Ichingdagini top(yoki nega … shunday?) !  ( 3699 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Mutaallim-2010  22 Iyun 2011, 23:26:26

 
                                         Savol-javob
                            
Savol beruvchi:
Assalomu alaykum!

Bir shahs:
Va alaykum assalom ! Marhabo ! Keling"¦

Savol beruvchi:
Salomat bo’ling !
Uyingizga be ruhsat kirganimiz uchun uzur so’raymiz !
Alloh uchun suhbatlashgani keldik.

  Bir shahs:
Hursandman! Hechqisi yo’q, bemalol. Endigini bomdot namozidan keyingi zikrlarni yakunladim"¦
Savol beruvchi:
Qalbingizda nelar bor?

 Bir shahs:
Bilasizmi men ohirgi paytda g’amgin bo’lib qolganman.

 
  Savol beruvchi:
Ijozatingiz bilan! Agar sir bo’lmasa, bunga nima sabab?

Bir shahs:
Avvolo bu holatim menga yoqyabti, negadir.
Bunga sababini bilmadim.
Dunyodan zerikdim ammo u yoqqa ketishga hali tayyor emasman ham, ammo vaqti soati kelishi bilan bunga bosh egmay o’zga chora yo’q.

Savol beruvchi:
O’zingizdan qolar gap yo’q. Ba’zida bir nimani boshlaymizkuya lekin u ishni tamomlashga iroda yetishmay qoladi. Sizning fikringiz qanday?

 Bir shahs:
Alloh taolo har bir bandasining imkoniga qarab imtohon qiladi.
Ya’ni Alloh taolo bir bandasiga ikkala yo’lga yurishga qodir qiladi.
Boshqacha aytganda — birinchi yo’lga yurishga qodir qilib ikkinchisiga qodir qilmay qo’ysa barobarlik, odillik bo’lmas edi.

Misol:
Bir kishining boshiga katta musiybat keldi, deylik. U bandasiga shunga yarasha sabrni beradi.
Sabirli yo’l va sabrsiz yo’l.
Banda nima qilishligini oldindan Alloh bilishi bor.Shuning uchun Alloh taolo bandasini toqatiga qaraydi.


Savol beruvchi:
Sizningcha qanday yo’l tutish kerak?


Bir shahs:
Shijoatli,g’ayratli,dovyurak,jomardlik,haliymlik"¦
Bu degani -  yuzingni bir tomoniga ursa ikkinchisini tutib ber, degan gap Islomda yo’q.
Bir so’z bilan aytganda; Nabaviy ahloqga intilish kerak.
Bu diyn shundayki siz unga yaqinlashsangiz u sizga o’z nuri bilan o’ziqlantiradi.Ya’ni deraza yoniga kelib pardani ko’tarsangiz nu’ri uyingizni yoritadi va ko’zingiz qamashish holati o’tganidan keyin deraza ortida nimalar borligini ko’rasiz. Albatta, bu nafis gozallikdir"¦

 
Davomi bor...

Qayd etilgan