Bo'rilar o'rmondagi barcha quyonlarga hujum uyushtirmoqchi bo'lishibdi ammo, buni bir quyon bilib qolibdi. Bo'rilar u quyon boshqa quyonlarga ham xabar berishidan va extiyotkorlik choralarini ko'rishlaridan yoki qochib ketishlaridan xavotirlanib u quyonni tutib kelishibdi va quyonga: "Sen sirimizdan voqifsan va aniqki, bu gaplarni yaqinlaringa aytib ulgurgansan. Agar sirimiz barcha quyonlarga yetib bormasa senga oilanga va yaqinlaringa ziyon yetmaydi. Sizlar tinch yashaysizlar. Shartimga rozi bo'lsang o'zinga yaxshi, aksxolda hozir seni va hujumda yaqinlaringni holiga voy!", deb taxdid qilibdi. Quyon esa muhimi qarindoshlarim omon qolarkanu deb shartiga rozi bo'libdi va xabar bergan qarindoshlariga ham hech kimga aytmaslikni tayinlabdi, ko'ndirishga ko'zi yetmaganlarga esa xabarni noto'g'ri eshitganligini aytibdi. Nixoyat hujum qilish payti yetib kelibdi. Bo'rilar barcha quyonlarni asir qilib oxirida haligi quyonni va qarindoshlarini ham asirlar qatoriga qo'shibdi va: "Agar barchasiga xabar berganingada edi, barchasini saqlab qolar eding. Sen esa faqat o'z oilang tinchliginigina o'ylading. Axir bo'rilar va quyonlar bitm tuzganini qayerda ko'rgansan. Xolbuki sen ham shularday quyonsan, biz esa bo'rilarmiz!"
Iloho hamisha tinchlik bo'lsin. Faqat bizga ( O'zbekistonga yoki o'zbeklarga) emas barcha mo'min ahliga. Zero Alloh taolo Muhammad s.a.v. ummatini bir millat qildi. Iloho Arab mamlakatlardagi notinchliklar to'laligicha yaxshikka hal bo'lsin. Amerika hujumiga qarshi chora izlab yurgan fors mamlakatidagilarga Alloh madad bersin va tinchlik ato etsin. Tinchlikda yashayotgan turkistonliklarga qalb xotirjamligini ham ato etsin. Ameen
Mustaqillik muborak azizlar! Mahallamiz imomi roppa rosa bir yil oldin qadr kechasi kuni: "O'tgan yili hamma har hil narsalarni so'rgagan lekin, bu yil qirg'in voqeasidan keyin tinchlikni so'rashadi. Tinchlik Allohning ulug' ne'matidir", degandi. Ha! Xaqiqatdan ham tinchlik ulug' ne'matdir.