Umumiy bo'lim > Islom

Soliha ayollar! Ibrat oling!

<< < (2/10) > >>

Munira xonim:
Iymon keltirgan ilk inson.

Muhammad s.a.v. 40yoshga to'lganlarida Hiro g'orida, Jabroil a.s. tomonlaridan, jaholatga to'lib ketgan zaminni titratib Allohning ilk kalomi yahgradi. Bu kalom zang bosgan qalblarni uyg'otish uchun, qabohat va jaholatga to'lib ketgan bechora zaminni poklash uchun, qalblarga malham bo'lish uchun va eng asosiysi shirkka botgan bandalarga Allohning Ahad ekanligini bildirish uchun ilk bor taraldi. Bu mujda kelganida Muhammad s.a.v.ga ilk  iymon keltirgan, Alloh oyatlarini tasdiqlagan, u kishining Rasul ekanlariga ishongan ilk inson va ilk ayol Hazrati Hadicha binti Huvaylid r.a. bo'ldilar. Rasululloh s.a.v.ni eng qiyin paytlarda qo'llab quvvatlagan, u kishini yonlarida doimo dalda, mashaqqatga to'la hayotlarida yonlaridan ayirilmagan ayol ham Hazrati Hadicha edilar.
Alloh taolo Jabroil a.s. tomonidan salom yuborgan ayol ham Hazrati Hadicha r.a. edilar. Bu salomni Muhammad s.a.v.dan eshitgan Hazrati Hadicha r.a.ning ko'zyoshlari yuzlarini yuvgan edi.

Munira xonim:
So'nggi oylar.

Hazrati Hadicha r.a. og'ir kasallikka chalinib yotib qoldilar. O'limlari yaqin ekanini his qilib turardilar. Bosh taraflarida qizlari Zaynab, Ummu Gulsum va Fotimalar turishardi. To'rtinchi qizlari Ruqayya esa o'sha kunlari Habashistonda edi. Hazrati Hadicha Rasululloh s.a.v.ga so'nggi marta qaradilar. Mo'minlar onasining nigohlarida sog'inch va qayg'u, ayriliq armoni mujassam edi. Biroq Rasululloh s.a.v Hadicha onamizga Jannatda birga bo'lish mujdasini berdilar (Hadid, 21).Nabiy s.a.v.ning ko'zlaridan rahmat yoshlari oqdi. Qalblari chuqur alam bilan to'lib toshdi. Bu holni ko'rgan qizlari ham unsiz yig'lardilar. Makka, zamonasining sayyida ayoli Hadicha binti Huvaylid r.a. bilan vidolashdi.(Fajr, 27-30) Hazrati Hadicha r.a. vafot etgan yilni Rasululloh s.a.v. qayg'u yili deb atadilar. Hazrati Hadicha r.a. hijratdan tahminan uch yil oldin, 65 yoshlarida vafot etdilar. Hojun qabristoniga dafn etildilar. Alloh taolo Hadicha onamizdan rozi bo'lsin va u kishini ham ohirat ne'matlari ila rozi etsin.
Hazrati Hadicha r.a.  huzuri Ilohiyga ketdilar, lekin u kishining hotirasi ulug' honadon ahli va mo'minlar qalbida boqiy qoldi va to qiyomatgacha boqiy qoladi,Inshaalloh

Munira xonim:
Rasululloh s.a.v.dan:"Menga qiyin damlarimda joni bilan, mol-mulki bilan yordam bergan barchadan qarzimni uzdim,lekin Hadicha bergan yordamlarni haqqini berlomadim. Uni rozi qilish Qiyomatga qoldi",degan ma'noda hadis rivoyat qilingan.
Rasululloh s.a.v Hazrati Hadichani juda qattiq sevardilar. Bu haqda Hazrati Oisha r.a. shunday deganlar:"Men Rasululloh s.a.v.ni hech bir ayoldan Hadichadan rashk qilganchalik rashk qilmaganman", deganlar. Holbuki, Hazrati Oisha Hazrati Hadichani o'limlaridan keyin Rasululloh s.a.v.ga turmushga chiqqanlar.Shu gapni o'zi ham Hazrati Hadicha Rasululloh s.a.v.ga qanchalik aziz va qanchalik sevikli ekanliklarini ko'rsatadi.

