Marhaban ya shahro Ramazon!!!  ( 156256 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 19 B


AbdulAziz  12 Oktyabr 2006, 05:19:54

Albatta ro'za omonatdir. Sizlardan har biringiz o'z omonatini saqlasin!
Haroitiy "Makorimul axloq"da rivoyat qilgan


Payg'ambar SAV sha'bon oyida ro'za tutishni ko'paytirardilarki, hatto u kishini ramazon oyida deb gumon qilinardi.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Oktyabr 2006, 05:20:18

Ramazon oyidan keyingi eng afzal ro'za Allohning oyi - Muharramdadir.
Imom Muslim rivoyati


Harom oyidan bir kun ro'za tutish boshqasining o'ttiz kunidan yaxshidir. Ramazonda bir kun ro'za tutish harom oyida o'ttiz kun ro'za tutishdan yaxshidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Oktyabr 2006, 05:05:57

Sha'bonning yarmi bo'lganda ramazon oyi bo'lguncha ro'za yo'qdur.
To'rt Imom rivoyati


Payg'ambarimiz SAVdan rivoyat qilinishicha, ro'za tutardilar, hatto og'izlari ochiq bo'lmaydi, deyilardi. Og'izlari ochiq bo'lardi, hatto ro'za tutmaydilar, deyilardi. Ibodat bilan qoim bo'lardilar, hatto uxlamaydilar, deyilardi.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Qayd etilgan


Naqshbandiy  14 Oktyabr 2006, 06:26:47

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar: «Ro‘za (tutmoqlik) do‘zax o‘tidan asrovchi vositadir! Binobarin, ro‘za tutgan kishi haqorat so‘zlarini tilga olmasin, so‘zlashganda baqirmasin, birovni masxara qilmasin! Agar biror kishi ro‘zador birlan urishsa yokim uni haqorat qilsa, ro‘zador ikki bor: «Men ro‘zamen», desin! Allohga qasamyod qilib ayturmenkim, ro‘zadorning og‘zidan kelgan bo‘y, Alloh nazdida mushk-anbar bo‘yidan ham xushbo‘yroqdir, chunkim Alloh taolo: «Ro‘zador meni deb yeb-ichmas va meni deb ro‘za tutar, binobarin uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen va har bir yaxshilig‘i evaziga mendan o‘n barobar mukofot olg‘usidir», — deydir».

*  *  *

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jannatda Rayyon nomli bir eshik bordir, — deydilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, — bul eshikdan ro‘zani kanda qilmay tutganlargina kirg‘aydirlar, xolos. Qiyomat kuni «Ro‘zadorlar qani?» deb nido qiling‘aydir. Shunda ular o‘rinlaridan turib mazkur eshikdan kirishg‘aydir. So‘ng eshik yopilg‘aydir. Ulardan boshqa birorta odam bu eshikdan kira olmas».

Qayd etilgan


Naqshbandiy  14 Oktyabr 2006, 06:27:05

Kimki yolg‘on so‘zlamoqni tark etmasa va Alloh qaytargan narsalardan qaytmasa, ro‘za tutib, yemay-ichmay qo‘ygani birlan ro‘zasi qabul bo‘lmag‘aydir. Alloh unga rahmat nazarini tashlamag‘aydir.

*  *  *

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Ramazon kirsa, osmon eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari berkitil-g‘aydir hamda shaytonlar kishanlang‘aydir», — deganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  14 Oktyabr 2006, 06:27:14

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Alloh taolo: «Bandalarimning odamlar ko‘zi tushgulik barcha qiladirgan ishlari (namoz o‘qimoqlari, xayr-ehson qilmoqlari, zakot bermoqlari) o‘zlari uchundir, tutadirgan ro‘zalari ersa, men uchundir (Xudo uchun bo‘lmaganda erdi, yashirincha yeb-ichib olmoq mumkin erdi, chunkim uni hech kim ko‘rmag‘aydir), binobarin, uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen», — deydir. Ro‘za do‘zax o‘tidan saqlovchi vositadir, agar sizlardan birortangiz ro‘zador bo‘lsangiz, gunoh bo‘ladirgan so‘zlarni so‘zlamangiz, birov birlan janjallashmangiz, agar birov haqorat qilsa yokim urishsa, men ro‘zadormen, deb aytingiz. Allohga qasam ichib ayturmenkim, ro‘zadorning og‘zidan keladirgan bo‘y Allohning nazdida mushkdan ham xushbo‘yroqdir! Ro‘zador ikki bor xursand bo‘lur, biri — og‘iz ochganda (ya’ni, iftor qilganda), ikkinchisi — ro‘za tutib, yorug‘ yuz birlan Allohga yo‘liqqanda!».

