Ийд Рамазон ва Мустақиллик айёми муборак!  ( 35511 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Abdumuhaymin  19 Avgust 2012, 14:28:33

 :asl3:
Iyd ul-fitr barcha dindosh birodarlarimizga muborak !

Qayd etilgan


Skato  19 Avgust 2012, 14:42:53

Assalamu alaykum vr.vb forumdoshlar!!! Barchangizni xamda butun dunyo musulmonlarini iyd fitr ramazon hayiti bilan tabriklayman. Shu ramazon oyini barcha fazilatlari, yaxshiliklaridan barchamizni barhamat etkin ya RObbiy bilib bilmiy qilgan gunohlarimiz avf etkin o'zin avf qilishni yaxshi ko'rasan ya RObbiy shu qolgan oylar xam ramazon oyidek o'tishini nasib et kelasi ramazon oyigaxam barchamizni yetkaz biz musulmonlar intizorlik bilan kutib qolamiz alvido ramazon alvido..... Amin!!!

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  19 Avgust 2012, 14:48:59

Assalomu alaykum ahli forum.
Alloh sabrlilar bilandir, Ramazon oyini biz bandalariga sabr oyi qilib tushirdi. Biz bu oyda nafaqat yeb ichishdan, balki qo'pollik, talashib tortishish, urush janjal qilishdan tiyilamiz.
Endi bu ulug' oyni yana 11 oy kutarkanmiz, Alloh kelasi Ramazonga ham eson-omon yetkazsin.
Barchangizga Iydi Ramazon muborak bo'lsin, tutgan ro'zalarimiz dargohida qabul bo'lsin.
Masjidda 3 yoshli do'mboq bolachalar do'ppi kiyib, shiringina bo'lib namoz o'qib yurishibdi. Buni ko'rib ko'ngil tog'day ko'tarildi, beihtiyor ko'zga yosh keldi. Ulug' bayramimizni go'daklarga sevdirayotgan shunday ota-onalardan, buva-bobolardan Alloh rozi bo'lsin.
Barchangizga Bayramni ko'ngildagiday o'tkazib olish nasib qilsin.
Assalomu alaykum va rahmatullohu barakatuh.

Qayd etilgan