Munira xonim:
Nazrati Oisha binti Abu bakr r.a.

Mo'minlarning bu makarram onasi - Rasulullohga s.a.v. Alloh taolo Jabroil a.s. orqali dunyo va ohiratdagi juftlari, deya vahiy qilingan bahtli ayol, Qur'oni Karimning bir necha oyatlarining nozil bo'lishiga sababchi bo'lgan Muhammadning s.a.v. sevimli ayollar, Allohning sevimli bandasi Oisha r.a. binti Abu Bakrdirlar r.a. Allohning qilgan vahiysi sabab bo'lib Rasululloh s.a.v. Abu BAkrga Oisha haqida so'z ochganlarida Abu Bakr r.a. juda hursand bo'lgandilar. Chunki o'zlarining eng sevimli kishilari, do'stalri, eng asosiysi Allohning eng sevimli Rasulini kuyov qilish eng oliy baht edi. Rasululloh s.a.v. Oisha onamizga olti yoshlarida unashtirilganlar. To'ylari esa bir nech yil o'tgandan keyin, Madinaga hijrat qilishganidan keyin bo'lib o'tgan. Oisha r.a. Rasululloh s.a.v. muborak honadonlariga kelin bo'lib keldilar. U kishini seplarini ichida qo'g'irchoqlari ham bor edi. Bir kuni Rasululloh s.a.v. uylariga kirsalar Oisha onamiz qo'g'irchoqlarini bir nechalarini kelinchak libosida kiyintirib, yana bir nechasiga qanot taqib qo'ygan edilar. Rasululloh s.a.v.:"Nega bularga qanot taqib qo'yding?" deb so'radilar. "Bular Sulaymon a.s.ning otlari", deb javob berdilar.
"U holda ularga qanot ne hojat?"deb so'radilar Rasululloh s.a.v.
"Sulaymon a.s. otlarining qanoti yo'qmidi?"dedilar Oisha r.a.
Rasululloh s.a.v. buni eshitib kulib qo'yaqoldilar. Oisha onamiz kelin bo'lgan bo'lsalarda hali hanuz bolalaikdagi havaslari ketmagan edi. U kishi hamon bolalardek beg'ubor edilar.

Munira xonim:
Suyukli va vafodor zavja.

Hazrati Oisha r.a. muborak honadonda aql,ilm va fikr jihatdan tez kamol topa boshladilar. Bir beka sifatida Rasululloh s.a.v. ning barcha hizmatlarini bajarar,kerak bo'lganda tasalli berar edilar. Oisha onamiz Rasululloh s.a.v.ning amallari va muborak so'zlaridan iloji boricha ko'proq narsani o'rganishga harakat qilardilar. Bu fazilatlari Oisha onamizni Allohning Rasulini s.a.v. eng suyukli zavjalariga aylantirgan sabablardan biridir. Hazrati Oishada ham ayollar tabiatiga hos rashkchlik va shunga o'hshash hissiyotlar bor edi. Oisha onamiz Rasululloh s.a.v.ning eng sevimli ayollari bo'lsalarda, lekin boshqa ayollardan u kishini rashk qilardilar.
Rasululloh s.a.v. ba'zi kechalarda Madina qabristonini ziyorat qilar, u yerdagi birodarlari haqqiga duolar qilar edilar. Shunday tunlarning birida Oisha onamiz uyg'onib yonlarida Rasululloh s.a.v.ni topmaganlaridan ancha qayg'ulandilar. Birozdan keyin qaytib kelgan u muborak zot Oisha onamizni hafa holda ko'rgach:"Nima bo'ldi senga, ey, Oisha?" dedilar. Oisha onamiz javob bermaganlaridan keyin:
- ey Oisha, shaytonga mag'lub bo'libsan,- dedilar.Shayton so'zi u kishini e'tiborlarini tortib:
- Yo Rasululloh s.a.v. mening ham shaytonim bormi?- dedilar.
Nabiy s.a.v:"Albatta, har bir kishining shaytoni bo'ladi", deb javob berdilar. Shunda Hazrati Oisha r.a:"Sizniki ham bormi?" Deb so'radilar.
"Ha,meniki ham bor,lekin men Allohning yordami bilan uni mag'lub etganman",- deb javob berdilar.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version