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2007, 17:12:20

   Ramazon"¦ bu muborak oy barcha musulmonlar uchun aziz va muqaddasdir.Zero o’n to’rt asrdan buyon bashariyat olamini hidoyat uchun da’vat etib kelayotgan Qur’oni Karim ushbu oyda nozil bo’lganki,uning ilohiy ko’rsatmalariga amal qilganlar ikki dunyoda saodatmand bo’lishlariga hech bir shubha yo’q.
   Ramazon"¦Bu oy musulmonlar ichin yana shuning uchun ham qadrlikim,ular shu oy sharofati bilan Islom dinining muhim ibodatlaridan biri ro’za tutish sharafiga muyassar bo’ladilar.Payg’ambarimiz alayhissalom iboralari bilan aytganda, Ramazon oyida ixlos,e’tiqod va Ollohning rahmatidan umidvor bo’lib ro’zador bo’lgan kimsaning barcha o’tmish gunohlari mag’firat qilinadi.Payg’ambarimiz salallohu alayhi vasallamning ushbu muborak bashoratlariga muyassar bo’lishdek ulug’ bir ne’mat Ramazon oyida mavjuddir.
   Ro’za"¦Uning fazilatlarini bayon etishga fasohat va balog’at sohiblarining qalamlari ijizlik qiladi.U shunday benazir ibodatlar sirasiga kiyadikim, uning zamirida insonning irodasini mustahkamlash,uni ruhan va axloqan tarbiya etish,sabru qanoatga o’rgatish,nafsoniy va shahvoniy orzu havaslarga chek qo’ya bilishga ko’nikma hosil qila olishga odatlantirish kabi maqsadlar mavjud.
   Islom e’tiqodicha ro’za kishidagi sabr-toqatni sinovchi imtihondan iboratdir.Bunga ko’ra,sabr inson ruhini raxshilaydi,irodasini chiniqtiradi,ayni paytda u inson ruhiy holatini idora etib turadigan bir ichki kuchdan iborat.Sabr kishi matonatini zo’raytiradi,unga kich va iroda qo’shadi,nihoyat insonni olijanoblikka,yuksaklikka ko’taradi.Shuning uchun ham Qur’onda "œOlloh sabr etganlar bilan birgadir", degan oyat kelgani bejiz emas.Bu esa, sabr qilishga undaydi: "œRo’za — sabrning yarmi, sabr esa imonning yarmi"dir.Yana "œhar narsaning bir zakoti bor, vujud zakoti — ro’za".Bu hadislarning Payg’ambarimiz salollohu alayhi vasallam lafzidan chiqishi ham buning dalilidir. Yana, u kishidan zikr qilinadi: "œYeb-ichishdan to’xtashning o’zi, bu ro’za tutish degan gap emas.Ro’za shundayki, bekorchi narsalardan,yomon va qo’pol so’zlardan saqlanish, hamda chirkin narsalardan o’zini asrashdan iboratdir".
   Ro’za tutish barcha es-hushi butun,balog’at yoshiga yetgan har bir musulmonga buyurilgan.Bunda o’g’il bolalar o’n ikki yoshdan,qizlar esa to’qqiz yoshdan ro’za tutishlari kerak bo’ladi. Olloh Taolo shunday degan: Odam bolasining ro’zadan bo’lak barcha amallari o’zi uchundir.Ro’za esa men uchundir va men Odam bolasini ro’za tufayli mukofotlayman.Ro’za Jannatdir.Agar biror kishi xotinini so’kmoqchi yoki u bilan urishmoqchi bo’lsa unga : "œmen ro’zador kishiman",deb aytsin. Muhammadning joni qo’lida bo’lgan zot bilan qasam ichamanki, ro’zadorning og’zidan chiqayotgan badbo’y hid Olloh nazdida mushkning xushbo’y hididan ham afzalroqdur.
   Ro’zador uchun ikki xursandchilik mavjud: iftorlik qilganda,og’iz ochish bilan xursand bo’ladi.Rabbisiga duchor bo’lganda,ro’za tutilganligi bilan xursand bo’ladi.
   Ro’za tutish hijratning ikkinchi yili sha’bon(avgust) oyining o’ninchi kuni yuzaga keldi.
   Nega ramazon oyi islomda muqaddas sanalgan va nega bu oyda ro’za tutish odat bo’lgan,buning sababi nimada?Sababi shuki, islom va boshqa dinlar tarixida ko’p hodisalar xuddi mana shu oyda yuz bergan,bular yozma tarix sahifalarida bitilgan.
   Masalan,islomning asosi hisoblangan Qur’oni Karim xuddi shu oyda nozil bo’lgan,uni qadr kechasida, 26 dan 27 ga o’tar kechasi yuz bergan deyiladi.Shuning uchun ham bu oy Qur’oni Karimda aytilishicha, boshqa oylarning "œmingidan ham yaxshiroqdir".
   Shuningdek bu oyning oltinchisida Husayn ibn Ali tug’ilgan,o’ninchisida payg’ambarimizning birinchi zavjayi muhtaramasi Xadicha vafot etgan kun, o’n yettinchisining tonggida mashhur Badr urushi yuz bergan.
   Tarixchilarning zikr etishicha,ana shu kuni Abdurahmon ibn Muljim al-Murodiy kelib,Xalifa Ali ibn Abu Tolibning boshiga urib, uni yarador qilgan.Bu esa hijriy 41 yil ramazon oyining 17 da(milodiy 14.01.661 y) yuz bergan.Shundan so’ng,ramazon oyining 21 da(18 yanvar) bu kishi vafot etgan.
   Ramazonning 21 da shuningdek, Imom Ali al-Rizo vafot etgan.Ba’zilar uni 23 kuni vafot etgan deyishadi.22 kun esa Ali ibn Abu Tolib tug’ilgan kun.
   Ramazon oyida yuz bergan hodisalardan keltiradigan bo’lsak,shundayki,uning 25 da Abu Muslim Abdurahmon ibn Muslim oshkora ravishda abbosiylar davlatini da’vo qiladi.
   26 kun esa Ali ibn Muhammad al-Burqiy Basra shahriga bostirib kiradi.U o’zini Ali avlodlaridan deb ko’rsatib,xalifalik taxtiga da’vo ham qiladi.Aslida bu kishi islomning dastlabki yillarida ham hokimiyat uchun kurashgan shaxslardan edi.
   Ramazon oyining muqaddasligiga yana boshqa sabablar ham bor, uning birinchi kuni Ibrohim payg’ambarga Xudodan bir necha sahifa tushgan.Bu bilan esa kitob nozil bo'l’an deb tushuniladi.Ramazonning oltinchisida Musoga Tavrot tushirilgan, o’n ikkinchisida — Dovudga Zabur tushirilgan, o’n sakkizinchisida - Isoga Injil tushirilgan.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2007, 17:17:39

