. Klassik qo`shiqlarga raqs tushardim. Maktabda 9 yil hizmat ko`rsatgn raqqosa bo`lgandim o`ziyam:))
"A" harfi bo`lgandim. She'rim esimda yo`q :) Lekin bir sinfdoshimning aytgan she'ri hech esimdan chiqmaydi. Sababi u bolaning tili chuchuk edi, "Ch" harfini "T" deb talaffuz qilardi, qarangki, unga aynan "ch" harfi tushgan  ;D
She'r o`qishini qarang:
Tumtuq bolasini taqirib tuqtuqlaydi,
Tatoq mushuk ko`rmasin, "tiq uydan" deb turqillaydi ;D
(chumchuq bolasini chaqirib chuqchuqlaydi, chatoq mushuk ko`rmasin, "chiq uydan!" deb chirqillaydi)
Butun zal kulverib dumalab qolgandi :))))
Alifbe bayramimizni videokassetasiyam bor, ko`rsam kulgim keladi doim :)

Qayd etilgan


Humayro  09 Iyun 2011, 18:38:38

мен хам "А" харфи булган сдим, шеърим хам ссимда
Айик асал слади
Асалари талади
...сна бошка шеър хам айтвудим, униси ссимда йук узунрок сди

сх болалик.... :((((

Qayd etilgan


Akbarjоn  09 Iyun 2011, 18:57:05

Alifbe bayramida hama hursand bo'lsa men unchalik ham hursand bo'lmaganman, sababi alifbe kitobimni qaytarib berishimizga to'g'ri eklgandi

shu kitobni yaxshi ko'rardimda :)

Qayd etilgan


azizbek_mx  09 Iyun 2011, 20:54:59

Men esa Sh harfi bo`lganman, o`shanda maktabga eng oxirgi bo`lib borgandim, rasmga ham tusholmay qolib ketganman. She'rimniyam eslolmayman

kassetamizam sinib qolgandi... qo`limga yetib keishgayam ulgimagan, bechora... lekin elas elas eslab qolaman

Qayd etilgan


Abu Muso  09 Iyun 2011, 23:22:52

 :asl3:

Men ham "A" harfi bo'lganman. She'rim juda qisqa edi:

Alifbe ham, boshlanar "A" dan
Aql, ahil, asl ham "A" dan... :D

Keyingisi vatan haqida uzunroq edi, eslay olmayman...

Qayd etilgan


Aqoid  10 Iyun 2011, 00:29:54

Men ham "A" bo'lganman. Humayro aytgan she'rni aytgandim. Lekin bir sinfdoshim kasal bo'lib qolib she'rini men aytgandim.
"U" Uzib beraymi uzum,uzumni ekkan o'zim.

Qayd etilgan


BelleQizcha  10 Iyun 2011, 04:35:14

heheh..
BelleQizcha Z harfi bo'gan.. Alfabeti eng ohirgi harpi disezam boladi. .. NG sher yog' edide-- o'zim orgili o'qtuvchilarimdan..
Hamma atlas kiygandi.. mangayam ob berishgandi-yu lekin man kiymagandim...
DAVR kegandi...
TELVIZORGAYAM chiqqanman..
bitta shkalat minan yashil quyon berishgan... yaqingacha o'sha quyoni saqladimi.. lekin sho'x bir bola kelib dabdalasini chiqazib kettdi.. tashavardu..
Takk... ha muzika honasida bo'gan edi..
She'rim esimda yog'u lekin so'zlari esimda..
Zanjir zir-zira bir balo sher edi..(boshqa sher BER!)
Lekin alifbe kitobidagi varoqlarda bitilgan yozuvlar huddi hotiramaga muhurlanib qolgan..
Ali keldi,
Ali to'ti ola keldi..
Ali kemada keldi...

A harfida anori rasimi, u da uzumi, i da iloni, n da noni rasimmi bolardi adashmasam..
...
lol


Qayd etilgan


ree7  10 Iyun 2011, 04:36:11

Men L harfi bo'lgandim. She'rim ham esimda:
Loladek lov-lov yonar yuragim,
Xalqqa xizmat orzu-tilagim... Alifbe bayramidan esimda qolgan narsa, maktabimiz oshxonasida 15 so'mmidi, 25 so'mmi, xullas pirog sotilardi. O'sha kuni o'sha pirogdan bepulga tarqatishgan )) Yana bir esimda qolgan narsa, sinf o'g'il bolalari Alisher Navoiy bilan Husayn Boyqaro orasida bo'ladigan voqeani teatr qilib berganmiz. Men shoxni vaziri bo'lgandim. Kirib ta'zim qilib shoxga aytaman: "Shoxim, chaqirtirgan ekansiz, ne xizmatingiz bor?" Husayn boyqaro aytadi: "Menga dunyodagi eng xushbo'y narsani keltiringiz" A'yonlar boshlari qotib qolishadi, oxirida Navoiy savatda non ko'tarib kiradi. Menga o'shanda to'n, salla topolmagandik, majbur kastim-shimda o'tkazvorganman )) Lekin rosayam jiddiy, zo'r sahna ko'rinish bo'lgandi. Ehhee, bularni eslamaganimga qancha vaqt bo'ptiyu.. Muzaffar akaga bunday ajoyib mavzu uchun rahmat aytaman!

Qayd etilgan