Ramazon kundaligi. 1432 Hijriy - 2011 Milodiy yil  ( 43496 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B

Musannif Adham  26 Avgust 2011, 09:56:36

Makka. Ramazonning 17-kechasi. Tarovih namozi.

http://www.youtube.com/watch?v=zO8CzWhVUcs

Qayd etilgan

Musannif Adham  26 Avgust 2011, 10:03:07

Madina. Ramazonning 17-kechasi. Tarovih namozi.

http://www.youtube.com/watch?v=qaTAvkyvBJw

Qayd etilgan

Secret  28 Avgust 2011, 05:56:29

Qayd etilgan

AbdulAziz  28 Avgust 2011, 13:28:26

Yurtimizda xatmi Qur’onlar nihoyasiga yetmoqda (Fotoreportaj)

Yurtimizda ramazon oyining bezagi bo‘lmish taroveh namozlarida Qur’oni karimni xatm qilish yaxshi an’anaga aylangan. Ilohiy kalomni to‘liq yod olgan hofiz yoshlarning yildan-yilga ko‘payib borishi bilan xatm o‘zkaziladigan masjidlar safi ham kengayib bormoqda. Joriy yilgi ramazon oyida diyorimizning qariyb barcha masjidlarida namozxonlar xushovoz va go‘zal tajvid bilan qiroat qilingan Allohning kalomiga some’ bo‘ldilar. Ayniqsa, xatmning yakunida masjidga ilohiy fayzu futuh yog‘iladi, undan bahramand bo‘lishni istagan ahli mo‘min masjidlarni to‘ldiradilar. Kuni kecha ana shunday rahmat nurlaridan munavvar bo‘lgan yana bir maskan — Toshkent shahridagi "œYunusobod-Oqtepa" masjidida bo‘ldik. Masjid imom-xatibi Muhammadzafar Ahmadjonov o‘zi kalomullohni to‘liq ko‘targan qori bo‘lgani uchun namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida har kungi taroveh namozida bir poradan o‘qib berdi. U Qur’oni karim oyatlarini shoshilmay, ravon tilovat qilar ekan, namozxonlarni o‘zgacha sokinlik, ajib bir halovat ruhi chulg‘ab olar edi. Muhammadzafar Ahmadjonov ayni paytda Toshkent islom institutining oldi o‘qituvchilaridan biri. Uning tajvid qoidalarini mukammal o‘zlashtirgani talabalarga qiroat fanidan ta’lim berishida juda qo‘l kelmoqda.

Masjidga tashrif buyurgan O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Abdurazzoq Yunus namozxonlarni xatmona yakuni bilan qutlab, bu muborak kunlarni qadriga yetishga, uning fazilatidan imkon qadar ko‘proq foydalanib qolishga chaqirdi.

Keng va yorug‘ masjidda istirohat namozini (tarovehning ana shunday ma’noni beradi) xatmi Qur’on yakuni bilan o‘tkazayotgan namozxonlarning dillaridan shunday kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga hamdu sanolar to‘kilayotgani shubhasiz edi. Zero namoz so‘nggida qilingan duo va iltijolar ham dillardagi o‘sha pokiza tilaklarga hamohang bo‘ldi. Bu kabi muborak kechalarda qalb va til birligidagi musaffo tilaklar ijobat bo‘lgay, inshaalloh!

Shu kuni poytaxtimizdagi yana bir fayzli maskan "œHofiz Ko‘hakiy" jome’ masjidida ham xatmona yakunlandi. Masjidga yetib kelaginimizda yosh qori, Toshkent islom institutining birinchi kurs talabasi Jasurbek Qulboev xatmda qiroat qilar, masjid ichi va hovlisi esa igna tashlasang yerga tushmaydigan darajada namozxonlar bilan to‘la edi. Masjidga sig‘magan yana yuzdan orti kishi tashqarida o‘tirgan ko‘yi ilohiy kalomga quloq tutardi. Qur’oni karimni juda yoshligidayoq yod olgan Jasurbek qorining yoniq ohangdagi tilovati to‘g‘ridan-to‘g‘ri dillarga xitob qilardi. Namozxonlardan birining mamnun holdagi so‘zlariga quloq tutamiz: "œBu yilgi tarovehda qoridan yolchidik. Jasurbek qori har kuni mana shunday tarzda, bir poradan o‘qib beradi. Bu ayniqsa menga o‘xshab kun bo‘yi ishda bo‘ladigan odamlarga juda ma’qul tushmoqda. Qori bola umridan baraka topsin, uni mana shunday tarbiyalagan ota-onasiyu ustozlariga rahmat!"
Masjidga tashrif buyurgan Toshkent qorilarining ustozi, sakson besh yoshli Yahyo qori domla xatmonaning oxirgi suralarini tabarrukan o‘qib berdi, namoz so‘nggida esa ramazon va xatmi Qur’on sharofatidan elu yurt tinch, xalqimiz farovon bo‘lishini so‘rab duolar qildi. Umrini ilohiy kalomni keng yoyish va qori yetishtirish bilan o‘tkazgan mo‘ysafid qori domlaning duoyu iltijolariga barcha namozxonlar chin dildan "œomin", deb turardilar.

