Kondensator - bu ma'lum bir yoki istalgan bir elektr zaryadlarini o'ziga sig'dira oladigan kichik bir ehtiyot qism. Kondensatorlar tuzilish shakli quyidagicha: Kondensatorlarning ichida kichkina 2 ta yassi, tekis va yupqa platalardan iborat. Bu platalarning bir tomonida plus zaryadlar va boshqa tomonida minus zaryadlar bo'ladi. Uning o'rtasidan esa izolyatsion material qo'yilgan bo'ladi. Bu izolyatsion qatlam Dielektrikum deyiladi. Bu qatlamda energiya maydoni tashkil topadi. Kondesatorlar bu elektr quvvati ulanganda o'zlariga elektr zaryadlarini qabul qiladilar, ya'ni saqlaydilar. Ularning qanchalik elektr zaryadlarini saqlashi, bu ulardagi plataning kattaligiga, shakliga va shuningdek, uning ichida hosil bo'ladigan elektr maydonining kuchiga teng.
Kondensatorlar formulada C harfi bilan belgilanadi. Kelib chiqishi C=Q/U, bu yerda C - Kondensator, Q-elektr zaryadlari,kulon, Ampersekund U - elektr quvvat, volt. Ularning o'zining o'lchov birliklarini bersak, unda quyidagicha yoziladi: C=As/V=Ss(simenssekund) 1 Ss=1 F 'ga teng. Bundan kelib chiqadiki, Kondensatorning o'lchov birligi Farad deyiladi.