Allohdan qo'rqish va yig'lash  ( 28412 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Muzayyana  25 Aprel 2008, 15:50:54

NOZA opajonim Allox rozi bo'sin, tashakkur! O'qib odam maza qiladi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  27 Aprel 2008, 08:43:56

Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "œBandamga ikki qo’rqinchni birvarakayiga ravo ko’rmayman va ikki xotirjamlikni ham birvarakayiga bermayman. Mabodo bandam Mendan bu dunyoda qo’rqmasa (ya’ni, beg’am, bexovotir yashasa), Men unga narigi dunyoda qo’rqinch beraman. Va mabodo u Mendan bu dunyoda qo’rqsa, oxiratda uni barcha qo’rqinchlardan xalos qilaman (ya’ni, xotirjam qilib qo’yaman)".

Xazrati Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: "œKimki Alloh taolodan qo’rqsa, undan hamma narsalar qo’rqadi. Kimki Alloh taolodan boshqadan qo’rqsa, unga har bir narsa qo’rqinch manbai bo’ladi".

Qayd etilgan


Mahdiyah  27 Aprel 2008, 08:44:49

Yig’i

Tabaroniy rivoyat qiladi:
"œMuoz ibn Jabal raziyallohu anhu vafot etar chog’i yig’lardilar. Undan:
-Nega yig’layapsan?-deb so’rashdi.
-Vallohi, men o’limdan qiynalib yoki orqamda mol-dunyo qolib ketayotgani uchun yig’layotganim yoq,-deidlar. — Janobi Payg’ambarimizdan sollallohu alayhi vasallam: "œInsonlar ikki hovuchdirlar. Bir hovuchi otashda, bir hovuchi esa do’zaxda", deb eshitganman. Man shu hovuchlardan qaysi birida ekanimni bilmaganim uchun yig’lamoqdaman".
"œHayotus-sahoba" kitobidan.

Qayd etilgan


Mahdiyah  27 Aprel 2008, 08:47:28

Qiyos

Bir kuni Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: "œEy Rasululloh, namozda o’qib yurishim uchun menga bir duo o’rgating", deb o’tindi. Shunda ul zot sollallohu alayhi vasallam: "œAllohim, men o’zimga ko’p zulm qildim. Gunohlarni faqat Sen mag’firat qilasan. Bas, huzuringdagi mag’firat ila meni afu etgin, menga rahm aylagin. Albatta, Sen mag’firatli, rahmli Zotdirsan", deb o’rgatdilar.
Ha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu duoni "œo’ziga ko’p zulm qilgan" kishiga — Abu Bakrga o’rgatganlar. Ummatlari orasida eng ulug’ zotga, iymoni eng mukammaliga, Qur’on o’qiganida ko’z yoshini tiyolmaydigan qalbi halimiga, o’zlari jannati, deb bashorat berganlari, butun mo’minlarning imoni tarozining bir pallasiga, uniki boshqasiga qo’yilsa, ikkinchi pallaga qo’yilgan uning iymoni og’ir keladi, deb vasf etganlari, umarning xulqi uning axloqi oldida dengizdan bir tomchi, deb baholaganlari o’sha Abu Bakrga o’rgatganlar!
Rostgo’y Abu Bakr, risolatni tasdiq etgan kunidan to umrining oxirigacha jonini va molini Alloh va Rasuli uchun baxshida etgan rostgo’y Abu Bakrki, "œo’zimga ko’p zulm qildim"¦" deb duo etib tursa, boshqalarning ahvoli qanchalik bo’ldi ekan?! Bizlar nima derkinmiz?!
Musulmonlar taqvimi 1999 yil III chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Aprel 2008, 11:56:30

Qul yig’laganida Alloh uning ko’z yoshlaridan bir daraxt paydo qiladi, ismi Saodat daraxtidir. Qo’rquv va qayg’u ro’zg’ori (shabodasi) ul daraxtga esganida, undan: "œYo, Muhammad ummati!", degan ehtirosli bir xitob chiqadi. Alloh ul sasni Muhammad sollallohu alayhi vasallam ruhiga yetishtiradi, u ham qabrida yig’lay boshlaydi, uning ko’z yoshidan Alloh taolo bir daraxt paydo qiladi, ul daraxtga Shafoat daraxti ismi beriladi. Nubuvvat (Payg’ambarlik) ro’zg’ori (shabodasi) ul daraxtga tekkanida, ul daraxt tanasidan, "œYo ummati Muhammad", degan bir sas keladi. Alloh ul sasni ko’kdagi malaklarga yetishtiradi. Malaklar Allohga sajdaga boradilar, niyoz va sajdada bo’ladilar:
Alloh malaklaridan:
- Ey, malaklarim! Nega duo qilib yig’laysizlar? — deb so’raydi.
Malaklar:
- Yo, Rabbiy! Sen bizning niyozimizni (iltijolarimizni) bilasan, - deydilar.
Janobi Haq:
- Mening muhabbatim va mening qo’rqinchimdan yig’lagan qullarim va ularning majlislarida bo’lganlarni avf etdim, - deb buyuradi.

Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Aprel 2008, 11:59:19

Allohning buyuk Payg’ambari Shuayb alayhissalom shu qadar ko’z yoshi to’kar ediki, Alloh shavqi muhabbatidan yig’lay-yig’lay ko’r bo’lgan edi. Janobi Haq Shuayb alayhissalomga vahiy yubordi:
- Yo Shuayb, bunchalik yig’lashing va ko’zlaringning yoshini to’kishing jahannam qo’rquvsidan bo’lsa, seni jahannamdan ozod qilaman. Jahannam otashi seni yoqmaydi. Bu yig’lashning agar jannat hasratida bo’lsa, jannatni senga beraman. Bular uchun ko’z yoshi to’kib, yig’lama, - deb buyurdi.
Shuayb alayhissalom:
- Yo Rabbiy! Ey Buyuk Rabbim! Mening yig’lashim na jahannam qo’rquvsidan, na jannat hasratidandir. Ularning hech biri emas. Mening ko’z yoshlarim Senga bo’lgan ishqim va muhabbatimdan, ishtiyoqimdandir, - dedi.
Janabi Haq:
- U holda yig’layver, yo Shuayb, yig’la! Zero bu hasratning bir iloji yig’lashdir. Bu dardning chorasi ko’z yosh to’kishdir, - deb Payg’ambar Shuayb alayhissalomga vahiy etdi.

Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Aprel 2008, 12:05:09

Suyukli Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "œKimki Alloh deb va Unga bo’lgan sevgisidan ko’z yoshlarini yerga to’ksa, qiyomat kuni г ko’zlarga jahannam otashi tegmaydi. Yig’lagan г ko’zlar azobga yo’liqmaydilar. Jahannam alangasi ul ko’zlarni yoqmaydi".
Hakim rivoyati

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Aprel 2008, 12:07:40

Imom Buxoriyning sahih to'plamida Abdulloh ibn Mas'ud raziyallohu anhudan ushbu rivoyat keltirilgan:
      "U dedi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga Qur'on o'qib bering dedilar. Sizga nozil qilingan bo'lsa-yu, men sizga o'qib berayinmi, dedim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Men boshqalardan eshitishni yoqtiraman dedilar. Men "NISO" surasini o'qib, "Biz barcha xalqlardan guvohlik keltirib, sizni ularning barchasiga guvoh qilib keltirsak qanday bo'ladi" oyatiga kelganimda, "Bo'ldi" dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qaradim ...
U zotning ko'zlaridan yosh quyilar edi. Abu Hurayra raziyallohu anhu dedi: "Ey mushriklar, hali sizlar mana shu so'zdan, ya'ni Qur'ondan ajablanursizlarmi, undagi oyatlarni benazir va bemisl o'git nasihatlaridan ta'sirlanib yig'lamasdan, g'ofil bo'lgan hollaringizda kulursizlarmi..." oyati nozil bo'lganda sufadagilar yig'ladilar, hatto ularning yuzlaridan ko'z yoshlari oqdi...
Ularning tovushlarini eshitgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham yig'ladilar. U kishini yig'laganlarini ko'rib biz ham yig'ladik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Allohdan qo'rqib yig'lagan kishilar jahannamga kirmaydilar dedilar".

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu "Mutaffifun" Surasini o'qir ekan "Odamlar barcha olamlar robbisi bo'lgan Alloh qarshisida turgan" oyatiga kelganlarida yig'lab yiqildi va undan keyingi oyatlarni o'qiy olmadi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Aprel 2008, 12:17:48

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozda turganlaridan yig’ilari sabab xuddi qozonning qaynashiga o’xshash ovoz eshitilardi. Ul zot insoniyatning eng ulug’i, gunohsiz bo’lsalar-da ko’p yig’lardilar.

Abu Bakrning "œyig’loqi" degan laqablari bo’lgan.

Umarul Foruq ko’p yig’laganlari sabab yuzlarida ko’z yoshining izi qolgan.

Abdulloh ibn Abbos ham ko’p yig’laganlar, hatto hayotlarining oxirida ko’zlari ojiz bo’lib qolgan.

Abu Bakrning huzurlarida Qur’oni karim tilovatini eshitgan Yaman ahli ko’z yosh to’ka boshlaydi. Buni ko’rgan Xalifa: "œAvval bizlar ham shunday edik. So’ngra qalblar qotib ketdi", degan ekanlar. Ibn Abu Shayba rivoyati

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Aprel 2008, 12:21:49

A’mash aytadi: "œAbu Solih namozda bizlarga imomlikka o’tib berar, ovozining qaltiraganidan qiroatni aniq tushunib bo’lmasdi".

Ibn Burayda aytadi: "œAgar yer yuzidagi butun odamzotning yig’isi to’plansa, Dovud alayhissalomning yig’isiga teng kelmaydi. Agar Dovud va yer ahlining yig’isi to’plansa, Odam alayhissalomning jannatdan yerga tushgan paytida yig’lagan yig’isiga teng kela olmaydi".
Ibn Abu Shayba rivoyati

Ummatlarini ko’p kulishdan qaytarib, Payg’ambarimiz alayhissalom shunday deganlar: "œAgar men bilgan narsani bilganlaringda edi, albatta, oz kulib, ko’p yig’lagan bo’lar edinglar".
Termiziy rivoyati

Qayd etilgan