Assalomu alaykum! Muborak bölsin, xayrli ishlar va tashabbuslar yanada köpayib, bardavom bölsin.
Agar qarshi bölmasangizlar kaminaga 26-ju'zni bersangizlar. Va yana xatm borasidagi uquvimiz pastligini xisobga olib, uzrli savollarimgayam javob bersangizlar:..
-avvalo, 26-ju'z qaysi sura (oyati) dan qaysi sura (oyati) gacha belgilanadi?
-xatm qilishda tartib bilan, ya'ni mendan oldingi ju'z öqib tugatilganda öqishni boshlaymanmi yoki hamma teng öqib borishadimi?
-xatmni Ramazonda boshlanadimi yoki hozirdan boshlash ham mumkinmi?
-xatm davomidagi tutilishlarni bartaraf etish uchun Qalam Qur'on uskunasidan foydalanish mumkinmi?
-va asosiysi kaminaning kamchiligi bu jamoa xatmining qabul bölishiga salbiy ta'sir qilmaydimi?
Agarda bu savvollar bilan öqiy xatmga tayyor bölsam, öqishni boshlasam, aks holda ibodatlaringizga salbiy ta'sir ötkazmagan holda, xatm qilishni örganishga tayyorgarlikni boshlasam... Inshaalloh, g'animat kunlardan foydalanib qolish nasib etsin barchamizga...
Va alaykum assalom!
- 25-juz' Fussilat surasining 47-oyatidan boshlanib, Josiya surasining 32-oyatigachadir.
- Tartib shart emas. O'zingizga belgilangan juz'ni vaqtingiz bo'lganida xatm qilsangiz bo'ldi.
- Xatm inshaalloh Ramazondan boshlanadi.
- Ha, foydalaniong, o'zingiz ham qaytarib turing.
- Inshaalloh, qusurlarimizni Alloh qabul qiladi. Yaxshi niyat bilan xatolarni bartaraf etishga tirishing.