O’qish Sirlari (risola)  ( 7478 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


_Otabek_  12 Avgust 2011, 10:37:01




M U N D A R I J A

1.Kirish, I-bob

2. II-bob. O'z uslubingizni kashf eting (I-qism, II-qism)

3. Ko'rish va tinglash

4. Suratlar hosil qilish, tartiblash va ma'no chiqarish

5. Amaliyot orqali o'rganish

6. O'qishni reallashtirsh

7. Nimani bilishingizni anglash

8. Bilmaslikni bilish

9. O'qishda interfaol bo'lish

10. Mutolaadan ko'proq narsa olish

11-20. ...

Qayd etilgan


_Otabek_  12 Avgust 2011, 10:42:57

Gail Wood
O’qish Sirlari

KIRISH

Muvaffaqiyat sari yo’l: o‘zingizga xos o’qib-o’rganish uslubini ishlab chiqish
 
Qulay shart-sharoit va yaxshi kayfiyatning o’qib-o’rganishga aloqasi bormi? Albatta! O’qishga faqatgina o’zingizga xos uslub bilan yondashar ekansiz, aslo qiynalmaysiz. Qo’lingizdagi kitobni o’qishga kuniga atigi 20 daqiqa sarflar ekansiz, siz o’qib-o’rganishning turlicha usullarini egallab borasiz.

qishingizdan eng yaxshi natijani olishda sizga nima yordam bera olishi mumkinligini aniqlab olishingiz lozim. Atrofdagi boshqa odamlar qanday o’qishni sizga o’rgata olmaydilar. Ular aytadiganlari faqatgina O’ZLARI uchun nima yordam berishi haqida bo’ladi. To’g’ri, agar boshqalarning maslahatlariga amal qilsangiz, bu qaysidir ma’noda foydali bo’lishi mumkin. Ammo, sizning uslubingiz ularnikidan farqli bo’lsa, tavsiyalar befoyda hamda vaqtingizni bekorga sarflagan bo’lib chiqasiz.


O’QIB-O’RGANISH JARAYONIGA MOSLASHISH

Samarali o’qib-o’rganishning eng yaxshi usullarini tanlab olishda yordam maqsadida  bu kitobda sizga bir necha savollar beriladi. Ammo shuni yodda tutingki, bu yerda "œto’g’ri" yoki "œnotog’ri" degan javoblar bo’lmaydi. Har bitta savol shunday tuzilganki, sizning qanday o’qib-o’rganishingizni aniqlab olishga va o’sha uslublarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bular matnni o’qish, ma’ruzani tinglash, kurs ishini yozish yoki testga tayyorgarlik bo’lishi mumkin.  Qaysilari sizga ko’proq mos bo’lsa, o’shalarni ko’proq bajarishingizga ko’mak beriladi.     

Misol uchun, ayni hozir shu satrlarni o’qir ekansiz, o’zingizga mos o’qib-o’rganish usullarini qo’llamoqdasiz. Balkim ovoz chiqarib o’qiyotgandirsiz. Ehtimol, ichingizda o’qib, o’z ovozingizni "œeshitish" orqali ma’lumotlarni qabul qilayapsiz. Kimdir qog’ozga suratlarni, shartli belgilarni chizib borishi mumkin. Yana kimdir ma’lum bir tartibda, xayolida sxemalar chizgan holda ma’lumotni qabul qiladi.

Bularning har biri alohida o’qib-o’rganish uslubi hisoblanadi. Shu kitobning dastlabki boblari o’z uslubingizni aniqlab olishda yordamlashadi. Keyingi boblar esa o’z uslubingizni qanday rivojlantirish, undan qay yo’sinda ko’proq foydalanishingizga ko’maklashadi.

Quyidagi yorliqchalar kitobimizda tasvirlangan beshta o’qib-o’rganish uslubi anglatadi.




Qayd etilgan


_Otabek_  12 Avgust 2011, 10:50:24

I-bob. Darsga tayyorgarlik 

O’quv jarayoni sizga maksimal darajada naf keltirishi uchun mashg’ulotlar oldidan kayfiyatinmgiz ko’tarinki bo’lishi juda muhim. Bundan tashqari, qachon, qayerda va qanday dars tayyorlashni yoqtirishingiz ham rol o’ynaydi.

Hech kimga sir emaski, samarali o’qib-o’rganish jarayoni tayyorgarlikni ham o’z ichiga oladi. Yaxshi startni ta’minlash uchun o’zingizni tayyorlashingiz kerak bo’ladi. Bu degani darsni tayyorlash uchun o’zingizga kerakli barcha narsalarni, shu jumladan darsxonaning o’zini taxt qilib qo’yishdir. Shuningdek, oldingizda turgan vazifani bajarishga o‘zingizni ruhan tayyorlashingiz ham juda muhim. Ushbu bob mashg’ulotlarning samarasini oshirishda sizga yordam beradi.


Qayd etilgan


_Otabek_  17 Avgust 2011, 12:01:40

Kutilmagan syurprizlar sizga yoqadi, ammo do’stingiz Alisher ularga toqat qila olmaydi. U musiqa tinglashni xush ko’rsa, siz ko’proq kinofilmlar ko’rasiz. Sizlar turlicha fikrlaysizlar, didlaringiz ham shunga yarasha. Ikkovingiz fikrlash tarzingiz umuman boshqacha. Bu degani katta imkoniyatlar eshigi ochilmoqda: do’stingiz bilan birikib, turlicha bo’lgan uslublaringizni qo’shgan holda darslarga yanada yaxshi tayyorgarlik ko’rishingiz mumkin.

Faraz qilaylik, do’stingiz Alisher bilan jahon tarixi fani bo’yicha I-jahon urushiga sababchi bo’lgan voqealarni o’rganmoqdasiz. O’quv yurti kutubxonasida shu mavzuda videotasma va audioyozuvlar bor. Sizga videotasvirlarni tomosha qilish qulayroq bo’lgani uchun kutubxonadagi hujjatli filmlarni ko’rishingiz mumkin. Alisher esa faqatgina tinglash orqali yaxshiroq o’rganadi, shu sababli uning audioyozuvlarni tanlashi maqsadga muvofiq. Aks holda, ya’ni siz audio-materiallar, sherigingiz esa videofilmlarni o’rganadigan bo’lsa, mavzuni to’liq tushunmagan bo’lardingiz.

ODAMLAR TURLICHA FIKRLAYDI VA O’RGANADI


Qayd etilgan