Hazrati Umar r.a. qizining beva bo'lib qolishini hohlamas edilar. Bir ota o'laroq, qizlarini solih bir kishiga uzatishni niyat qilardilar. U kishi bu masalani juda ko'p o'yladilar. Hazrati Hafsaning iddasi tugagach, Hazrati Usmonning r.a. oldilariga bordilar. Chunki Hazrati Usmon o'sha paytda yolg'iz, zavjalari, Rasulullohning s.a.v. qizlari Ruqayya vafot etgan edilar. Usmon ibn Affonning r.a. oldilariga borib Hafsaga uylanishni taklif qildilar. Usmon r.a. bu haqda o'ylab ko'rishi kerakligini aytib, bir nech kun muddat so'radilar. Oradan bir nech kun o'tib, Hazrati Usmon r.a. Hazrati Umarga r.a. uzrlarini aytib, hozir uylana olmasliklarini aytdilar. Bundan keyin Hazrati Umar bu taklif bilan Hazrati Abu Bakrning r.a. oldilariga ham bordilar. Lekin Hazrati Abu Bakr indamadilar. Hatto bir og'iz so'z ham aytmadilar. Bu hoilatdan Hazrati Umar r.a. hafa bo'ldilar. Hazrati Umar r.a. ikki do'stidan ijobiy javob ololmagach, Rasululloh s.a.v. oldilariga bordilar. Va shunday dedilar:
- Yo, Rasululloh!Men Usmonga hayronman, Hafsani unga nikohlab bermoqchi bo'ldim,u esa rozi bo'lmadi. Abu Bakr esa bir so'z ham demadi...
Ikki jahon quyoshi Rasululloh s.a.v. tabassum qilib:
- Yo, Umar! Hafsa Usmondan,Usmon esa Hafsadan hayrliroq bo'lgan birisi bilan oila quradi,- dedilar.
Hazrati Umar r.a. butunlay hayol ichida qoldilar. Usmondan ham hayrliroq kuyov kim bo'lishi mumkin?Shu tariqa bir nech kunni o'tkazdi. Bir kuni Rasululloh s.a.v. Hafsani o'zlariga so'rab keldilar va Hazrati Umarga r.a:
- Sen qizing Hafsani menga nikohla, Men esa qizim Ummu Gulsumni Usmonga nikohlayman,- dedilar.