Eng oson tabriknoma tayyorlash yo'lini o'rgatinglar, iltimos:)  ( 14031 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  23 Avgust 2011, 13:29:27

 :asl3:

Men tabriknomalarni judayam yaxshi ko'raman, faqat shu kompyuterda ishlashni uncha bilmayman.

Juma kunlari, muborak ayyomlarda sizlar uchun tabriknomani o'z qo'lim bilan tayyorlagim keladiyu, bilmayman.

Masalan juda chiroyli rasm va unga xohlagan so'zimni yozishni yo'li.

Menga va mendaylarga eng oson yo'lini o'rgatsangiz, muhtaram kompyuter ustalari:)

Oldindan rahmat.

Qayd etilgan


Usmon  23 Avgust 2011, 14:20:46

Assalomu aleykum!

Bunaqa tabriknoma tayyorlash uchun yo maxsus dastur, yoki web-saytdan foydalanasiz.

Saytlar:

http://www.postcard.fm/ - rasm va mp3 ni birlashtirib otkrytka yaratish
http://www.123greetings.com/ - tayyor otkrytkalarga yozib, yuborish imkoniyati
http://www.smilebox.com/ ;
http://www.pingg.com/ -  deyarli 100% personalizatsiya
http://www.mushygushy.com

Dasturlardan bo'lsa:
Postcard maker (free)

Greeting Card Designer (free to try, watermark qo'yarkan)

Unique Gift Maker Greeting Card Free Edition (free)

kabilarni sinab ko'ring...

Qayd etilgan


azizbek_mx  27 Avgust 2011, 10:21:08

Assalomu alaykum! Taklifnoma, tabriknoma va shunga öxshash bukletlarni tayyorlashda Microsoft Office paketidagi Microsoft Office Publisher dasturi ham qöl keladi. Bu dasturda ishlashni yengillatish uchun sodda shablonlar bilan ham boyitilgan. Öylaymanki, dastur unchalik qiyin emas. Undan rasm formatida saqlash imkoniyati ham mavjud.

Qayd etilgan


Ansora  27 Avgust 2011, 20:08:01

Valaykum assalom. İnshalloh tarjimam tugay deb qoldi, ramazondan keyin bir urinib koraman:)

Qayd etilgan


Usmon  27 Avgust 2011, 22:47:04

Bu ham ijoddek gap-ku, yarmini Ilya Ilf, qogan yarmini Yevgeniy Petrop yozadigan zamon o'tib ketgan... Tarjimonam xuddi muallifdek qahramonlar bilan birga boshdan kechiradi voqealarni... Kapalak opa u-bu narsa devoring

Qayd etilgan


Ansora  21 Sentyabr 2011, 13:02:29

Bu ham ijoddek gap-ku, yarmini Ilya Ilf, qogan yarmini Yevgeniy Petrop yozadigan zamon o'tib ketgan... Tarjimonam xuddi muallifdek qahramonlar bilan birga boshdan kechiradi voqealarni... Kapalak opa u-bu narsa devoring

Shu uydan 6-7 yil tashqarida yurganim uchun argon, jargonlarni yaxshi tushuna olmaydigan bo'lib qolibman:) latifalarni ham yaxshi tushunavermayman, Toshkanda tez tez yangi gaplar paydo bo'lib turardi, "chochvoraman, dodasi" edi men bilgan ohirgilar. Hay Usmonjon, yuqoridagi gapingizni menga tushunadigan qilib yozing, o'n marta o'qidimov, tushunmadim lekin ;D

Qayd etilgan


Usmon  21 Sentyabr 2011, 14:25:22

Chochvoradigan dodasini zamonlari o'tib ketgan... hozir... "A-tak..boruuu"  :1

Lokigin man yozganim o'zi zooo''rg'a tarjima qilingan bir gap edi....

Mazmuni....tarjimonlik ham ijodkorlik bilan barobar..deganday..

Qayd etilgan


azizbek_mx  26 Iyul 2012, 02:35:39

 :asl3:
Bugun negadir uyqum kelmadi. kunduzi ko`p uxlab qo`yibman shekilli :)

kechasida bo`sh o`tirmay deb, rasmga imzo qo`yish darsini ishlab chiqdim, qo`ldan kelganicha.

Buning uchun FastStone Image Viewer dasturidan foydalandim (linkdagi dastur Tas-Ix da).
dastur o`rnatilgach (arxivdan chiqarib, ishga tushirilsa, avtomatik o`rnaydi {ZverCD dan "o`g`irladim" :) } ), kerakli rasmni uning yordamida ochamiz va sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosib, provodnik holatiga o`tkazamiz:





Menyular qatoridan Инструментс‹ (Tools) -> Конвертировать вс‹браннс‹е [F3] (Convert selected) buyrug`i yoki [F3] funksional klavishi orqali tahrir oynasiga o`tamiz va mazkur oynaning o`ng quyi qismida keltirilgan Изменит настройки(А азмерс‹"¦) {Use advanced options (Resize"¦)} buyrug`iga belgi qo`yamiz, yonidagi А асширеннс‹е настройки (Advanced options) tugmasini bosamiz:





Hosil bo`lgan yangi oynadan Text bo`limiga o`tamiz va kerakli sozlamalarni sozlaymiz:



Ok tugmasini bosib, qaytamiz. Avvalgi oynadan fayl formati va boshqa sozlamalarni rasmdagi kabi sozlaymiz (eslatma: Chiqish papkasi buyrug`ini tanlamasangiz, berilgan o`zgartishlar asl rasm ustidan yoziladi va avvalgi holati qayta tiklanmaydi.):



va natija:


Qayd etilgan