
Qur'oni Karimning A'nom surasida barcha payg'ambarlar ismi zikr qilingan...

Agar barcha payg’ambarlar deganda Qur’onda zikr qilingan 25 ta payg’ambarlarni nazarda tutgan bo’lsangiz.
Ibrohim(a.s.) An’om surasining 74, 75, 83 va 161 oyatlarida,
Ishoq,
Ya’qub,
Nuh,
Dovud,
Sulaymon,
Ayyub,
Yusuf,
Horun (a.s.)lar 84 oyatda,
Muso (a.s.) 84 va 91 oyatlarda,
Zakariyo,
Yahyo,
Iyso,
Ilyos (a.s.)lar 85 oyatda,
Ismoil,
Alyasa’,
Yunus,
Lut (a.s.)lar 86 oyatlarda zikr qilingan ekan.
Bu surada nomi zikr qilingan payg’ambarlar soni 18taga yetyabdi, Qur’onda esa nomi zikr qilingan payg’ambarlar 25ta, demak yana 7 tasi qolib ketyabdi, ular
Odam,
Idris,
Hud,
Solih,
Shu’ayb,
Zul-kifl,
Muhammad (a.s)lar, ular qaysi oyatlarda zikr qilingan? Iltimos batafsilroq tushuntirib yuboring.