Fozil qori Yosin o'g'li ma'ruzasidan :
Bu zarbulmasal ,, Unvon ul-bayon'' kitobida keltirilgan:
Beamal.
,,Bedana bolalarini uchirma qilayotganida shunday nasihat qildi: -bolajonlarim ! Onamiz endi bizga nasibamizni olib keladi, deb kutmaylar. O'zilar uchadigan bo'ldiz, sizlarga birdan bir nasihatim: qiynalsangiz ham har joy , har joylardan bitta ikkita bo'lsayam rizqingizni topib rizqlaning. Bir joyda ko'p sepib qo'yilgan bo'lsa bormang. U , odamzot degan toifa borki qushlarga tuzoq qo'yadi. Tuzog'iga ilinib domiga tushib qolasiz. Yo bir umr yig'ingizni eshitib rohatlanadi, yo sho'rva qilib ichib yuboradi. Zinhor unday ko'p sepilgan joylarga bormang. . .
Bedana bolalariga shunday nasihat qilib, bolalarini uchirma qildi.
Bir bolasi uyoqdan, buyoqdan uchib yurib qarasa bir yerda ko'p don sepilib, yonida suvlari ham bor emish. Bedana bildi , onam aytgan tuzoq shu bo'lsa kerak. Bitta cho'qiyman, bitta cho'qiganda domiga ilinmasam kerak deb bittta cho'quvdiki u qiynalib topib yurganidan shirinroq totib ketdi. Ikkinchisini, uchinchisi. . . lop etib tuzoqqa tushdi. Bedanavoz kelib bedanani qo'liga olgandan, bedana : ah, beamalligim qursina . Boshimga tushgan baloga o'zim sababchi bo'ldim.
Iye, sen hali gapirishni ham bilasanmi?
- Ha. Endi, meni qafasga solib yig'imi eshitib maza qilasan yoki sho'rva qilib ichvorasan. . . Yo 3 ta nasihatim bor shuni eshitasanmi?
- nasihatini eshitsam eshitaqoli, qani ayt nasihatingni.
- birinchisini kaftingda, ikkinchisini daraxtda, uchinchisini esa uchib ketayotib aytaman.
-bo'pti - deb bedanavoz qo'lini ochdi.
- birinchi nasihatim, qo'lingdan ketgan baxtga achinmagin, ketganini qaytaraman db obro'yini tushirmagin - debdi va pirr etib daraxtga qo'nibdi :
- sizlar insonsizlar. Olloh sizlarga aqlni juda katta bergan. Bir narsa masala eshitsang aql torozingga qo'ygin to'g'ri kelsa qabul qil. Ho'kiz tug'ibdi desa ishonib ketvurmagin. Bedana bu inson sinamoqchi bo'lipti :
Ey bedanavoz ! Mani so'yganingda qornimni yorganingda tuxumdek gavhar bor edi. Butun bir shaharni sotib olarding.
- eh! Sani nasihatini tinglamasdan so'yib gavharini osam bo'masmidi. Hudo berganini uchirvor o'tirimana. . . Bedanavoz rosa afsuslanibdi, baqirib chaqirib dod solibdi va bir ozdan so'ng o'ziga kelgach :
- bo'pti, endi uchinchi nasihatingni aytaqol.
- ey beamal ! Man bir marta beamallik qilib baloga yo'liqib, zo'rg'a qutuldim. San ko'zimmi oldida ikkita nasihatimga amal qilmading :
Qo'lingdan ketgan baxtga achinmagin dsam. Yarim soat o'zini ayblab yig'lading.
Ikkinchisi : man bedana bo'sam, manda gavhar nima qiladi. Shu aqlingga sig'madimi?
Bo'pti uchinchisini ayt. . .
- yo'q! Beamallarga so'z zoye, so'z bekor.