Bolalar organizmi 6 yoshlargacha ancha toza bo'ladi, zararli narsalar iste'mol qilganda organizm o'zi tezkorlik bilan tozalab yuboradi. Masalan ich o'tish, ko'p siyish, burun oqishi kabi holatlar bolalarda ko'p bo'ladi, organizm shundoq tozalanadi.
Ochlik haqidagi doktorlar adashmasam uch yoshdan mumkin deydi.
Uch kunlik ochlikdan keyin, uch kun
(adashmasam) dieta qilinadi... Tartibi
qanaqa? Masalan ochlik tugagandan
keyin, birinchi kun faqat sok ertasi
qirg`ichdan o`tkazilgan mevala uni
ertasiga qaynatilgan guruchmi? Keyin
zabzi karomli salatga tuz yog` qo`shsa
bo`ladimi? Sokni o`zi tayyorlap ichishi
shartmi yoki marketlada sotiladigan
"tabiiy sok" ladanam ichsa bo`ladimi?

3 kunlik ochlik katta muddat emas. Birinchi kun yarimta bolsa ham limon. Bir soatlar o'tib po'sti archilgan pomidor. qirilgan olma, qirilgan sabzi yeyiladi. Bularni aralashtirib yeyishdan saqlanish kerak, oraliq kamida bir soat. Masalan hozir pomidor yesak, bir-bir yarim soatdan so'ng qirilgan olmaga o'tamiz. tarvuz, apelsin ham bo'ladi (qovun, anor, shaftoli va behi turli sabablarga ko'ra yeyilmay turiladi).
Ertasi kuni pomidor, olma, sabzi, karam, tarvuz kabilarni qirmasdan yeyiladi, hom sabzavotli salat, qaynatilgam yo bug'da pishirilgan sabzavotlar yesa bo'ladi. Kechga yaqin tuzsiz, yog'siz va go'shtsiz sho'rva yoki guruchga ikki dona o'rik qoqisidan solib qaynatiladi, bu qaynatilgan guruch ham tuz va yog'dan holi bo'lishi kerak.
Uchinchi kuni salatga zaytun (rafinadlanmagan) yog'idan qo'shsangiz bo'ladi. 4chi kun kungaboqar moyi ham mumkin.
Uchinchi kun zararli narsalardan boshqa hamma narsaga ruxsat.
Nimalar zarar ekanligini ko'p bor yozgandik.
4 chi kun oshqozon tayyor.
Ovqatdan keyin shaftoli yeyishdan, qovundan keyin suv ichishdan saqlaning.
Sharbat deganda shakar qo'shilmay shundoq meva suvini siqib olinganini nazarda tutaman. Do'konlardagi sharbatlarning foydasidan zarari ko'p, ularda qand miqdori ancha baland.