Oloy bozoridan sal o'tgandan keyin Amir Temur ko'chasining "Drujba Bruger" va bahaybat "O'zbekinvest" binolari orasida joylashgan qismidan piyodalar yo'lakchasi o'tgan.
O'qishga qatnagan vaqtimda shundan deyarli har kuni o'tishimga to'g'ri kelardi. Qizig'i, bu yo'lakcha joylashgan joyda svetofor o'rnatilmagan - avtomobil haydovchilari yo'lovchini uzoqdan ko'rishsa, o'zlari to'xtab o'tkazib yuborishlari shart. Har kuni shu yo'ldan o'tish muammo bo'lardi...
Tasavvur qiling, Toshkentning mashinalar eng ko'p yuradigan ko'chalardan bittasi, 3 polosali yo'lda.... to'xtab sizni o'tkazib yuborishi shart (!) bo'lgan avtomobil haydovchilaridan 100 tadan 10tasi o'tkazib yuborsa xo'p gap, unisidan o'tsangiz, boshqasi keb turibdi... ishqilib...g'irt g'alva... bizku mayli, bu yo'ldan ko'pincha chol-kampirlar o'tolmay yo'lning o'rtasida qolib qiynalishardi.
Bir kuni shu yo'ldan kursdoshim bilan o'tib ketayotgandik, bu safar hammasi boshqacha, barcha mashinalar turnaqator bo'lib, bizning o'tib bo'lishimizni kutishyapti... "Yo tavbaaa" dedim.. O'tib bo'lgach, o'rtog'imdan so'radim, "tinchlikmi? nima bo'lgan bugun bularga" desam, u kulib yo'l chetiga "anavini qara" degandek ishora qildi. Ahamiyat berib qarasam, shundoqqina piyoda yo'lakchasini yonida DAN xodimlari mashinasi turganakan, tashqarida ikkita melisa....
Keyin atayin kuzatdim, aynan shu melisa akalarimiz turadigan kunlari yo'lovchilar shohona kutib olinar ekan :-)
ishqilib....
Qo'rqqaningdan qilma, Anglab qil! degim keladi, ba'zan....
buyam o'zbekchilikda oka... (dib tugatish keremidi

)