Nu’mon Otaboyev.
Suratlarni Hamdam Shorahmedov olgan.

http://vatandosh.uz/yurtimizda-xatmi-quronlar-nihoyasiga-yetmoqda-fotoreportaj/

Qayd etilgan

AbdulAziz  28 Avgust 2011, 13:41:51

Ming oydan yaxshiroq kecha (Fotoreportaj)

Oylar sultoni Ramazon bo‘lsa, shubhasiz uning toji  "œMing oydan yaxshiroq" (Qadr surasi, 3-oyat) Qadr kechasidir. Shuning uchun ham Yaratgan uning qaysi kun ekanini yashirgan. Hadisi shariflarda bu kechani ramazonning oxirgi o‘n kunligidan qidirish tavsiya qilingan. Shu mavzuga oid hadislarni sinchiklab o‘rgangan ulamolarimiz qadr kechasi ko‘proq ramazon oyining yigirma yettinchi kechasiga to‘g‘ri kelsa kerak, degan fikrga kelishgan. Shundanmi, diyorimizda va ko‘pgina musulmon mamlakatlarida aynan yigirma yettinchi ramazon tunini qadr kechasi sifatida nishonlash an’anaga aylanib qolgan.

Azim poytaxtimizning ko‘rki, ko‘hna Shosh ramzi bo‘lgan Hazrati Imom masjidi va maydoni bugun ana shu kechani ibodat bilan o‘tkazgani kelganlar bilan gavjum. Uch mingdan ziyod namozxonlar to‘plangan namozgohga O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, muftiy o‘rinbosarlari Shayx Abdulaziz Mansur, hoji Abdurazzoq Yunus va boshqa ko‘plab taniqli ulamolar ham tashrif buyurishdi.

Ayniqsa, Toshkent islom instituti rektori Haydarxon Yo‘ldoshxo‘jaev boshchiligida institut va Ko‘kaldosh o‘rta-maxsus islom bilim yurtining o‘n nafar talabari bo‘lmish bulbul qorilar namozgohga kirib kelganlarida odamlarni o‘zgacha hayajon chulg‘adi, demak bu kecha har birining ta’rifi ketgan mazkur qorilarning go‘zal qiroatlari va otashnafaslaridan bahramand bo‘lamiz, degan qanoat hosil bo‘ldi qalblarda.

Xufton namozini muftiy hazratlari o‘qib berdilar. So‘ng taroveh boshlandi. Qorilar birin-ketin Qur’onning boshidan boshlab mashhur oyatlardan qiroat qila boshladilar. Ular some’larga go‘yo ilohiy kalom bo‘stonidan chiroyli guldastalar taqdim qilardilar"¦

Namozlar orasida muftiy hazratlarining mav’izalari tinglandi. Minglab odamlar yig‘ilgan keng maydon chetida, namozxonlar nazaridan chetroqda ayollar va bolalar ham bu fayzu futuhdan bahramand bo‘ldilar. Maydonning har yer-har yeriga o‘rnatilgan ovoz kuchaytigich moslamalari bu joydagi rahmat yomg‘irini shamol misoli uzoq-uzoqlarga taratardi. Soat tungi birgacha davom etgan taroveh so‘nggida xatmi Qur’on duosi qilindi. Duoda namozxonlar mana shunday sharoit yaratib bergan mustaqilligimiz abadiy bo‘lishini, yurtimiz va butun dunyoda tinchlik-hotirjamlikni nasib aylashini Parvardigordan iltijo qilib so‘radilar.

Ibodat va duolar tugagan bo‘lsa-da, bu fayziyobdan sarmast odamlar hanuz uylariga ketishga shoshmasdi. Soat millari esa tungi 2:30 ni ko‘rsatardi.

No’mon Otaboyev.
Suratlarni Hamdam Shorahmedov olgan.

http://vatandosh.uz/ming-oydan-yaxshiroq-kecha-fotoreportaj/

Qayd etilgan

Musannif Adham  30 Avgust 2011, 22:21:05

Makka. Ramazonning 18-kechasi. Tarovih namozi.

http://www.youtube.com/watch?v=ewWEpNaN6qU

Qayd etilgan

Musannif Adham  30 Avgust 2011, 22:22:43

Madina. Ramazonning 18-kechasi. Tarovih namozi.

http://www.youtube.com/watch?v=8i7vy-2Bc0A

Qayd etilgan

Musannif Adham  30 Avgust 2011, 22:24:26

Makka. Ramazonning 19-kechasi. Tarovih namozi.

http://www.youtube.com/watch?v=D9xWT43-alU

Qayd etilgan

Musannif Adham  30 Avgust 2011, 22:28:41

Madina. Ramazonning 19-kechasi. Tarovih namozi.

http://www.youtube.com/watch?v=s-qi699KZF8

Qayd etilgan

Musannif Adham  30 Avgust 2011, 22:29:53

Makka. Ramazonning 20-kechasi. Tarovih namozi.

http://www.youtube.com/watch?v=o0o1GFSGheY

Qayd etilgan