   Ro’zaning quyidagi turlari mavjud:
1.Farz ro’zasi
2.Qazo ro’zasi
3.Nazr ro’zasi
4.Kafforat ro’zasi
5.Ixtiyoriy ro’za

   Farz ro’za. U Qur’oni Karim, Sunnati Nabaviya va Ijmo’ bilan harzligi isbot qilingan Ramazon oyida tutiladigan ro’zadir.
   Qazo ro’za. U Ramazon oyida uzrlik sabablarga ko’ra tuta olinmagan kinlarni boshqa oylarda tutib berishdir.
   Nazr ro’za. U Ollohga yaqinlik qilish maqsadida inson tomonidan o’ziga o’zi va’da berib tutib beriladigan ro’zadir.Musulmon odam qaysi kuni va necha kecha  kun ro’za tutishni ahd qilgan bo’lsa, unga xuddi o’sha kunlari ro’za tutishlik vojibdir.Chunki, Oloh Taolo: "œNazrlariga vafo qilsinlar", - deb va’daga vafo qilishlikka amr qilgan.
    Kafforat ro’za.Quyidagi hollarda musulmon kishi ro’za tutib berishi shart:
    1.Uzrsiz yoki qasddan Ramazon oyida ro’za tutmagan kunlari uchun
    2.Ramazon oyida kunduz kuni qasddan xotini bilan yaqinlik qilgan kunlari uchun.
     Ixtiyoriy ro’za.U musulmon odam Olloh Taologa yaqinlik qilish maqsadida tutiladigan, ammo vojib bo’lmagan ro’zair.Bunday ro’zani tutish ba’zi kunlari mustahab,ba’zi kunlari makruh,ba’zi kunlari esa mamnu’dir.
     Mustahab kunlar:
     Hojilardan boshqalar uchun arafa kuni.
     Ashuro kuni
     Shavvol oyidan olti kun
     Har oyning 13,14 va 15-kunlari.
     Har haftaning Dushanba va Payshanba kunlari
     Makruh kunlar:
     Jum’a kuni
     Shanba kuni
     Umr bo’yi
     Mamnu’ kunlar:
     Ikki hayit kunlari
     Shak kunlari
     Tashriq kunlaridan uch kun
     Eri yonida bo’lgan xotinning er ruxsatisiz ro’za tutishi.     
Ramazon oyida kunlari ro’zador bo’lib, tunlari Xatmu Qur’on va Tarovih namozlarida hozir bo’lgan va ibodatlarini Ollohning rizoligini topish uchungina ado etgan bandalar,payg’ambarimiz bashorat qilganlaridek, Rayyon ismli maxsus eshik orqali Jannatga kirishlarida hech bir shubha yo’q.
    Olloh barchamizni shunday ulug’ ne’matga muyassar va sarafroz qilsin.Omin!!!         
Boshqa userlardan ham Ramazonga oid fikrlarni kutib qolaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 02:57:57

Assalomu alaykum!

Toshkent shahri va viloyatlar uchun 1428 hj. - 2007 yil Ramazon taqvimi:
http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1635&Itemid=32

Qayd etilgan


Laylo  12 Sentyabr 2007, 06:27:19

Assalomu alaykum!
Ramazoni sharif O'zbekistonda 12-sentabrdan boshlanyapti deb eshitdim, shu rostmi?

Qayd etilgan