Kvartira oldi-sotdisi sohasida ozgina ishlab ko'rganman.Shunga tayanib ba'zi fikrlarni sizlar bilan o'rtoqlashsam:
1.Uy sotib olayotganda uning joylashgan joyi juda ham muhim va uyingiz atrofidagi joylashgan binolar ham ahamiyatga loyiq.Chunki ko'pchilik bog'cha,maktablarga yaqin bo'lgan uylarni yaxshi ko'radi.O'zbekchilik bolam yaqinroqda bo'lsin deyishsa kerak
Keyin siz olayotgan uy oldida sizga yoqmaydiganroq joy bo'lishi ham mumkin.Masalan:Toshkentdagi bir mavze o'rtasida qbriston joylashgan edi va ko'pchilik u yerdagi uylarni sotib olishni xohlamas edi.Transport qatnovi kam joylardan ham uy olish biroz noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.
2.Humayro aytganlaridek qo'shni masalasi ham bor.Chunki Xudo ko'rsatmasin yomon qo'shniga uchrab qolsangiz tinchkina yashashni orzu qilib qolishingiz ham mumkin.Bejiz aytishmagan "Uy olma qo'shni ol" deb.
3.Uy(kvartira)olayotganda eng yaxshi qavatlar 2-3 qavatdir.1-qavat tagingizda yerto'la bo'lsa sal xavfliroq,tepa qavatlarga esa ba'zida chiqish malol kelib qolishi mumkin,lekin bu sog'liqqa foydali
.Olayotgan uyingiz chetda bo'lib qolmasligi kerak iloji boricha.Binolarning chet qismida joylashgan uylar(bunday uylar "tartsavoy"deyiladi,o'zbekchasiga bilmadim qanday bo'ladi) devoridan sovuq yomon o'tib ketadi.Bino g'ishtdan qurilgan bo'lsa ham bu narsa bilinadi.Shuning uchun iloji boricha o'rtada joylashgan uylarni sotib olish kerak.
Hozircha shular yana ma'lumot kerak bo'lsa biz tayyor.